IV. Chorvachilik sohasida infratuzilmani kengaytirish va rivojlantirish
62.
|
Chorvachilik sohasidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida zarur asbob-uskunalarni sotib olish, ulardan foydalanish, mahsulot sotish, bozor va texnologik tadqiqotlarni amalga oshirish yo‘nalishidagi klaster va kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-iyul
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
63.
|
Ozuqa ishlab chiqarish va yem-hashak tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish, organik materiallardan foydalanish, chorvachilik mahsulotlarini saqlash va yetkazib berish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tegishli turdagi uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
64.
|
Chorvachilik fermalari va dehqon xo‘jaliklaridagi organik chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlash ko‘lamini oshirish maqsadida kichik biznes subyektlarini jalb etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
65.
|
Fermer xo‘jaliklari vakillari va aholining investitsiya loyihalarini tayyorlash, ularning afzalliklari, bank va boshqa moliyaviy manbalardan kredit mablag‘larini olish tartibi to‘g‘risida xabardorligini oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|