O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Ma’muriy tekshirish va ma’muriy yustitsiya
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Ma’muriy tekshirish va ma’muriy yustitsiya
Yapon olimlarining ta’kidlashicha 2 , ma’muriy tekshirish «bir lahzalilik» xususiyatga ega bo‘lgani uchun sud tartibida nizolashish juda qiyin bo‘ladi. Ya’ni 1 Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish haqida qarang: Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashri. – Toshkent: ILM ZIYO, 2010. – B.310 – 321 (Ushbu o‘rinda takrorlashdan qochish maqsadida tadbirkorlik subyektlarini tekshirishning batafsil bayoni muxtasar qilinadi va yuqoridagi ilmiy adabiyot hamda huquqiy me’yorlarga havola qilinadi – muallif izohi). 2 Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi» Yuuhikaku. 2007. – P.273 – 274; Hayasaka Tomiko. «Gyouseichousa – kyouseinoshiten o chuushinnishite» Kouhoukenkyuu dai 58 gou. – P.202. 88 shikoyat (da’vo) keltirilgan paytda tekshirish tugab bo‘lgan yoki sud tomonidan ish ko‘rib, qaror chiqarilgunga qadar tekshirish o‘tkazib bo‘lingan bo‘ladi va nizolashish ahamiyatini yo‘qotadi. Nizoning asosi (da’vogar yoki shikoyatchining talabi) esa tekshirishning noqonuniyligi va tekshirishga asos bo‘lgan qarorni bekor qilish (haqiqiy emas deb topish), tekshirishning zudlik bilan to‘xtatilishi masalasi bo‘lgani uchun ham yuqoridagi fikrga kelinadi. Shuningdek, ma’muriy tekshirish va ma’muriy individual akt (qaror)ning o‘zaro aloqasi haqida ham ma’muriy tekshirish va ma’muriy individual akt (qaror) ikkita alohida faoliyat sifatida qaraladi. Shu bois ma’muriy tekshirishda yuzaga kelgan noqonuniylik to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy individual akt (qaror)ning noqonuniyligini keltirib chiqarmaydi deb hisoblanadi. Lekin ma’muriy tekshirishdagi qo‘pol tarzda qonun buzilish hollari ma’muriy individual akt (qaror)ning noqonuniyligiga asos bo‘lishi ta’kidlanadi. 1 Ma’muriy tekshirishning noqonuniy tarzda amalga oshirilgani bo‘yicha davlat kompensatsiyasini sud tartibida undirish mumkin. Ma’muriy yustitsiyaning ikki shakli mavjud: a) mamuriy sud yurituvi (tor ma’nodagi ma’muriy yustitsiya); b) davlat kompensatsiyasi. Ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) ma’lum bir yuridik aktning yuridik kuchini bekor qilishga yoki haqiqiy emas deb topishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday tartib O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 3-kichik bo‘limi – «Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish»da o‘rnatib qo‘yilgan. 2 Tadbirkorlik subyektlarini ma’muriy tekshirishda yuzaga keladigan nizolar, jumladan, ma’muriy yustitsiya masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 116-sonli qarori (23.07.2004) mavjud. 3 Quyida ushbu plenum qarori yuzasidan ma’muriy tekshirish va ma’muriy yustitsiya aloqasini biroz ko‘rib 1 Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I» Yuuhikaku. 2005. – P.240 – 241. 2 Shuningdek, o‘xshash tartib O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi 24-moddasi 1-qism 9-bandida nazarda tutilgan (9) davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar). 3 Постановление № 116 Пленума Высшего хозяйственного суда «О некоторых вопросах применения на практике законодательных актов, регулирующих деятельность контролирующих органов». Материалы Пленума Высшего хозяйственного суда // Хозяйство и право. 10/2004. – С.54. 89 chiqamiz. Qarorning 2-bandi 2-qismida ma’muriy tekshirishlar «qaror» sifatida emas, balki «xatti-harakat» sifatida tavsiflanmoqda. Shuningdek, tekshirish natijasida yetkazilgan zarar, ishchanlik obro‘yiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash haqidagi nizolar xo‘jalik sudlariga taalluqliligi belgilangan (davlat kompensatsiyasi to‘g‘risidagi nizolar). 1 Ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) haqida qarorning 5-bandida bir qator muhim masalalar ko‘rsatib o‘tilgan. Avvalo, «nazorat qiluvchi organlarning aktlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar» degan termin qo‘llanilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni ushbu toifadagi ishlar «nizo»li ishlar 2 toifasiga kirishini tushunish mumkin. Bu haqda ko‘pchilik o‘zbek huquqshunoslari noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lgani bois ham ushbu nuqtani alohida ta’kidlab o‘tishni lozim deb topdik. Bundan tashqari, 5-band davomida nazorat qiluvchi organlar aktini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni xo‘jalik sudida ko‘rib chiqishda ushbu aktlarni qabul qilishga asos bo‘lgan tekshirishlarning quyidagi jihatlarini har tomonlama o‘rganib chiqish va huquqiy baho berish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan: «tekshirishlarning qonuniyligi, asosliligi, g‘arazsizligi, ochiqligi, shuningdek, xo‘jalik subyektlari faoliyatiga aralashmaslikning kafolatlanganligi» va moddiy huquqning boshqa me’yorlariga rioya qilinganligi kabilar. 3 Yana bir muhim jihat, qarorning 6-bandida «nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarning qonun analogiyasi asosida qo‘llash huquqi mavjud emas»ligi va shu asnoda ma’muriy organlarning «qonunchilikda nazarda tutilmagan usullarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishi taqiqlanishi» belgilangan, buni qonuniylik prinsipi, «qonunga muvofiq ma’muriyat» prinsipining namoyon bo‘lishi deb baholash 1 Част 2 Пункта 2 Постановления № 116 «Вместе с тем, если в результате незаконных решений или других действий (проверок) должностных лиц контролирующих органов нанесен ущерб хозяйствующим субъектам, возможно разрешение споров о возмешении ушерба, защиты деловой рeпутации и других споров, входящих в компетенцию хозяйственных судов». 2 Rus tilidagi matnda «спор» degan termin qo‘llanilganligiga e’tibor bering. 3 Пункт 5 «При рассмотрении споров, связанных с признанием недействительными актов контролирующих органов, хозяйственным судам следует всесторонне изучить и дать правовую оценку законности, обоснованности, бескорыстности, гластности проверок (ревизия, комплексная, краткосрочная, внеплановая, альтернативная, контрольная), осуществленных контролирующими органами, которые явились основанием для принятия этих актов, в том числе обеспеченности гарантии невмешательства в деятельность хозяйствующих субъектов, их прав и обязанностей, соответствие периодичности и срокам, правильному приминению норм материального права». 90 mumkin. 1 Qarorning boshqa muhim jihatlari ham juda ko‘p. Jumladan: 1. XPK 55-moddasiga ko‘ra, davlat organlari aktlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni ko‘rishda aktni qabul qilishga asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati ushbu aktni qabul qilgan organ zimmasida bo‘ladi (qarorning 6-bandi). 2. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish talablari va tartibining qo‘pol tarzda buzilishi 2 nazorat qiluvchi organlar tomonidan qabul qilingan aktlarni haqiqiy emas deb, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va manfaatlari buzilgan deb topishga asos bo‘ladi (qarorning 7-bandi). 116-sonli plenum qarorining 9-bandida davlat kompensatsiyasiga oid ishlar, ya’ni «yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo talablari» O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 14-, 15-, 990-moddalari asosida ko‘rib hal qilinishi belgilangan. Shuningdek, 9-bandda davlat kompensatsiyasiga oid ishlarning ko‘rilishida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo talablari nazorat qiluvchi organlar qabul qilgan aktlarning haqiqiy emas deb topilganidan keyin qondirilishi mumkinligi ta’kidlangan. Ya’ni davlat kompensatsiyasini undirish uchun, avvalo, ma’muriy individual akt (qaror)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi keltirilishi va sud tomonidan ushbu da’vo qanoatlantirilishi talab etilishi belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 116-sonli qarori (23.07.2004) 3 nafaqat ma’muriy tekshirishlar borasida, balki O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy yustitsiyaning huquqiy asoslarini belgilashda ham muhim huquqiy asos bo‘lganligi bilan e’tiborli, ma’muriy yustitsiyaga oid alohida mavzuni tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling