O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Sakkizinchi muammo ma’muriy qonunchilik bo‘yicha nazariy asoslarning 
yetarli darajada ishlab chiqilmaganligidir. Ta’kidlash joizki, o‘zbek huquqshunos 


65 
olimlari tomonidan ma’muriy qonunchilikka doir huquqiy nazariyalarni, doktrinalarni 
ishlab chiqish, ularni qizg‘in muhokama qilish ham yozma adabiyotlarda kam 
uchraydi. Shuning uchun kelajakda yuqorida keltirilgan huquqiy muammolarni hal 
qilishga oid, shuningdek, ma’muriy qonunchilik sohasidagi huquqiy tartibga solishni 
yanada takomillashtirishga oid ilmiy nazariyalar yanada ko‘payishi, rivojlanishiga 
umid qilamiz. 
1.1-ilova 
AQSh ma’muriy huquqida «legislative rules» (normativ (huquqiy) hujjat) va 
«nonlegislative rules» (ma’muriy instruksiya)ning farqi hamda «legislative rules» 
(normativ (huquqiy) hujjat)ga qo‘yiladigan talablar quyidagicha izohlangan.
Avvalo, legislative rules va nonlegislative rulesning asosiy farqi ularning huquqiy 
tabiatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni legislative rules yuridik kuchga ega va sud uchun 
qaror chiqarishda asos bo‘ladi. Shuningdek, legislative rulesga quyidagi talablar 
qo‘yilgan: 1) qonun bilan ushbu sohada qonunosti akt (legislative rule) qabul qilish 
topshirilgan (delegatsiya qilingan) bo‘lishi kerak; 2) qabul qilingan legislative rule 
butun shtatlarga tegishli bo‘lishi lozim; 3) qabul qilingan legislative rulening ijrosini 
ta’minlash uchun majburlov kuchiga ega bo‘lishi darkor; 4) legislative ruleni qabul 
qilish ma’muriy organning ma’lum bir maqsadi asosida amalga oshirilishi zarur; 5) 
legislative ruleni qabul qilish o‘sha sohada vakolatni amalga oshirishning effektiv 
usuli bo‘lishi kerak; 6) legislative ruleni qabul qilish protsedurasi o‘sha ma’muriy 
organning organik (tashkiliy-huquqiy) nizomi bilan o‘rnatib qo‘yilgan tartibda yoki 
ma’muriy protseduralar to‘g‘risidagi qonun.
«The relevant distinction between legislative and interpretative or any other 
nonlegislative rules is not the nature of the questions they address but the authority 
and intend with which they are issued and the resulting effect on the power of a court 
to depart from the decision embodied in the rule. More particularly,a rule qualifies 
as legislative if all of the following requirements are met (1) The agency must possess 


66 
delegated statutory authority to act with respect to the subject matter of the rule. 
(2)Promulgation of the rule must be an international exercise of that delegated 
authority. (3) The agency must also possess delegated statutory authority to make 
rules with the force of law. (4) Promulgation of the rule must be an intentional 
exercise of the authority to make rules with the force of law. (5) Promulgation of the 
rule must be an effective exercise of that authority. (6) The promulgation must 
observe procedures mandated by the agency’s organic statute and by the APA» 
(Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative Law: a casebook. Fifth edit. 
Aspen Publishers. 2001. – P.242). 


67 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling