O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Uchinchi mavzu: Ma’muriy tekshirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Uchinchi mavzu: Ma’muriy tekshirish 1 Umumiy tavsifi Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy ma’muriy huquq nazariyasida ma’muriy tekshirish tadqiqot obyekti sifatida olinmagan. Chunki ma’muriy tekshirishga alohida bir ma’muriy faoliyat sifatida emas, balki boshqa ma’muriy faoliyat, ayniqsa, ma’muriy individual akt (individual qaror)ni chiqarish uchun kerak bo‘ladigan bir bosqich sifatida qaralgan. 2 Shuning uchun ma’muriy tekshirishni alohida mavzu shaklida o‘rganish lozim bo‘lmagan. Ya’ni ma’muriy tekshirish 1 Muallifning ushbu mavzuga oid magistrlik dissertatsiyasi mavjud. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari tekshirishlarini huquqiy tartibga solishning muammolari: Yaponiyada mavjud bo‘lgan tekshirishlar tushunchasi hamda tartib-taomiliga qiyosan» (Himoya Yaponiyaning Nagoya universiteti Huquq fakultetida 2010-yili bajarilgan. Asl nusxa yapon tilida yozilgan bo‘lib, Nagoya universiteti Huquq fakulteti kutubxonasida saqlanmoqda); bundan tashqari, ingliz tilida ham ushbu mavzuga oid maqola mavjud (Ne’matov J. Problems of the legal control of the administrative inspection in Uzbekistan: a comparative analysis with Japan. Outlook of the Uzbek youth studying in Japan on issues of Law. Economy and International relations (September 23 – 24, 2010. Nagoya, Japan). TDYI, 2010. – P.45 – 55). 2 Masalan, Bernard Schwartz va Roberto L. Corrada o‘z kitobida shunday deydi: «Information is the fuel on which the administrative engine operates. Whithout it agencies would be unable to exercise their substantive powers of rulemaking and adjudication intelligently». Ya’ni ma’muriy organlar faoliyatining asosini axborot yig‘ishsiz (ma’muriy tekshirish axborot yig‘ish tarzida ta’riflanmoqda) tasavvur qilish qiyin. Axborot yig‘ishsiz (ma’muriy tekshirishsiz) to‘g‘ri individual qaror (akt) qabul qilish qiyinligi ta’kidlanmoqda. Ya’ni bundan ma’muriy tekshirish oxir-oqibat individual qaror (akt) qabul qilish uchun kerakligi tushuniladi (Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.147). 77 huquqiy (huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi) harakat emas, balki faktik harakat sifatida baholangan. 1 Bundan tashqari, ma’muriy harakatni ma’muriy huquq predmeti sifatida tadqiq qilishda ham qiyinchilik mavjud bo‘lgan. Chunki ma’muriy huquqning eng asosiy masalasi ma’muriy organlar faoliyatini huquqiy tartibga solish va buzilgan huquqlarni tiklash hisoblanadi. Lekin ma’muriy tekshirish o‘zi mustaqil ma’muriy faoliyat sifatida mavjud bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq ma’muriy faoliyatning boshqa ko‘rinishlari tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’muriy tekshirishning o‘zi uning adresatiga nisbatan hech qanday huquqiy oqibatni to‘g‘ridan to‘g‘ri vujudga keltirmaydi, natijada adresat (jismoniy yoki yuridik shaxs 2 ) tomonidan uning huquq va erkinliklari, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxl qilingani haqida fikr yuritish yuridik sharhlash texnikasi jihatidan mumkin bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, ma’muriy tekshirish natijasida adresatga qandaydir huquqiy ta’sir chorasi yoki boshqa ko‘rinishdagi huquqiy oqibatning vujudga kelishi yuz berishi va yuz bermasligi mumkin. Avvalo, ma’muriy organning bu haqdagi to‘xtamini kutish lozim. Hali hech qanday aniq ma’muriy individual akt (qaror) bo‘lmasdan huquqlar buzilgani haqida so‘z yuritish qiyin. Negaki hali hech qanday huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanishi haqida qaror chiqqani yo‘q. Bundan tashqari, qandaydir huquqiy ta’sir chorasi yoki boshqa ko‘rinishdagi huquqiy oqibatning vujudga kelish faktining o‘ziyoq ma’muriy tekshirishning huquqiy ahamiyat kasb etishi mumkinligini bildirmaydi. Chunki ma’muriy organ o‘z qarori (individual ma’muriy akti)ni qabul qilishda nafaqat o‘tkazilgan tekshirishlar, balki taqdim etilgan hisobotlar, boshqa organlardan olingan hujjatlar va boshqa turli-tuman faktorlarni ham hisobga oladi. Bu esa ma’muriy tekshirishda mavjud bo‘lgan qandaydir huquqqa zid xatti-harakat bor yoki yo‘qligining o‘ziyoq ma’muriy aktning yuridik kuchiga ta’sir o‘tkazishini anglatmaydi. Fikrning davomini O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tomonidan shu sohada qabul qilingan qarorni o‘rganish bilan keyingi qismlarda davom ettiramiz. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib ma’muriy tekshirishni ma’muriy huquqda 1 Ma’muriy harakat yo‘naltirilgan adresat uchun hech qanday huquqiy oqibat vujudga keltirmay, bor-yo‘g‘i ma’lum bir xatti-harakatni aks ettiruvchi fakt sifatida qaralgan. 2 Ushbu mavzu doirasida fuqaro tushunchasi ichiga adresat tushunchasi kiritilgan holda qo‘llanilgan (agar yuridik shaxs sifatida alohida ta’kidlangan bo‘lmasa). 78 o‘rganish kerak emas ekan-da degan xulosa kelib chiqadimi? Aslo yo‘q. Zamonaviy ma’muriy huquqda masalaning boshqa tomoniga ham e’tibor berila boshlandi. Ya’ni ma’muriyat o‘z faoliyati davomida agarda ma’lum bir o‘rnatilgan tartib-taomil (reglament)larga bo‘ysunmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzishi, oqibatda ularga zarar yetkazishi mumkinligi ta’kidlana boshlandi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, garchi ma’muriy tekshirish huquqiy tabiatiga ko‘ra mustaqil huquqiy oqibat yuzaga keltirmaydigan ma’muriy harakat bo‘lsa-da, ma’muriy tekshirish davomida fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish maqsadida ma’muriy tekshirishni ma’muriy huquqning o‘rganish obyekti sifatida tadqiq qilish muhimligi tan olina boshladi. Masalaning yana bir tomoni shundaki, AQSh ma’muriy huquqining asosiy prinsiplaridan biri «due process of law» degan prinsipdir. Ushbu prinsipga ko‘ra, ma’muriyatning har bir protsessual faoliyati adolatli va to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Ushbu nuqtayi nazar ham ma’muriy tekshirishni istalgan shaklda amalga oshirish emas, balki «due process of law» degan prinsip doirasida, asosida shakllantirish, tashkil etish, amalga oshirish zarurligini taqozo qiladi. 1 Yuqoridagi fikrlar bekordan bekorga aytilgani yo‘q. Ma’muriy tekshirishning o‘ziga xos huquqiy tabiatini tushunmasdan turib uni ma’muriy huquq obyekti sifatida tadqiq qilish noto‘g‘ri amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun mavzuning keyingi qismlarida yuqorida yuritilgan fikrlar asosida ma’muriy tekshirishning huquqiy tartibga solinishida qanday jihatlarga e’tibor berish zarurligini unutmasligimiz kerak bo‘ladi. Ma’muriy tekshirishning ta’rifi turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Erkin Hojiyev ma’muriy tekshirish (davlat tomonidan nazorat)ni «Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash» bobida ko‘rib chiqqan. 2 Bu holatga boshqa o‘zbek olimlarining asarlarida ham duch kelish mumkin. 3 Ta’kidlash o‘rinliki, sovet 1 Garchi ma’muriy tekshirish mustaqil tarzda hech qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri huquqiy oqibat vujudga keltirmasa-da. 2 Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashri. – Toshkent: ILM ZIYO, 2010. – B.271 – 321. 3 Алимов Х.Р., Соловьева Л.И. и др. Административное право Республики Узбекистан: Учебник для юрид. вузов. – Тошкент: Адолат, 1999. – С.343 – 348. 79 davri kitoblarida ham ma’muriy tekshirish (nazorat, kontrol) «Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash» sifatida qaralgan. 1 Lekin rivojlangan davlatlarda ma’muriy tekshirish bu – ma’muriy organlarning Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling