O‘zbekiston respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘G‘risida


Chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sun’iy urug‘lantirishni tizimli yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash


Download 54.54 Kb.
bet11/21
Sana11.02.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1188541
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
prezdent farrmonlari

2. Chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sun’iy urug‘lantirishni tizimli yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash

20.

Naslli mol tayyorlab, yetkazib berishni ko‘paytirish hamda sigirlarni sun’iy urug‘lantirish ishlarini yanada samarali tashkil etish hisobiga aholi xonadonlaridagi chorva mollari zotini yaxshilash va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-aprel

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

21.

Aholi xonadonlarida go‘sht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlarini ko‘paytirish va sun’iy urug‘lantirishni keng ko‘lamda tashkil etish orqali mahalliy mahsuldorligi past bo‘lgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning afzalliklari va iqtisodiy samarasi to‘g‘risida aholining amaliy ko‘nikmalarini oshirish choralarini ko‘rish.

Reja-grafik

2022-yil 1-aprel

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Respublikaning har bir hududida nasldor mol tayyorlab, yetkazib berishga ixtisoslashgan, chet davlatlardan keltiriladigan naslli qoramollarni boqish, parvarishlash, saqlash, oziqlantirish va iqlim sharoitga moslashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini amalga oshirishuvchi seleksiya markazlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

23.

Naslli buqalarning urug‘lik materiallarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zotlar bo‘yicha zaxirasini tashkil etish va “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish orqali eksportga chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari, naslchilik xo‘jaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida ishlab chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Mamlakatda chorvachilikni rivojlantirishga doir ilmiy-tadqiqot mavzulari va ilmiy ishlanmalarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi ilmiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

26.

Chorva mollarining respublika iqlim sharoitiga moslashgan zotlarini chet davlatlardan keltirish, rayonlashtirish va ulardan yuqori mahsuldor nasl olishni ko‘paytirish bo‘yicha kelgusi 5 yillikka mo‘ljallangan naslchilik rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar


Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling