O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

ikkinchidan, ijro organlarining hokimiyat faoliyati qonun hujjatlariga asoslanib
ularga tegishli bo‘lgan aniq masalalarni hal etishga qaratilgan;
uchinchidan, ma’muriy jarayon natijasi ma’muriy-huquqiy aktning qabul 
qilinishi hisoblanadi; 
to‘rtinchidan, ijro organlarining hokimiyat vakolatlari ma’muriy huquq, xususan, 
uning protsessual normalari bilan tartibga solinadi; 
beshinchidan, ma’muriy jarayon, qoida bo‘yicha, soddalashtirilgan harakatlarni 
amalga oshirish bilan bog‘liq».
1
Olimlarning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqib shuni aytish kerakki, protsess 
deganda umumiy xarakterga ega bo‘lgan faoliyat, protsedura deganda esa qandaydir 
aniq faoliyat shakli tushuniladi. Jumladan, ma’muriy protsess deganda davlat va 
xususiy 
shaxslar 
o‘rtasidagi 
munosabatlardagi 
davlat 
boshqaruvining 
umumprotsessual jihatlarini tushunish mumkin. Ma’muriy protsedura deganda esa 
asosan ma’muriy individual aktni tayyorlash, qabul qilish, o‘zgartirish, to‘xtatib 
turish, bekor qilish jarayonini tushunish lozim. Garchi tushuncha sifatida ma’muriy 
jarayon degan termin ham ilmiy adabiyotlarda qo‘llanilsa-da, ma’muriy jarayonning 
mazmuni yuqorida keltirilgan ma’muriy protsess yoki ma’muriy protseduraning 
mazmunidan juda katta farq qilmaydi. Shuning uchun ma’muriy jarayonni ma’muriy 
protsess yoki ma’muriy jarayonning biri sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
2
Erkin Hojiyev yuqorida keltirilgan terminlardan tashqari yana «ma’muriy ish 
yuritish» haqida ham fikr bildirgan. Olimning ko‘rsatishicha, «Davlat hokimiyati 
organlari ma’lum bir ma’muriy jarayon doirasida turli xildagi ishlarni hal etishiga 
1
Qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Бакалавриатнинг 5380100 – Юриспруденция йўналиши 
талабалари учун дарслик / Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Тошкент, 2006. – Б.631 – 632. 
2
Ta’kidlash joizki, Erkin Hojiyev ma’muriy jarayonning bosqishlari haqida fikr yuritganida ma’muriy jarayonga davlat 
va xususiy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni davlat boshqaruvining umumprotsessual jihati sifatida tahlil etganini 
tushunish mumkin. Qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Бакалавриатнинг 5380100 – Юриспруденция 
йўналиши талабалари учун дарслик / Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Тошкент, 2006. – Б.635 
– 637. 


100 
to‘g‘ri keladi. Ularni umumiy protsessual qoidalar bilan tartibga solish mushkul. Shu 
sababli ma’muriy faoliyatning o‘ziga xos turlari, ya’ni ma’lum bir ishlarni hal 
etishning maxsus protsessual qoidalari mavjud bo‘lib, ularning yig‘indisi ish yuritish 
faoliyatini tashkil etadi. Masalan, shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo 
choralarini tayinlash faoliyati ko‘pgina umumiy xususiyatlarga ega, lekin bu faoliyat 
turlari maxsus qoidalarga muhtoj bo‘ladi. Demak, ma’muriy ish yuritish ma’muriy 
jarayonning bir qismi bo‘lib, umumiy va maxsus protsessual normalar yordamida 
ma’lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ma’muriy faoliyatning alohida turi 
hisoblanadi».
1
Erkin Hojiyev ma’muriy ish yuritishning bir necha ko‘rinishlarini keltirib o‘tgan. 
Jumladan: 1) ma’muriy huquq ijidkorligi jarayonida: 
president 
aktlarini qabul qilish, 
hukumat va markaziy ijro hokimiyati organlari aktlarini qabul qilish, ijro hokimiyati 
subyektlarining aktlarini qabul qilish bo‘yicha ish yuritish; 2) ma’muriy huquqni 
qo‘llash (operativ farmoyish berish) jarayonida: shaxsiy tarkibni butlash bo‘yicha, 
davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha, rag‘batlantirish choralarini qo‘llash 
bo‘yicha, resurslarni taqsimlash bo‘yicha, ruxsat berish, ro‘yxatga olish bo‘yicha, 
mahsulotlar va xizmatlar sifatini tekshirish bo‘yicha, nazorat va boshqalar bo‘yicha 
ish yuritish; 3) ma’muriy yurisdiksiyaviy jarayonda: fuqarolarning shikoyatlari 
bo‘yicha, ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha, intizomiy, ijro etish, ma’muriy 
cheklov (ehtiyot) choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish kabilar shular 
jumlasidandir.
2
Avvalo, «Davlat hokimiyati organlari ma’lum bir ma’muriy jarayon doirasida 
turli xildagi ishlarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Ularni umumiy protsessual qoidalar 
bilan tartibga solish mushkul» degan fikrni to‘g‘ri anglashimiz lozim. Chunki 
ma’muriy protseduralar tub ma’no-mazmuniga ko‘ra ma’muriy organlarning xususiy 
shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarida eng muhim ma’muriy faoliyatdan biri, 
ya’ni ma’muriy individual aktni tayyorlash, qabul qilish, o‘zgartirish, to‘xtatib turish, 
1
Qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Бакалавриатнинг 5380100 – Юриспруденция йўналиши 
талабалари учун дарслик / Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Тошкент, 2006. – Б.633. 
2
Qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Бакалавриатнинг 5380100 – Юриспруденция йўналиши 
талабалари учун дарслик / Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Тошкент, 2006. – Б.633 – 634.


101 
bekor qilish jarayonining umumiy protsessual qoidalarini belgilab beradi. Har qanday 
ma’muriy sohada ma’muriy individual akt aynan mana shu umumiy protsessual 
qoidalar asosida qabul qilinishi shart bo‘ladi (qonunda ko‘rsatiladigan holatlar 
bundan mustasno). Lekin ma’muriy individual aktni tayyorlash, qabul qilish, 
o‘zgartirish, to‘xtatib turish, bekor qilish jarayoni hisoblanmaydigan boshqa 
ko‘rinishdagi ma’muriy faoliyatlar (masalan, ma’muriy rejalashtirish, tekshirishlar va 
b.)ning hammasiga nisbatan yaqona protsessual qoidalarni bitta normativ-huquqiy 
hujjat doirasida qamrab olish qiyin. 
O‘zbekiston huquqshunos olimlari tomonidan yozilgan ilmiy adabiyotlarda 
ma’muriy protsesni tushunishning uch konsepsiyasi mavjudligi ta’kidlanadi. 
Jumladan, Igor Tsay ma’muriy protsesni tushunishning: a) yurisdiksiyaviy; b) 
boshqaruv (yoki ma’muriy-protseduraviy) hamda yustitsiyaviy konsepsiyasini 
keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra, yurisdiksiyaviy konsepsiyada ma’muriy protsess 
ma’muriy javobgarlik (jazo, majburlov) ma’nosida tushuniladi. Boshqaruv 
(ma’muriy-protseduraviy) konsepsiyasiga ko‘ra, ma’muriy protsess ma’muriy 
huquqning moddiy normalarini qo‘llashga oid, ma’muriy-protsessual normalar bilan 
tartibga solingan, davlat boshqaruvining bir qisminigina tashkil etadigan faoliyatdir. 
Yustitsiyaviy konsepsiyada esa ma’muriy protsess ma’muriy nizolar bo‘yicha sudlov 
(sud ishini yuritish) protsessi sifatida qaraladi. Albatta, uchala konsepsiyaning ham 
o‘z tarafdorlari mavjud. Igor Tsay ma’muriy protsesga uchala konsepsiyani ham 
qamrab oladigan ma’muriy organlarning xususiy shaxslar bilan bo‘ladigan 
munosabatlaridagi huquqni qo‘llashning har qanday faoliyatini kiritish mumkin deb 
hisoblaydi. Jumladan, ma’muriy jazoni qo‘llash, ma’muriy nizolarni sud tartibida hal 
etish protseduralarini ham ma’muriy protsesga kiritadi.
1

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling