O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


-modda. Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishning asosiy prinsiplari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

5-modda. Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishning asosiy prinsiplari 
Ma’muriy 
tartib-taomillarni 
amalga 
oshirishning 
asosiy 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 
qonuniylik; 
1
Ta’kidlash joizki, 2007-yil Qonun loyihasining ushbu mavzu doirasida ikki varianti haqida fikr yuritiladi. Oxirgi 
varianti jami 34 moddadan iborat tarkibda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, dastlabki varianti esa jami 
143 moddadan iborat. 


120 
fuqarolar huquqlari va erkinliklarining, shuningdek, yuridik shaxslar qonuniy 
manfaatlarining ustuvorligi; 
ma’muriy organlarning ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishning erkinligi; 
ma’muriy organlarning ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi faoliyati 
oshkoraligi; 
ma’muriy organ tomonidan qabul qilinadigan ma’muriy hujjatlarning asosliligi 
va to‘g‘riligi. 
2007-yil Qonun loyihasida ma’muriy protseduraning umumiy, maxsus va alohida 
protsedurasi kabi turlari ko‘rsatib o‘tilgan. 
6-modda. Maxsus va alohida ma’muriy tartib-taomillar 
Maxsus ma’muriy tartib-taomillar boshqa qonunlar va ma’muriy reglamentlarga 
muvofiq ma’muriy ishni yuritishning ma’muriy organlar faoliyatining ayrim 
tarmoqlar, sohalardagi yoki ular faoliyatining ayrim masalalari bo‘yicha o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga oluvchi tartibini belgilaydi. Maxsus ma’muriy tartib-
taomillar qoidalari ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy (hadli) talablarga zid 
bo‘lishi mumkin emas. 
Qonunlarda nazarda tutilgan alohida hollarda, shu jumladan, favqulodda 
vaziyatlar yuz berganida ham ma’muriy organlar alohida ma’muriy tartib-
taomillarini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy organlar bajaradigan alohida ma’muriy 
tartib-taomillar turlarining ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tasdiqlanadi.
2007-yil Qonun loyihasida ma’muriy protseduraning: 1) ma’muriy organ; 2) 
adresat; 3) uchinchi shaxslar kabi ishtirokchilardan iborat bo‘lishi o‘rnatilgan. 


121 
Ma’muriy protsedura natijasida ma’muriy qaror chiqarish muddati 30 kundan 
oshmasligi belgilangan.
1

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling