O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Huquqiy tabiati va turlari
Arai Ryuichining ta’kidlashicha, ma’muriy tekshirishlar fundamental inson huquqlari (mulk huquqi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish erkinligi, tinch hayot tarziga bo‘lgan huquq, turarjoy daxlsizligi huquqining kafolatlanishi, shuningdek, insonning shaxsiy huquqlari, insonning shaxsiy hayoti daxlsizligi huquqi)ni buzishi (daxl qilishi) yoki boshqacha tarzda tahdid solishi mumkinligi ehtimoli yuzasidan adekvat (tegishli) huquqiy tartibga solish (huquqiy kontrol 83 (nazorat) ostiga olish) zaruriyatini keltirib chiqaradi. 1 Ma’muriy tekshirish turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: kameral nazorat, ixtiyoriy ma’muriy tekshirish, bilvosita majburiy ma’muriy tekshirish va hokazo. Ma’muriy tekshirishning yuqorida ko‘rsatilgan yashirin xavflari ma’lum bir davlatlarda namoyon bo‘lish ehtimolining darajasi va boshqa faktorlarga ko‘ra umumiy tarzda ikki xil tarzda tartibga solinadi. Birinchisi, ma’muriy tekshirishni o‘tkazish tartibi, o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan davlat xizmatchilari, vakolatlari, tekshiriluvchi adresatlarning huquq va majburiyatlari kabi masalalar alohida qonunlar shaklida umumiy va maxsus normalar tarzida o‘rnatib qo‘yilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston shu toifadagi davlatlarga kiradi. Ikkinchisi, ma’muriy tekshirishni tartibga soluvchi alohida qonun shaklida emas, balki har bir ma’muriy organning vakolatini belgilab beruvchi qonunlarda va alohida sohalar bo‘yicha qonunlarda ma’muriy tekshirish haqida bir yoki bir necha umumiy me’yorlarni belgilash bilan cheklanadi, tekshirish tartibi va boshqa detallarni tartibga soluvchi me’yorlarni o‘rnatmaydi. Bu toifadagi davlatlarga Yaponiya kiradi. Masalan, Yaponiyada ma’muriy tekshirishlar bo‘yicha quyidagi me’yorlar mavjud: 1. Ma’muriy tekshirish obyektini tanlash ma’muriy tekshirishni o‘tkazmoqchi bo‘lgan tekshiruvchi shaxs (davlat xizmatchisi)ning ratsional tanlovi asosida amalga oshiriladi. 2 2. Ma’muriy tekshirish o‘tkazish haqidagi xabarnoma (ma’muriy tekshirish joyi, kuni, sababi va hokazo) ham majburiy hisoblanmaydi va qoida tariqasida tekshiruvchining diskretsiyasi (ixtiyori) asosida amalga oshiriladi. 3 3. Ma’muriy tekshirishni boshlashdan avval tekshiruvchi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma ko‘rsatilishi shart. 4. Ma’muriy tekshirishda tekshiruvchi davlat xizmatchilarining suiiste’molliklari oldini olish maqsadida tekshirish oldidan majburiy tarzda 1 Arai Ryuichi. «Zeihou・Kenryoku・Nouzeisha» Keibundou. 1970. – P.259. 2 Yaponiya Oliy sudi Shouva 48, 10-iyul qarori (Yaponiyada O‘zbekiston Respublikasiga o‘xshash muvofiqlashtiruvchi kengash mavjud emas. Tekshirishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan davlat xizmatchisi qoida tarzida erkin va ratsional tanlov asosida tekshirishni o‘tkazishi mumkin – muallif izohi). 3 Yaponiya Oliy sudi Shouva 48, 10-iyul qarori (Yaponiyada tekshirishning o‘tkazilishi haqida xabardor qilish yoki qaysidir gazeta, jurnalda keyingi kvartal, yilda rejalashtirilayotgan tekshirish obyektlarini e’lon qilish amaliyoti mavjud emas – muallif izohi). 84 sud sanksiyasini olish amaliyotini joriy qilish kerakligi ba’zi bir olimlar tomonidan aytilsa-da, qonunchilikda sud sanksiyasi talab qilinishi haqida me’yor mavjud emas. 5. Yaponiya ma’muriy tekshirishlarining alohida farqli jihatlaridan biri shundaki, deyarli barcha soha maxsus qonunlarida «ma’muriy tekshirishni jinoiy tergov (yoki tergov) maqsadlarida foydalanish mumkin emas»ligi (taqiqlanishi) o‘rnatib qo‘yilgan. 6. Ma’muriy tekshirish o‘tkazish vaqti haqida O‘zbekiston qonunchiligiga o‘xshash bo‘lgan me’yorlar (kun chiqichidan oldin va botishidan keyin tekshirish o‘tkazish mumkin emas, tekshiriluvchining roziligi bo‘lgan hollar bundan mustasno) o‘rnatib qo‘yilgan. Lekin O‘zbekistonda ma’muriy tekshirishlar ma’muriy organlarning alohida va muhim ma’muriy faoliyati sifatida baholanganligi hamda ma’muriy tekshirishlar turli ko‘rinishdagi huquqiy ta’sir choralarini ko‘rishda asos bo‘lishi, ma’muriy tekshirishlarning mustahkam huquqiy asoslari va adresatlarning huquqiy kafolatlarini o‘rnatilmaydigan bo‘lsa, turli xil suiiste’molliklar va qonunchilik normalarini barcha adresatlarga bir xil tarzda qo‘llashda muammo yuzaga kelishi mumkinligi va boshqa sabablarga ko‘ra maxsus qonunchilik regulyatsiyasiga ega. Buni quyida O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy asoslari qismida ko‘rib chiqamiz. 1 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling