О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri


Download 0.84 Mb.
bet15/21
Sana27.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1133530
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI

Ekologik talim-tarbiya insonning tabiatdan ongli ravishda foydalanish, psixologik axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga nisbatan etibor bilan qaraydigan urf-odatlari, ananalari asosida yoshlarni tarbiyalash, ular ongida tabiatga, uning boyliklariga mehr- muhabbat о‘yg‘otish, ularni tejamkorlikka va tabiiy boyliklarni asrab- avaylashga о‘rgatishdan iborat.
Yashil olam inson salomatligini saqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega
ekanligini, shuning uchun ham har bir о‘quvchi о‘z maktabi, hovlisi, kо‘cha va xiyobonlarni kо‘klamzorlashtirish ishida faol qatnashishi, kо‘chat о‘tqazib, ularni parvarish qilish orqali atrof-muhitning musaffo bо‘lishiga hissa qо‘shishi kerakligi tushuntirilishi lozim.
Ota-bobolarimiz qoldirgan nodir meros – musaffo osmon, tiniq suv, toza tuproq, yer qa’ri va yer usti boyliklarini qanday asramog‘imiz, ularni asl holida kelgusi avlodlarga topshirmog‘imizni tushuntirish eng dolzarb va kechiktirib bо‘lmaydigan umummilliy masaladir.
Hozirgi davrda о‘sib kelayotgan yosh avlod ongida tabiatga nisbatan ham ongli munosabatda bо‘lish hissini shakllantirish va rivojlantirishni taqozo etadi. Bu esa pedagog kadrlar zimmasiga ulkan va mas’uliyatli vazifa yuklaydi. Zero, tabiatning kelgusida gullab-yashnashi yoki ekologik muammolarning globallashib borishi yosh avlodning tabiatga nisbatan munosabatiga bevosita va bilvosita bog‘liqdir.
Bugun о‘tmishda tabiatga yetkazilgan zararning chuqur asoratlarini tugatish haqida, ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasiga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda ekologik madaniyat degan tushunchani hamma ham birdek anglab yetgani yо‘q. Ba’zan kо‘cha-kо‘yda tо‘planib qolgan chiqindi uyumlari, tamaki tutatib, qoldig‘ini oyog‘i ostida ezib, bemalol ketayotgan kishilarni, ariq suviga mag‘zava ag‘darayotgan opa-singillarimizni, daraxt shoxlarini bemalol sindirayotgan bolalarni, pista chaqib xiyobon va kо‘chalarni ifloslantirayotgan, xazon yoqayotganlarni kо‘rib, buning bizga hech daxli yо‘qdek e’tiborsiz о‘tib ketaveramiz. Afsuski, bularning barchasi, oqibatda, о‘z sog‘lig‘imizga shikast yetkazishini, turli kasalliklarni keltirib chiqarishini, umrimizni qisqartirayotganini ba’zida unutib qо‘yamiz. Bunday noxush holatlarning asosiy sababi ayrim yurtdoshlarimizning tabiat qonunlarini chuqur bilmasligi, ularda ekologik bilim va tarbiyaning yetishmasligidir.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling