O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
11-modda. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari
Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi: huquqni tan olish; huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararni to‘lash; neustoyka undirish; ma’naviy ziyonni qoplash; huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish; davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi. 42 Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin. 12-modda. Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Sud hujjatni haqiqiy emas deb topgan taqdirda buzilgan huquq ushbu Kodeksning 11-moddasida nazarda tutilgan usullarda himoya qilinishi kerak. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, xususiy (yuridik va jismoniy) shaxslar tomonidan davlat boshqaruv organlari individual qarorlari ustidan shikoyat, ariza bilan murojaat qilinganida ishni ko‘rish protsessi davomida davlat boshqaruv organlari normativ aktlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, bunday qonunga zid hujjat sud tomonidan qo‘llamaslikka va sud protsessining umumiy asoslariga ko‘ra xususiy shaxs foydasiga ishni hal qilishga huquqiy asos bo‘ladi. Shunisi muhimki, garchi FPK va XPKda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lmasa-da, fuqarolik hamda xo‘jalik sudlari ishni ko‘rish davomida xususiy shaxslarning bunday talabini rad qilishi mumkin emas. Chunki yuqorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalari sudlar uchun bajarilishi shart, bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 44- moddasida sudga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy huquq sifatida kafolatlangan. 43 44-modda. Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti- harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Bevosita xususiy shaxslar arizasiga asosan sudda ish ko‘rishda sud tomonidan davlat boshqaruvi organlari hujjati (normativ akti)ni to‘g‘ridan to‘g‘ri bekor qilish qonunchilikda nazarda tutilmagan. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlari hujjatlari yuzasidan sudda ish ko‘rilganida (nizolashilganida) yoki davlat boshqaruvi organlari hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganida tegishli normativ aktning amal qilishini to‘xtatishi lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori 18-bandi: «Nizoli masalalar paydo bo‘lgan, shuningdek, me’yoriy hujjatni qo‘llash bilan Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling