O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Yaponiya
Ma’muriy organlar o‘z faoliyatini qonunchilikda o‘rnatilgan to‘g‘ri va adolatli protseduralar orqali amalga oshirishlari talab qilinadi. Mana shu to‘g‘ri protsedura prinsipi deb ataladi. AQShda ushbu prinsip «due process» (of law) deb ataladi. Unga ko‘ra, ma’muriy faoliyat ham o‘zining huquqiy jihatdan tartibga solingan protsessual qoidalariga ega bo‘lishi va bu qoidalar to‘g‘ri, adolatli bo‘lishi talab qilinadi. To‘g‘ri protseduraning mazmuni quyidagilarda ko‘rinadi: 1) xususiy shaxslarga nisbatan biror ma’muriy qaror chiqarish oldidan bunday qaror loyihasini va uning asoslarini adresatga xabar qilish; 2) ushbu ish yuzasidan ma’muriy organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni ochish, oshkor qilish; 3) xususiy shaxsning fikrini tinglash; 4) xususiy shaxsga nisbatan qabul qilingan ma’muriy qarordan xabardor qilish va ushbu qarorda uning asoslari (motivatsiyalangan asoslari, sabablari)ni ko‘rsatish; 5) ma’muriy qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘ladigan idoraviy ichki yo‘riqnoma (standart)larni o‘rnatish va ularni fuqarolarga e’lon qilish. 2 Yaponiyada ma’muriy protseduralar «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonun bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadi. 3 Yaponiya «Ma’muriy protsedura 1 AQShning ma’muriy protsedura to‘g‘risidagi qonuni to‘liq matnini ko‘rish uchun 4.20-ilovaga qarang. 2 Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou» Houritsubunkasha. 2010. – P.32. 3 Закон «Об административной процедуре Японии». Закон №88 от 1993 г. (вступил в силу 12 ноября 1993 г.) ГЛАВА 1 Общие положения.(Статьи 1–4) ГЛАВА 2 Решения по Заявлениям.(Статьи 5–11) ГЛАВА3 Неблагоприятные Решения Раздел 1 Общие правила.(Статьи 12–14) 111 to‘g‘risida»gi Qonunining ikkinchi bobi ma’muriy organlarga kelib tushadigan arizalarni ko‘rib chiqish protsedurasini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Bunday arizalar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, litsenziya yoki tegishli ruxsatnomalar olish uchun va hokazo. 1 Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonunining uchinchi bobi ma’muriy organlar tomonidan adresat uchun turli ko‘rinishdagi yoqimsiz (istalmagan) qarorlar qabul qilish protsedurasini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Ma’muriy organlar tomonidan berilgan turli litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish, to‘xtatib qo‘yish va boshqalar shular jumlasidandir. Zero, yoqimsiz (istalmagan) qarorlar deganda adresatning bunday qarorlarning chiqarilishini istamasligini tushunish darkor. 2 Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni 15–28-moddalarida formal protseduralar haqidagi ko‘pgina muhim huquqiy talablar o‘rnatib qo‘yilgan. 3 Qonunning 29–31-moddalarida formal protseduradan farq qiladigan adresatga o‘z fikrini bayon etish, qarshi talab va vajlarini bildirish protsedurasini taqdim etishning protsessual talablari o‘rnatilgan 4 . Yaponiya ma’muriy protsedura qonunchiligining ko‘pgina o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, quyida mana shunday protsessual talablarning eng asosiylari bilan tanishib chiqamiz. Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni ma’lum bir ma’muriy sohada xususiy shaxslar tomonidan litsenziya va ruxsatnomalar olish kabi ma’muriy organlarga qilinadigan murojaatlar hamda arizalar yuzasidan ish yurituv (bundan keyin «arizalar yuzasidan ish yurituv» deb ataladi), ma’muriy organlar tomonidan xususiy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan turli istalmagan qarorlar yuzasidan ish yurituv kabi ma’muriy protsedurani tartibga soladi. Quyida, avvalo, arizalar yuzasidan ish yurituvning protsessual xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot beramiz. Arizalar yuzasidan idoraviy yo‘riqnomalarning qabul qilingan bo‘lishi va e’lon qilinishi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling