O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

ijro etish uchun qabul qilinadi deb belgilangan. Ya’ni ikkita moddada ajratib 
ko‘rsatilgan so‘zlarga – «asosida hamda ularni ijro etish uchun» qaraladigan bo‘lsa, 
O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari delegatsiya (topshiriq) asosida emas
mustaqil tarzda ham qabul qilinishi mumkinligini tushunish mumkin. Ta’kidlash 
o‘rinliki, eski tahrirdagi qonunchiligimizda, shuningdek, Konstitutsiya (98-modda)da 
«muvofiq» degan so‘z ham qo‘llanilgan. 


48 
Yuqorida ta’kidlangan nazariy asoslarga ko‘ra, jumladan, ma’muriy huquqdagi 
huquqiy davlat prinsipidan kelib chiqadigan bo‘lsak, «muvofiq» deganda delegatsiya 
(topshiriq) talab etilishi nazarda tutiladi. Ammo «asosida hamda ularni ijro etish 
uchun» deganda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy 
hujjatlari O‘zbekiron Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid yoki ularni qaysidir darajada 
cheklovchi bo‘lmasligi kerak, asosiysi, ularni ijro etsa bo‘ldi degan ma’no nazarda 
tutiladi. Shuning uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining o‘z sohalari 
bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari yuqorida ta’kidlangan delegatsiya (topshiriq) 
asosida qabul qilinmasligiga olib kelishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori 7-bandi: 
«Me’yoriy hujjatda mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonunini, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki 
bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy 
tartibda ko‘rsatiladi». 
 
To‘g‘ri, ma’muriy qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunchiligi «asosida hamda ularni ijro etish uchun» qabul qilinsa ham yetarli deb 
hisoblaydiganlar bo‘lishi mumkin, bir tomondan, bu fikr asoslidek tuyuladi. Ya’ni 
texnik hujjatlar amaldagi qonunchilik «asosida hamda ularni ijro etish uchun» qabul 
qilinsa ham yetarli bo‘lishi mumkin. Chunki bunday hujjatlar normativ-huquqiy 
xarakterga emas, balki obyektiv, texnik xarakterga ega bo‘ladi. Lekin normativ-
huquqiy hujjatlar xususiy shaxslarning huquq va erkinliklari, majburiyatlari va 
qonuniy manfaatlariga daxl qiladi. Shuning uchun ularning ma’muriy organlar 
tomonidan amaldagi qonunchilik «asosida hamda ularni ijro etish uchun» qabul 
qilinishi yetarli hisoblanmaydi. Ya’ni normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda 


49 
ma’muriy organlarning aktlari yuqorida ta’kidlangan delegatsiya qilingan (delegated
akt xarakterida bo‘lishi lozim. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling