O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) mohiyati


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) mohiyati 
1
Qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Бакалавриатнинг 5380100 – Юриспруденция йўналиши 
талабалари учун дарслик / Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Тошкент, 2006. – Б.635 – 636. 


104 
Ma’muriy protsess haqida umumiy ma’lumot bilan bir qatorda uning mohiyati va 
ahamiyatini bilish ham zarur. Igor Tsayning ta’kidlashicha, sud protsessi ko‘pgina 
davlatlarda va davrlarda nisbatan batafsil tarzda protsessual normalar bilan huquqiy 
tartibga solib kelingan. Lekin ma’muriy organlarning faoliyatini protsessual jihatdan 
huquqiy tartibga solish negadir ko‘pchilik hollarda paysalga solinadi yoki zarur deb 
topilmaydi. Buning sababi sifatida ma’muriy sohada ma’muriy organlarga operativlik 
(tezkorlik) va ma’muriy erkinlik (boshqaruvdagi erkin harakatlana olish)ning 
kerakligi ta’kidlanadi. Igor Tsay o‘z fikrining davomida bunday qarashning xatoligini 
quyidagicha izohlaydi. 
Birinchidan, huquqiy davlatda ma’muriy organlar qonun asosida faoliyat yuritishi 
talab qilinadi. Shuning uchun ma’muriy organlar faoliyati protsessual jihatdan ham 
huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim bo‘ladi. 
Ikkinchidan, ma’muriy protseduralar bilan amalga oshiriladigan huquqiy 
reglamentatsiya (tartibga solish) ma’muriy organlar faoliyatini mushkullashtirishga, 
siqishga, og‘irlashtirishga sabab bo‘lmasligi kerak. Ma’muriy protsedurani ratsional 
(oqilona) muvozanat asosida joriy etish xuddi mana shu asosdan kelib chiqadi. 
Uchunchidan, ma’muriy protseduraning joriy etilishi davlat boshqaruvi 
sohasidagi ko‘pgina xato va kamchiliklarni protsessual normalarning joriy etilish 
yo‘li bilan sekin-asta yo‘qolishiga (oldi olinishiga) xizmat qilar edi.
1
Ma’muriy protsedura (jarayon, tartib-taomil)ning funksiyalari quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi.
2
Birinchidan, ma’muriy protsedura ma’muriy qarorlarning 
demokratik legitimligini ta’minlash, kafolatlashga xizmat qiladi. Ma’muriy 
qarorlarning demokratik legitimligi, avvalo, qonunlarga muvofiq amalga 
oshiriladigan ma’muriy qarorlarda aks etadi. Lekin juda ko‘p hollarda ma’muriy 
organlar tomonidan chiqariladigan qarorlar faqatgina amaldagi qonunlarni boricha 
ijro etish bilan cheklanmaydi. Chunki ko‘pincha qonunlar juda mavhum va umumiy 
xarakterga ega bo‘ladi, shuning uchun ma’muriy organlar keng doiradagi ma’muriy 
1
Qarang: Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республики Узбекистан. Общая часть. – 
Тoшкент, 2012. – С.407 – 408. 
2
Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi» Yuuhikaku. 2007. – P.280 – 281. 


105 
diskretsiya (xohish, iroda)ga ega bo‘ladilar. Shu asosda qaror chiqaradilar. Mana 
shunday hollarda faqatgina qonun orqali umumiy jihatdan o‘sha sohaning tartibga 
solinganligi bilangina bu sohadagi ma’muriy faoliyatni amalga oshirishda 
legitimlikning mavjud bo‘lishi haqida fikr yuritish noo‘rin. Mana shunday hollarda 
demokratik davlatdagi ma’muriyatga qo‘yiladigan talablardan biri sifatida ma’muriy 
qarorlarda xalq fikr-irodasining aks ettirilishi lozimligi keltirib o‘tiladi va buni 
amalga oshirish vositasi sifatida ma’muriy protseduraning huquqiy jihatdan 
kafolatlanishi aytiladi.
Ikkinchidan, ma’muriy protseduralar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ma’muriy 
organlarning yanada jiddiyroq faoliyat yuritishi, ma’muriy organlarning mas’uliyatini 
oshirishga xizmat qiladi, kafolatlaydi. Ma’muriy protseduraning bunday funksiyasi 
«asoslangan javobning yozilishi»da va boshqa jarayonlarda ham namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-
son «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari 
tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga 1-ilova tarzida tasdiqlangan 
«Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat 
beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 49-bandiga 
ko‘ra: 
49. Foydalanuvchi tashkilotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan texnik 
shartlarni 3 ish kuni mobaynida berishadi.
Foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan texnik shartlarni berish bepul amalga 
oshiriladi. 
Texnik shartlarni berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda foydalanuvchi 
tashkilotlar 3 ish kuni mobaynida inspeksiyaga asoslangan rad etish va 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling