O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

sudyasi tashabbusi bilan ham kiritilishi mumkin.
1
 
Biroq O‘zbekiston Respublikasi FPKning 264-moddasiga ko‘ra, prokuror 
tomonidan huquqiy aktni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risida ariza bilan fuqarolik 
sudiga murojaat qilishi mumkinligi belgilangan.
264-modda. Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor 
1
«Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий суди тўғрисида»ги Қонун (№103-I, қабул қилинган сана 
30.08.1995, кучга кириш санаси 12.09.1995) // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 
1995. №9. 178-модда; 2003. №1. 8-модда; №9 – 10. 149-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари 
тўплами. 2014. №4. 45-модда; №20. 222-модда. 


40 
shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar 
Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlarga quyidagilar 
kiradi: 
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va 
qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar; 
2) notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organlarining harakatlarni 
bajarishni rad etganligi yoxud ularni noto‘g‘ri bajarganligi ustidan berilgan 
shikoyatlar; 
3) prokurorning huquqiy aktni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi arizasi 
bo‘yicha ishlar. 
Shuningdek, FPKning 276 – 278-moddalarida prokurorning huquqiy hujjatni 
g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasini sudda ko‘rishning protsessual qoidalari 
o‘rnatib qo‘yilgan. 
29-bob. Prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi 
276-modda. Prokurorning ariza berishi 
Prokuror qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra huquqiy hujjatni 
g‘ayriqonuniy deb topish haqida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. 
Prokurorning sudga ariza berishi ish sudda ko‘rib chiqilgunga qadar huquqiy 
hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi. 
277-modda. Prokurorning arizasini ko‘rib chiqish 
Prokurorning arizasini sud yigirma kun ichida uning ishtirokida va protestni rad 
etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yoxud protestni ko‘rib chiqmagan organning 
rahbari yoki uning vakili ishtirokida ko‘rib chiqadi. 
Sud majlisiga organ rahbari yoki uning vakili uzrsiz sabablarga ko‘ra 
kelmaganligi prokurorning arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi, biroq 
sud bu shaxsning kelishini shart deb topishi mumkin. 
278-modda. Prokurorning arizasi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori 
Sud prokurorning arizasi asosli ekanligini aniqlasa, arizani qanoatlantirish 
haqida hal qiluv qarori chiqaradi va huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topadi. 


41 
Agar sud protest keltirilgan hujjat uni chiqargan organning vakolatlari doirasida 
qonunga muvofiq qabul qilingan deb topsa, u arizani qanoatlantirishni rad etish 
haqida hal qiluv qarori chiqaradi. 
Prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi 
bo‘yicha sud chiqargan hal qiluv qarori protestni rad etish to‘g‘risida qaror qabul 
qilgan yoki protestni ko‘rmagan organ rahbariga yuboriladi. 
 
Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
xususiy shaxslar tomonidan huquq va erkinliklar, qonuniy manfaatlarga daxl qiluvchi 
yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi davlat boshqaruv organlarining normativ hujjatlari 
ustidan sudga shikoyat, ariza bilan bevosita murojaat qilish tartibi huquqiy jihatdan 
o‘rnatilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 12-moddasida davlat organining 
yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq 
bo‘lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas 
deb topilishi mumkinligi belgilangan, bunday hollarda buzilgan huquq FKning 11-
moddasida nazarda tutilgan usullarda himoya qilinishi kerakligi kafolatlangan.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling