O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Ma’muriy rejaning huquqiy muammolari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Ma’muriy rejaning huquqiy muammolari
Ma’muriy huquqning an’anaviy nazariyasiga ko‘ra, jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlariga ta’sir o‘tkazish faqatgina individual ma’muriy akt vositasida amalga oshirilishi ta’kidlangan, shu ma’noda ma’muriy reja bor-yo‘g‘i ma’muriy organ uchun ichki hujjat vazifasini o‘taydigan, huquqiy bo‘lmagan harakat sifatida talqin etilgan. 3 1 Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou» Houritsubunkasha. 2010. – P.86. 2 Sakurai Keiko, Hashimoto Hiroyuki. «Gyouseihou» Koubundou. 2007. – P.153 – 154. 3 Muroi Tsutomu «Shingendaigyouseihounyuumon (1)» Houritsubunkasha. 2005. – P.80. 72 Lekin bunday umumiy qoida asosida fikrlanadigan bo‘lsa, ma’muriy rejaning yuqorida keltirilgan huquqiy ta’sir ko‘rsatadigan shakllari bee’tibor qoladi. Ya’ni ma’muriy rejalarning ko‘pchiligi u yoki bu ma’noda qaysidir alohida shaxslarning huquq va majburiyatlariga ta’sir o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib ma’muriy rejaning ma’muriy huquq fani nuqtayi nazaridan ayrim huquqiy muammolar vujudga keladi. Muroi Tsutomuning ta’kidlashicha, ma’muriy rejaning quyidagi huquqiy muammolari mavjud. A) ma’muriy rejaning huquqiy davlat prinsipi bilan aloqasida muammo yuzaga keladi. Aslini olganda, ma’muriy reja mazmuniga ko‘ra ma’muriy organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Lekin, muammo shundaki, ma’muriy rejaning ishlab chiqib qabul qilinishidan to ijrosiga qadar byurokratik ko‘rsatmaga asoslanishi juda ko‘p uchraydi. Oqibatda, aslida, faqat qonunga muvofiq (asoslanib) yuritilishi lozim bo‘lgan ma’muriy faoliyat «rejalarga muvofiq amalga oshiriladigan ma’muriyat», «reja nomi ostidagi qonun», «ma’muriy organ uchun qonunga nisbatan ustunroq ahamiyatga ega bo‘lgan reja» deb nomlanadigan bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, ma’muriy huquqning eng muhim prinsipi – huquqiy davlat prinsipiga ziddir; B) bundan tashqari, ma’muriy rejalarning huquqiy asosi ham muammo sifatida ko‘rilishi mumkin. Ya’ni ma’muriy huquqning prinsiplaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, ma’muriyatning faoliyatiga doir barcha huquqiy hujjatlar qonun delegatsiyasiga asoslanishi shart. Lekin amalda bunday holat kam uchraydi. Buning sababi sifatida ma’muriy rejaning mazmuni maxsus soha malakasini, operativlikni, tez moslashuvchanlikni (turli munosabatlarga o‘z vaqtida lozim darajada javob berishni) talab qilgani keltiriladi. Mazkur sabablarning hech biri ma’muriy rejaning huquqiy asosi mavjud bo‘lmasligini oqlolmaydi. Ta’kidlash joizki, ma’muriy rejaning jismoniy shaxslarga nisbatan hech bir tarzda huquqiy ta’sir ko‘rsatmaydigan shakllari, ya’ni ma’muriy organning ichki hujjati xarakteridagi ko‘rinishlari yuqoridagi muammoli holatdan istisno etiladi. Lekin boshqa ko‘rinishdagi ma’muriy rejalar, albatta, har bir ma’muriy organ tuzilishi haqidagi qonun hujjatlarida va barcha 73 sohalarni tartibga soluvchi alohida qonunlarda nazarda tutilishi kerak. Bunda alohida soha uchun ma’muriy reja mazmunining umumiy tavsifi, ma’muriy rejani ishlab chiqishda aholi (jamoatchilik) fikrini hisobga olishga doir protseduralar va me’yorlar bo‘lishi lozim. Bu esa pirovardida ma’muriyat faoliyati ustidan parlament va xalq nazoratini amalga oshirishga olib keladi; C) ma’muriy rejaning navbatdagi huquqiy muammolaridan biri uning qabul qilinish protsedurasidir. Aslini olganda, ma’muriy rejalar: a) mazmunining ratsionalligi va to‘g‘riligi; b) manfaatdor aholi qatlamlarining (manfaatdor shaxslarning) huquq va manfaatlari himoya qilingani; c) ma’muriy faoliyatda xalq hokimiyatchiligini kafolatlash (ta’minlash) maqsadida aholi qatlamlarining o‘zaro to‘qnashadigan manfaatlari muvozanatini olish, har bir aloqador soha mutaxassislarining to‘xtam (qaror)larini inobatga olish, boshqa soha ma’muriy organlari va ular tomonidan qabul qilingan ma’muriy rejalar bilan o‘zaro muvofiqligi, mutanosibligini ta’minlash, xalq (jamoatchilik, fuqarolar) fikrini o‘rganish va uni ma’muriy rejada namoyon qilish talab etiladi. Bunday talablarni amalga oshirish uchun esa ma’muriy rejani qabul qilish protsedurasi adolatli va ochiq (shaffof) bo‘lishi shart. Bunday tizimni ishlab chiqish uchun, avvalo, fuqarolarning ma’muriy organlar axborotiga erkin akses (yetishish, ulashish)ini ta’minlaydigan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» Qonun 1 va fuqarolarning ishtirokini kafolatlaydigan «fuqarolar (jamoatchilik) ishtiroki» tizimi zarur. 2 Yuqorida bayon qilingan huquqiy muammolar o‘z yechimini topadigan va alohida sohalar bo‘yicha qabul qilinadigan qonunlarda ma’muriy rejalarni qabul qilishning mexanizmi beriladigan bo‘lsa, ma’muriy huquq nuqtayi nazaridan undan keyin juda muhim bosqichga kelinadi. Ya’ni qonun bilan o‘rnatilgan ma’muriy rejalarni qabul qilishga qo‘yilgan moddiy va protsessual talablarning bajarilmasligi 1 «Тадбиркорлик фаолияти соҳасидаги рухсат бериш тартиб таомиллари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни (ЎРҚ-342-сон, 20.12.2012) // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2012. №51. 575-модда; Qarang: «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. 2 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)» Houritsubunkasha. 2005. – P.79 – 82. 74 yoki lozim darajada bajarilmasligi bunday hujjatlarning noqonuniyligini keltirib chiqaradi. 1 Mana shu jihatdan har bir soha ma’muriy organlari ma’muriy rejalarni ishlab chiqishda juda ehtiyotkorlik va e’tibor bilan qonun talablariga rioya qilishga astoydil intiladilar. Aks holda, ular tomonidan qabul qilingan ma’muriy reja noqonuniy bo‘lish xavfi yuzaga keladi. Lekin yuqoridagi taklif ko‘proq Rossiya holatiga yaqinroq bo‘lishi, ya’ni umumiy xarakterdagi huquqiy hujjatning noqonuniyligini nizolashish tartibi joriy etilishini taqozo qilishi mumkin. Chunki ma’muriy rejani individual akt (qaror) sifatida ko‘rish juda mushkul. 2 2.1-ilova Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling