5. Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
38.
|
Baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va intensiv usullarini keng joriy etish, shuningdek, tabiiy va sun’iy suv havzalari hosildorligini ko‘paytirish hisobiga baliq yetishtirish hajmini oshirish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
39.
|
Baliqchilik yaylov akvakulturasi va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga tabiiy ko‘llarda baliq ovlash tizimini takomillashtirish hamda hovuz baliqchiligi xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-iyul
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi
|
40.
|
Xalqaro talablarga muvofiq sifat menejmenti tizimining zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini baholash, standartlashtirish va sertifikatlashni tizimli yo‘lga qo‘yish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-oktabr
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi
|
41.
|
Intensiv va dekorativ akvakultura, tabiiy suv havzalariga sayohat, rekreatsion baliq ovlash tizimi bo‘yicha “Fish-food-trip” ekoturizm tijorat dasturini ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-oktabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
42.
|
Mahalliy sharoitda oqsilga boy balanslashtirilgan ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, intensiv akvakultura uchun zarur ozuqalar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirish va baliqlarni ilmiy asosda oziqlantirish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|