O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


-modda. Ma’muriy ishni yuritish ishtirokchilari va ko‘maklashuvchi shaxslar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

7-modda. Ma’muriy ishni yuritish ishtirokchilari va ko‘maklashuvchi shaxslar 
Ma’muriy ishni yuritish ishtirokchilari quyidagilardir: 
1) ma’muriy organ; 
2) qabul qilinadigan ma’muriy hujjat qaysi jismoniy yoki yuridik shaxsga 
taalluqli bo‘lsa, o‘sha jismoniy yoki yuridik shaxs (bundan buyon matnda ma’muriy 
hujjat adresati deb yuritiladi);
3) uchinchi shaxs – har qanday manfaatdor shaxs, shu jumladan, o‘z vakolatiga 
kiradigan masalaga daxldor bo‘lsa, davlat organlari.
Jismoniy shaxslar ma’muriy ishni yuritishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali 
ishtirok etishlari mumkin. Bunda vakil orqali ishtirok etish jismoniy shaxslarni 
ma’muriy ishni yuritishda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. 
Yuridik shaxslar ma’muriy ishni yuritishda belgilangan tartibda tegishli vakolatlar 
berilgan o‘z vakillari orqali ishtirok etadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda 
ma’muriy ishni yuritish ishtirokchisini uning huquqiy vorisi bilan almashtirishga yo‘l 
qo‘yiladi.
Ma’muriy ishni yuritish ishtirokchilarining tashabbusiga ko‘ra, shuningdek, 
qonunda nazarda tutilgan hollarda ko‘maklashuvchi shaxslar: guvohlar, ekspertlar, 
mutaxassislar, tarjimonlar ma’muriy ishni yuritishda ishtirok etishga jalb qilinishi 
mumkin. 
Ma’muriy ishni yuritishda vakillarning vakolatlarini rasmiylashtirish, huquqiy 
vorislarning ma’muriy ishni yuritishga kirishishi, ko‘maklashuvchi shaxslarni 
ma’muriy ishni yuritishda ishtirok etishga jalb qilish tartibi ma’muriy reglamentda 
belgilanadi. 
1
8-modda. Ma’muriy ishni yuritish muddatlari. 


122 
Ma’muriy protsedura (yoki ma’muriy ish yuritish) quyidagi bosqichlardan iborat 
bo‘ladi: 1) ma’muriy ish yuritishni qo‘zg‘atish
1
; 2) ma’muriy ishni ko‘rib chiqish; 3) 
ma’muriy ish bo‘yicha qaror qabul qilish (ma’muriy hujjat qabul qilish). 
Ma’muriy protsedura turlari 2007-yil Qonun loyihasining 15-moddasida o‘rnatib 
qo‘yilgan.
2

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling