O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Rivojlangan davlatlarda ma’muriy protseduraning huquqiy tartibga
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Rivojlangan davlatlarda ma’muriy protseduraning huquqiy tartibga
solinishi Ma’muriy protsedura haqidagi qonun ilk bora AQShda vujudga kelgan bo‘lib, quyida ushbu mamlakatdagi ma’muriy protseduraning umumiy jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tiladi. Ma’muriy protseduraning ahamiyati ko‘pgina jihatlarda namoyon bo‘ladi: fuqarolar ma’lum bir protsedura asosida o‘z ishining ko‘rilishi, natijada ma’muriyat bilan munosabatlarning muvozanatlashuvi, shuningdek, ma’muriy huquqning ko‘pgina prinsiplariga amal qilinishiga erishiladi (4.1-ilovaga qarang). Ma’muriyat tomonidan ko‘plab ma’muriy harakatlar amalga oshiriladi va bularning qaysilariga nisbatan ma’muriy protseduralar tadbiq etilishini aniqlash muhim (4.2-ilovaga qarang). Ma’muriy protsedura taraflarni ko‘rib chiqiladigan ish yuzasidan xabardor qilishdan boshlanib to qaror chiqarishgacha bo‘lgan turli bosqichlarni o‘z ichiga oladi (4.3-ilovaga qarang). Ma’muriy protsedurada eng muhim protsedura taraflarning tinglanishi hisoblanadi (4.4-ilovaga qarang). 1 Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi» Yuuhikaku. 2007. – P.280 – 281. 108 Rossiyada ham ma’muriy protsedura haqida ko‘plab fikrlar aytilgan bo‘lsa-da, ammo bu qonunchilikda hali-hanuz o‘z ifodasini topmagan (4.5-ilovaga qarang). Ma’muriy protseduraning eng muhim bosqichi – taraflarning tinglanishi taraflarni xabardor qilish, ishga doir hujjatlar bilan taraflar ham tanishish imkoniga ega bo‘lishi, shuningdek, taraflarga o‘z fikrini aytish imkoniyatini berish kabilarni qamrab oladi (4.6-ilovaga qarang). AQSh AQShda ma’muriy protseduraning asosi AQSh Konstitutsiyasining V va XIV o‘zgartirishlarida namoyon bo‘ladi (4.7-ilovaga qarang). AQShda ma’muriy protsedura to‘g‘ri protsedura – due process asosida o‘rganiladi (4.8-ilovaga qarang). AQSh Konstitutsiyasida due process prinsipi insonning hayoti, erkinligi va mulkiga daxl qiladigan har qanday ma’muriy harakatlarga tatbiq etilishi nazarda tutiladi. Ammo ma’muriy harakatlarning inson hayotiga daxl qilishi juda kam uchraganligi sababli asosiy e’tibor va nazariy izlanishlar inson erkinliklari hamda mulkiga har qanday shaklda daxl qiladigan ma’muriy harakatlarning due process prinsipi asosida amalga oshirilishiga qaratilgan. Due process prinsipi asosida vujudga kelgan ma’muriy protseduralarning asosiy g‘oyasi ma’muriy qarorning adresatiga ish yuzasidan uning dalil va vajlarini tinglash imkonini taqdim etish, boshqacharoq aytganda, «tinglanish huquqi» bilan ta’minlashda ko‘rinadi. Ta’kidlash joizki, adresatning ma’lum bir huquqiy manfaatlariga nisbatan ham due process prinsipini tatbiq etsa bo‘ladi, shu ma’noda due process prinsipi adresatning huquq va erkinliklari bilan birga uning huquqiy manfaatlarini ham himoya qiladi (4.9-ilovaga qarang). Mulkiy huquqlarga daxl qilish turli shakllarda bo‘lishi mumkin, aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri mulk huquqiga daxl qilinishinigina emas, turli asosli, qonuniy manfaatlarni ham himoya qilishni nazarda tutadi (4.10-ilovaga qarang). Insonning erkinligiga daxl qilinishida ham faqatgina insonning ozodlikdan mahrum etilishi kabilarnigina emas, balki keng ma’noda ma’muriy harakat natijasida insonning ma’lum bir erkinliklariga daxl qilinishi kabi holatlarni tushunish lozim (4.11-ilovaga 109 qarang). Ta’kidlash joizki, insonning erkinliklari va mulk huquqiga daxl qiladigan har qanday holda ham due process prinsipi tadbiq etilavermaydi, buning ba’zi talab va istisnoli holatlari mavjud (4.12-ilovaga qarang). Shu o‘rinda ma’muriy qaror qabul qilinishi natijasida daxl qilishi mumkin bo‘lgan huquq va manfaatning xarakteri hamda due process prinsipi tadbiq etilishi natijasida ma’muriy organlarning ishga qanchalik to‘sqinlik qilishiga qaraladi. Mana shu muvozanat asosida due process prinsipini tatbiq etish yoki etmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi. Zero, ma’muriy qarorning adresat huquq va manfaatlariga daxl qilish xarakteriga ko‘ra ahamiyati unchalik yuqori darajada bo‘lmagan ishlarga nisbatan ham due process prinsipini tatbiq qilish ma’muriy organlarning faoliyatiga ortiqcha yuk bo‘ladi va ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ma’lum bir ma’muriy harakat yuqorida ta’kidlangan huquq va manfaatlarga daxl qiladigan harakat deb topiladigan bo‘lsa, ularga nisbatan due process prinsipi tatbiq etiladi. Quyida mana shu haqda fikr yuritiladi (4.13-ilovaga qarang). Due process prinsipining ilk protsessual bosqichi taraflarning xabardor qilinishi va ularning fikrini tinglashda namoyon bo‘ladi (4.14-ilovaga qarang). Due process prinsipining keyingi protsessual bosqichi taraflarga sud tartibiga o‘xshagan tartibda fikrini tinglash imkoniyatini taqdim etishda ko‘rinadi (4.15-ilovaga qarang). Due process prinsipining yana bir protsessual bosqichi taraflarning maslahatlashuv huquqida namoyon bo‘ladi (4.16-ilovaga qarang). Due process prinsipining muhim asoslaridan biri qaror chiqaruvchi (ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs)ning xolis bo‘lishidadir (4.17-ilovaga qarang). Due process prinsipining oxirgi protsessual bosqichi ma’muriy qaror (akt)ning chiqarilishida tegishli faktik holatlar va huquqiy asoslar, qarorni asoslantiruvchi dalil va sabablar to‘la, yetarli darajada asoslantirilishida ko‘zga tashlanadi (4.18-ilovaga qarang). Due process prinsipi turli ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin. Shulardan eng muhimi va protsessual talablar eng yuqori darajada kafolatlanadigani formal adjudication (rasmiy qaror chiqarish protsedurasi) (4.19-ilovaga qarang) deb ataladi. Gap shundaki, ma’muriy harakatlar turli xil xarakterda bo‘ladi va amaliyotda bunday harakatlar yuzasidan chiqariladigan ma’muriy qaror (akt)larning hammasiga nisbatan 110 ham due process prinsipining barcha talablarini qo‘llash imkonsiz. Chunki due process prinsipining barcha talablarini amalga oshirish ko‘p vaqt va resurslarni talab qiladi. Bu esa ma’muriyatning faoliyat yuritishiga, qonuniy vazifa va funksiyalarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bois formal adjudication, ya’ni rasmiy qaror chiqarish protsedurasini har qanday ishlarga nisbatan emas, balki adresatning eng muhim huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan ma’muriy ishlarga nisbatan qo‘llashga e’tibor berish zarur. 1 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling