O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Protsessual xatolarning (huquqiy) oqibati


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

 
Protsessual xatolarning (huquqiy) oqibati 
 
Biz Yaponiya ma’muriy protsedurasi va uning talablari bilan qisqacha tanishib 
chiqdik. Ushbu protsessual qoidalar buzilgan taqdirda ma’muriy qarorlarning yuridik 
taqdiri qanday bo‘ladi, protsessual xatolar qanday huquqiy oqibatlarni keltirib 
chiqaradi degan savol tug‘iladi. Albatta, bu savol juda murakkab va ko‘p qirrali. 
Lekin umumiy qoida sifatida aytadigan bo‘lsak, Yaponiyada protsessual xatoning 
xarakteri, bunday xato chiqarilgan qarorning mazmuniga qanchalik ta’sir etish-
etmasligidan kelib chiqib har bir holatda alohida-alohida hal qilinadi. Lekin eng 
muhim protsessual talablarda qilingan xatolar to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqarilgan ma’muriy 
qarorning bekor bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli. 


118 
Jumladan, qaror chiqarilishining (huquqiy, faktik) asoslarini ko‘rsatmaslik qo‘pol 
protsessual xato bo‘lib, chiqarilgan ma’muriy qarorning bekor bo‘lishiga olib keladi.
1
Yuqorida Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonunining tegishli 
moddalariga ilovalar keltirib o‘tildi. Ta’kidlash joizki, turli davlatlarda «Ma’muriy 
protsedura to‘g‘risida»gi qonunchilik turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Lekin 
asosiy prinsip va tartiblar o‘xshash. Shuning uchun O‘zbekistonda «Ma’muriy 
protsedura to‘g‘risida»gi qonunchilikni ishlab chiqishda Yaponiya tajribasini 
ko‘rsatib o‘tish maqsadida tegishli moddalar ilovada to‘liq matnda keltirildi.
2
O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) 
Ma’muriy tartib-taomil (protsedura) deb ma’muriy organlarning ma’muriy 
ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va mazkur ishlar bo‘yicha qaror qabul qilishga 
doir faoliyati belgilangan tartibiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi davlat organlari hamda fuqarolar 
o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli moddalarning umumiy mazmunidan kelib 
chiqsak, davlat organlari o‘z faoliyatida fuqarolarning huquq va manfaatlarini yetarli 
ifoda etishi zarurligi, ma’muriy organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning 
asoslangan bo‘lishi, fuqarolarga tushunarli va tegishli tartib-qoidalar asosida amalga 
oshirilishi zarurligini anglashimiz mumkin. 
Jumladan, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyaning 
19-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va davlat bir-birlariga nisbatan bo‘lgan huquq 
va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz 
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi belgilangan. 
1
Sowa T., Yamada Y., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.139 – 141. 
2
Qonunning to‘liq matnini ko‘rish uchun 4.21-ilovaga qarang. 


119 
Shuningdek, Konstitutsiyaning 35-moddasida: «Har bir shaxs bevosita o‘zi va 
boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq 
vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, 
takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib 
chiqilishi shart», – deyilgan. 
Konstitutsiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy protsedura yoki ma’muriy tartib-
taomillar degan so‘zlar mavjud bo‘lmasa-da, Konstitutsiya va qonunlarimizning 
umumiy mazmunidan «fuqarolarning huquq va erkinliklari belgilangan tartib 
asosidagina cheklanishi mumkin»ligini anglash mumkin. Shundan kelib chiqib 
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklari «belgilangan tartib 
asosida», boshqacha aytganda, due process, ya’ni protsessual jihatdan ham to‘g‘ri 
tashkil etilgan tartib (protsedura) asosida amalga oshirilishini aytish o‘rinli. 
Ma’muriy protsedura to‘g‘risida qonunchilik hali O‘zbekiston Respublikasida 
yo‘q. Lekin Yaponiya (JICA), AQSh, Germaniya (GTZ) tomonidan huquqiy yordam 
ko‘rsatish dasturi doirasida 2007-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi (bundan 
keyin 2007-yil Qonun loyihasi deb yuritiladi) mavjud. Mana shu qonun loyihasining 
ba’zi bir jihatlari haqida quyida fikr yuritiladi.
1
Ma’muriy protsedura qonuniylik, ma’muriy organlarning faoliyati haqidagi 
ma’lumotlarga akses, ma’muriy organlar faoliyatida ochiqlik va tenglik kabi 
prinsiplarga asoslanadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling