О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri


Download 0.84 Mb.
bet17/21
Sana27.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1133530
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI

Sog‘lom turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kо‘nikmalarga ega bо‘lishi asosida hayotiy faoliyatini yо‘lga qо‘yishi hamda salomatligining yuqori darajada bо‘lishiga erishishni ta’minlash shakli bо‘lib, u kun tartibiga rioya qilish, faol jismoniy harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish, tо‘g‘ri va sifatli ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, ekologik muloqot va madaniyatga erishish, umuminsoniy va о‘zbekona qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli odatlardan о‘zini tiya bilish holatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Bolada ijobiy xislatlarning shakllanishida oila bilan birga maktab, mahalla-kuy, tengdoshlari va umuman, atrof-muhitning ta’siri katta. Bugungi

kunda har bir oila oldidagi vazifalardan biri bu bolalar ongida yoshligidanoq ekologik ong va ekomadaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga о‘rgatish, noyob tabiatni asl holicha kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini vujudga keltirish orqali atrof- muhitga yetkazilishi mumkin bо‘lgan salbiy ta’sirning oldini olishdan iborat.
Buning uchun barchamiz, xususan, yoshlarimizning ongida Ona-yer, Ona- tabiat, Ona-Vatanga, uning boyliklariga bо‘lgan yuksak e’tibor, mehr- muhabbat, chuqur ehtiromni, ya’ni vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish lozim.
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida oilalar mustahkamligi, farzandlar barkamolligi, ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ularning baxtu saodati va farovon kelajagini kо‘rish orzusi mujassamligini alohida ta’kidlash joiz.
Maktabgacha talim muassasalari
О‘sib kelayotgan yosh avlodga ekologik ta’lim-tarbiya berishni uzluksiz
ta’limning boshlang‘ich bosqichi hisoblangan maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash ayni muddaodir.
Ta’lim muassasalarida fan asoslaridan mustahkam bilim berish bilan birga, turli fanlarni о‘qitish jarayonida о‘quvchilarni hozirgi ekologik muammolar mohiyatini ochib beruvchi bilimlar bilan qurollantirish va shu bilimlarni ularning amaliy faoliyatiga, ijtimoiy mehnati bilan mustahkamlab borish maqsadga muvofiq. Bunday mas’uliyatli vazifani hal qilish uchun о‘qituvchi shu soha bо‘yicha bilimga, pedagogik mahoratga, yuksak ekologik madaniyatga ega bо‘lishi, shuningdek, tinimsiz izlanishi, о‘rganishi talab qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat haqidagi bilimlarni egallab olib о‘simliklarni о‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini о‘rganib, tabiatni kuzatish, uning gо‘zalliklaridan bahra olishni bilgan taqdirdagina, ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lishni tarbiyalash imkoniyati tug‘iladi. Bolalarda ona Vatanga, uning tabiatiga, jonajon о‘lkasiga muhabbat hissi shu asosda shakllanib boradi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling