O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
oldida turgan ma’muriy maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan axborot
yig‘ish faoliyati deb ta’riflanadi. 2 Ushbu o‘rinda o‘ta muhim bo‘lgan ikki jihatga to‘xtalish kerak. Birinchi jihat, ma’muriy tekshirish doirasiga nimalar kirishini aniqlab olish lozim. Ya’ni ma’muriy tekshirishlar o‘z ichiga qanday faoliyatni qamrab olishini bilish zarur. Ikkinchi jihat, ma’muriy tekshirish va qonuniylikni ta’minlash o‘rtasidagi farqni aniqlash darkor. Yuqoridagi ikki jihat aniqlashtirilmasa, mavzu davomida qarama-qarshiliklar juda ko‘p chiqadi. Ta’kidlash joizki, ma’muriy huquq fanining predmeti davlat organlari, xususan, ma’muriy organlar bilan fuqarolar (yuridik va jismoniy shaxslar ham kiradi) o‘rtasida vujudga keladigan davlat boshqaruvi (ma’muriy munosabatlar, ma’muriy organlarning faoliyati) yuzasidan kelib chiqadigan davlat hokimiyati munosabatlarini o‘zining asosiy tadqiqot obyekti sifatida qaraydi. Lekin ma’muriy organlarga nimalar kirishi 3 juda qiyin masaladir. Mavzumizga aloqadorligi jihatidan aytish o‘rinliki, avvalo, jinoyat protsessual huquq predmetiga kiradigan tergov harakatlari, ya’ni ma’muriy maqsadlar emas, jinoyat protsessual maqsadlardan kelib chiqadigan tekshirishlar ma’muriy tekshirishlarning predmetiga kirmaydi. 4 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida alohida tarixiy shakllanishga ega bo‘lgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdan kelib chiqadigan ma’muriy jazolarni amalga 1 Qarang: Советское административное право: Учебник / Под ред. П.Т.Василенкова. – М.: Юрид. лит., 1990. – С.235 – 268. 2 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)» Houritsubunkasha. 2005. – P.183; Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada. Administrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.147. 3 Bu, aslida, alohida mavzu doirasida fikr yuritilishi lozim bo‘lgan jihatdir. 4 Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazolarni o‘tagan shaxslar ustidan o‘rnatilgan ma’muriy nazorat ham o‘z tabiatiga ko‘ra jinoiy-huquqiy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgani bois «ma’muriy tekshirish» mavzusiga kirmaydi. Qarang: «Жазони ижро этиш муассасаларидан бўшатилган шахслар устидан ички ишлар идораларининг маъмурий назорати тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (№750-XII, қабул қилинган сана 09.12.1992, кучга кириш санаси 30.12.1992). Ushbu qonun asosida 2002-yil 26-fevralda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 51-sonli buyrug‘i bilan Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarida ma’muriy nazorat o‘rnatish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma tasdiqlangan (№1135, 2002 йил 7 май). 80 oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy-jinoiy tekshirishlar ham ma’muriy tekshirishlar predmetiga kirmaydi. Chunki an’anaviy ma’muriy huquq nuqtayi nazaridan ma’muriy javobgarlik ham jinoiy javobgarlikning bir ko‘rinishidir. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlikka asos bo‘ladigan qilmishlar rivojlangan davlatlarda yengil jinoyatlar (ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lmagan jinoyatlar kabi) tarzida tasniflanadi va jinoyat qonuni (Jinoyat kodeksi)dan alohida qonun shaklida tartibga solinadi. Fikrimiz isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslari umumiy qismlarining qanchalik bir-biriga o‘xshashligi va takrorlashiga diqqat qiling. 1 Keyingi muammo ma’muriy organlarning o‘zi tekshirish obyekti bo‘lishi masalasidir. Ya’ni Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki parlament tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ko‘rinishlari mavjud. Avvalo, parlament 2 nazorati asosan konstitutsiyaviy huquq predmetiga kirishini ta’kidlash joiz. Chunki parlament qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, ijro hokimiyatiga kiradigan ma’muriy organlarni nazorat qilish hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipidan kelib chiqadi va o‘zining ma’lum bir chegaralariga ega. Maqsadiga ko‘ra ham ma’muriy maqsadni emas, balki konstitutsiyaviy huquqiy maqsad (hokimiyatlarni bir-birini tiyib turish)dan kelib chiqadi. Ammo parlamentning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) masalasida biroz farqli jihat mavjud. 3 Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki bo‘ysunuv jihatidan yuqori ma’muriy organ tomonidan amalga oshiriladigan nazorat o‘z maqsadiga ko‘ra ma’muriy maqsadni, ya’ni ma’muriyatda (ijro hokimiyatida) intizom va qonuniylikni tekshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Lekin masalaning boshqa tomoni subyektlar masalasiga va, o‘z o‘rnida, ma’muriy huquq predmetiga borib taqaladi. Ya’ni ma’muriy organlarning o‘zaro ichki boshqaruv va bir-biriga bo‘ysunuv, yagona tizimga kiruvchi ma’muriy organlarning bir-biriga buyruq va ko‘rsatmalar berishi masalalari, shuningdek, ichki intizom masalalari 1 Ma’muriy javobgarlik, ma’muriy huquqning predmetiga qanchalik aloqasi bor yoki yo‘qligi «ma’muriy tekshirish» mavzusiga taalluqli bo‘lmaganligi uchun bu bo‘yicha boshqa mavzu doirasida bahs yuritiladi. 2 Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Mahalliy xalq deputatlari kengashlari) ham. 3 Bu alohida mavzu doirasida fikr yuritilishi lozim bo‘lgan jihat, bu yerda muxtasar qilinadi. 81 an’anaviy ma’muriy huquq nuqtayi nazaridan ma’muriy huquq predmetiga kirmaydi. Shuning uchun Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud yagona tizimga kiruvchi ma’muriy organlar (vazirlik, davlat qo‘mitalari va hokazo) o‘rtasida amalga oshiriladigan xizmat tekshirishlari, intizomga rioya qilish bo‘yicha tekshirish va monitoringlarni o‘tkazish tartibi yuzasidan maxsus qonunlar, shuningdek, ularning subyektlari o‘rtasidagi aniq huquq va majburiyatlarni mustahkamlaydigan qonunlar mavjud emas. Ya’ni ichki boshqaruv masalalari yuqori turuvchi organ diskretsiyasiga (ixtiyoriga) ko‘ra, lozim darajada va kerakli metodlarda mustaqil amalga oshiriladi. Bu masalada oddiy fuqarolar aralashish huquqiga ega emaslar. Shu bois bunday masalalar ma’muriy huquq predmetiga emas, balki «Davlat (ma’muriy) boshqaruvi», «Ma’muriy menejment» kabi huquqiy bo‘lmagan policy making, ya’ni ma’muriy soha boshqaruvi tadbirlari (siyosati) kabi fanlar doirasiga kiritiladi. 1 Ma’muriy tekshirish va qonuniylikni ta’minlash o‘rtasidagi farqni aniqlab olish ham muhim. Ya’ni ma’muriy tekshirishning asosiy maqsadi turli ma’muriy maqsadlarni amalga oshirish uchn auxborot yig‘ish hisoblanadi. Lekin bevosita qonuniylikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmaydi. Shu bilan birga, ma’muriy tekshirish natijasida ikkilamchi tarzda fuqarolarda qonunga nisbatan hurmat oshishi kuzatilishi mumkin. Masalaning asosiy jihati shundaki, ma’muriy huquq predmetidan kelib chiqsak, ma’muriy tekshirish moddiy huquq tarzida hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan va hech qanday mustaqil huquqiy oqibatni yuzaga keltirmaydigan faoliyat sanaladi. 2 Faqatgina ma’muriy tekshirish due process prinsipi jihatidan, protsessual tartibga solinishi lozimligi jihatidangina ma’muriy huquqning tadqiqot mavzuyiga kiritiladi, xolos. Qonuniylikni ta’minlash umuman boshqa masaladir. Ya’ni ma’muriy tekshirishda ma’muriy organ ma’muriy maqsadda axborot yig‘ishi va ushbu faoliyatni (tekshirishni) qonuniy (faqatgina qonun ruxsat bergan doirada va qonun ruxsat bergan usul va vositalarda) amalga oshirishi, shuningdek, tekshirish davomida fuqaroning huquq va erkinliklariga daxl qilmasligi asosiy masala sanaladi. 1 Rivojlangan davlatlarda federativ tuzilishdagi davlatlar yoki mahalliy fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan mahalliy o‘z-o‘zini boshqaradigan ma’muriy organlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda biroz farqli jihat namoyon bo‘ladi. Masalan, AQSh va Yaponiyada. 2 Bu haqda mavzuning kirish qismida so‘z yuritilgandi. 82 Qonuniylikni ta’minlashda esa fuqaroning buzilgan (yoki buzilishi muqarrar bo‘lgan) huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini qanday qilib tiklash masalalari asosiydir. Shuning uchun sud qarorlarida asosan ma’muriy organlar tomonidan qabul qilingan qaror (individual ma’muriy akt)larning no(g‘ayri)qonuniyligi, haqiqiy emasligi masalasigina hal qilinadi, ma’muriy organlarga nisbatan bevosita ma’muriy buyruq va ko‘rsatmalar berilmaydi, ma’muriy choralar ko‘rilmaydi. Shu bois qonuniylikni ta’minlash masalasi, ayniqsa, ma’muriy yustitsiya masalalari ma’muriy intizom yoki ma’muriy tekshirish, nazorat, kontrol kabi mavzulardan alohida o‘rganilishi zarur. Demak: 1. Ma’muriy tekshirish doirasiga ma’muriy organlarning o‘zaro amalga oshiradigan ichki xizmat tekshiruvlari (kontrol, nazorat) kirmaydi. 2. Ma’muriy tekshirish doirasiga parlament (yoki mahalliy xalq deputatlari kengashlari) tomonidan amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy huquqiy xarakterga ega bo‘lgan hokimiyatlarning bir-birini tiyishidan kelib chiquvchi qonun chiqaruvchi hokimiyatning tekshiruvlari ham kirmaydi. 3. Ma’muriy tekshirish doirasiga jinoiy huquqiy maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zlaydigan tekshirish (tergov, nazorat va hokazo) ham kirmaydi. 4. Ma’muriy tekshirish doirasiga sudlar tomonidan ma’lum bir ish yuzasidan amalga oshiriladigan ma’muriy faoliyatda qonuniylikka rioya qilinishini tekshirish faoliyati ham kirmaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling