O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi», – deb belgilangan. Shuningdek, ushbu qonunning 12-moddasida: «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi», – deyilgan. Ya’ni ikkita moddada ajratib ko‘rsatilgan «asosida hamda ularni ijro etish uchun» degan so‘zlarga qaraladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari delegatsiya (topshiriq) asosida emas, mustaqil tarzda ham qabul qilinishi mumkinligini tushunish mumkin. 1 Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2014 йил 28 февралдаги 53-мҳ-сонли «Идоравий норматив- ҳуқуқий ҳужжатларни тайёрлаш ва қабул қилиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги буйруғи (2565-сон, 28.02.2014) va ushbu buyruqqa 1-ilova tarzida tasdiqlangan «Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни тайёрлаш ва қабул қилиш қоидалари» (bundan keyingi o‘rinlarda «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari» deb ataladi). 2 «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни эълон қилиш ва тарқатиш, қонун ҳужжатлари маълумотлари электрон базалари яратиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг буйруғи (№2290, қабул қилинган сана 12.12.2011, кучга кириш санаси 22.12.2011); «Давлат бошқаруви органлари ва маҳаллий давлат ҳокимияти органларида қонун ҳужжатларининг туркумлаштирилган ҳисобини юритиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг буйруғи (№2326, 14.02.2012) va ushbu buyruqqa ilova tarzida tasdiqlangan «Давлат бошқаруви органлари ва маҳаллий давлат ҳокимияти органларида қонун ҳужжатларининг туркумлаштирилган ҳисобини юритиш қоидалари». 3 «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (янги таҳрири) 4-моддаси. 21 Ta’kidlash joizki, eski tahrirdagi qonunchiligimizda «muvofiq» degan so‘z ham qo‘llanilgan. Ma’muriy huquqdagi huquqiy davlat prinsipidan kelib chiqadigan bo‘lsak, «muvofiq» deganda delegatsiya (topshiriq) talab etilishi nazarda tutiladi. Ammo «asosida hamda ularni ijro etish uchun» deyilganda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid yoki ularni qaysidir darajada cheklovchi bo‘lmasligi, asosiysi, ularni ijro etishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi nazarda tutiladi. Shuning uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining o‘z sohalari bo‘yicha qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlari yuqorida ta’kidlangan delegatsiya (topshiriq) asosida qabul qilinmasligi mumkin. Shuningdek, qonunning 12-moddasi 7-qismida: «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas», – deyilgan. Bundan quyidagi ikki xulosa kelib chiqadi: 1) umumiy qoida sifatida faqat vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ tusdagi hujjatlar qabul qilishi 1 va vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emasligi; 2) qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri, alohida tarzda, ya’ni delegatsiya (topshiriq) mavjud bo‘lgan hollardagina istisno tarzida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ tusdagi hujjatlar qabul qilishi mumkinligi. Qonunning 22-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart va huquqiy ekspertiza davomida normativ- 1 « Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 1-bandida idoraviy normativ- huquqiy hujjat – vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat deb ta’riflangan. 22 huquqiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling