O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishlarning huquqiy


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishlarning huquqiy 
1
Пункт 6 «Хозяйственным судам разъяснить, что за выявленные в ходе проверки правонарушения 
контролирующие органы не вправе применять к хозяйствующим субъектам нормы закона по аналогии. 
Поэтому контролирующим органам запрещаеться проверять деятельность хозяйствующих субъектов с 
использованием методов не предусмотренных законодательством». 
2
116-sonli plenum qarorining 7-bandida qo‘pol tarzda qonunchilikning buzilishiga nimalar kirishi belgilab berilgan. 
Shuningdek, 8-bandda qaysi hollarda nazorat qiluvchi organlar aktlari haqiqiy emas deb topilmasligi ham ko‘rsatilgan.
3
Постановление №116 Пленума Высшего хозяйственного суда «О некоторых вопросах применения на 
практике законодательных актов, регулирующих деятельность контролирующих органов». Материалы Пленума 
Высшего хозяйственного суда // Хозяйство и право. 10/2004. – С.54. 


91 
muammolari
1
 
O‘zbekistonda ma’muriy tekshirishlarning huquqiy muammolaridan eng kattasi, 
shubhasiz, tadbirkorlik subyekti hisoblanmaydigan jismoniy shaxslarga nisbatan 
amalga oshiriladigan ma’muriy tekshirishlarning yetarli darajada huquqiy tartibga 
solinmaganligi yoki ba’zida umuman huquqiy tartibga solinmaganligida deyish 
mumkin. Bu masala borasida, avvalo, qonun ijodkorligi nuqtayi nazaridan hech 
bo‘lmasa tadbirkorlik subyektlari darajasida huquqiy himoya mexanizmini ishlab 
chiqish talab qilinadi. Keyingi muammo tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga 
oiddir.
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishning asosiy masalasi sifatida ma’muriy 
(erkin) xatti-harakatni huquqiy tartibga solish muammosini ko‘rsatish mumkin. 
Tekshirishlar borasida qarama-qarshi (to‘qnashadigan) ikki manfaat mavjud: biri – 
davlatning tekshirish vakolati, ikkinchisi – tekshiriluvchi tadbirkorning noqonuniy 
tekshirishdan himoyalanish huquqi. Tekshirishlar borasida ma’muriy (erkin) xatti-
harakat tan olinsa-da, u huquqiy tartibga solinmasa hamda ma’lum bir huquqiy 
himoya (shikoyat bildirish va b.) tizimi shakllantirilmasa, tekshiriluvchi xususiy 
tadbirkor hamda chet el investorlarining huquq va manfaatlari buzilish xavfi tug‘iladi. 
Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida 
ma’lum bir ma’muriy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan tekshirishlarning 
to‘g‘ri tartibini o‘rnatish borasida ba’zi bir muammolar mavjud. Yuqorida 
ta’kidlangan ikki manfaatning muvozanati to‘g‘ri olinmasa, bir tomondan, 
tekshiriluvchi xususiy tadbirkor hamda chet el investorlarining tadbirkorlik faoliyati 
yuritish huquqi, mulk huquqining buzilishi, shuningdek, huquqiy yordam (shikoyat 
qilish) imkoniyatidan ham mahrum bo‘lish xavfi tug‘iladi. Ikkinchi tomondan, 
ma’muriyat tomonidan tekshirishlar borasidagi qonuniy maqsad (vazifa)lar amalga 
oshmay qolishi, oqibatda jamoat tartibini saqlashning mumkin bo‘lmay qolishi, 
1
Mavzuning mazkur qismi muallifning ushbu mavzuga oid magistrlik dissertatsiyasi va maqolasidan foydalanilgan 
holda yozildi. Fikrlarning kengaytirilgan varianti va keltirilgan fikrlarning asoslari bilan tanishish uchun asl nusxalarga 
murojaat qilish tavsiya qilinadi. Mavzuning doirasi kengayib ketishini inobatga olgan holda ushbu mavzu doirasida 
ko‘pgina masalalar muxtasar bayon etildi. 


92 
jamiyatdagi adolatning buzilishi xavfi ham paydo bo‘ladi. Mana shunday xavflarni 
vujudga keltirmaslik uchun qanday huquqiy tartibga solish amalga oshirilishi lozim 
degan savolga imkon qadar javob berishga urinib ko‘raylik.
Muallifning ilmiy ishlari
1
doirasida, birinchidan, ma’muriy tekshirishlarni jinoiy 
ishlardagi dastlabki tergov va boshqa shu kabi tushuncha hamda tartib-taomillardan 
ajratib, shundan so‘ng ma’muriy tekshirishlarning o‘ziga xos tushuncha va tartib-
taomilini to‘g‘ri tartibga solish lozimligi, ikkinchidan, ma’muriy tekshirishlar 
tushunchasi hamda tartibining huquqiy tartibga solinishini to‘la tadqiq etgan, 
yuqorida ta’kidlangan ikki manfaatning muvozanatini olgan holda O‘zbekiston 
Respublikasida amaldagi tekshirishlarning huquqiy tartibga solinishi borasida 
tadbirkorlik subyektlari va ma’muriy organlarning qonuniy manfaatlari muvozanatga 
keltirilmaganligi, huquqiy davlat nazariyasining amaldagi aksi to‘la namoyon 
ettirilmaganligi kabi nuqtayi nazardan yondashiladi. Mana shu nuqtayi nazardan kelib 
chiqqan holda ushbu ilmiy ish doirasida quyidagi masalalar tadqiq etildi. 
Ilmiy ish jami uch bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda Yaponiya, ikkinchi 
bo‘limda O‘zbekistonning ma’muriy tekshirish sohasidagi huquqiy tizimi hamda 
uchinchi bo‘limda qiyosiy tahlil o‘z ifodasini topgan.
Birinchi bo‘limda avvalo, Yaponiyada tekshirishlarning tarixi, hozirgi amaldagi 
qonunchilik tavsifi ifodalangan bo‘lib, undan so‘ng, Yaponiyada tekshirishlarning 
tavsifi, jinoiy ishlardagi dastlabki tergov va boshqa shu kabi tushunchalardan farqi, 
tekshirishlarning protsessual to‘g‘ri tartibga solinishiga oid nazariyalar, huquqiy 
davlat nazariysining amaldagi aksi tekshirishlarni to‘g‘ri tartibga solish borasidagi 
tutgan o‘rni haqida bahs yuritildi. Mana shu tadqiqotlar natijasi o‘laroq quyidagi 
xulosalar olindi:
Birinchidan, Yaponiyada tekshirishlarni huquqiy tartibga solishning boshlang‘ich 
asosi Yaponiya konstitutsiyasida o‘rnatilgan to‘g‘ri protsessual harakatlarning 
1
Quyida muallifning magistrlik ishining umumiy mazmuni beriladi va tegishli huquqiy muammolarga havola qilinadi. 
Ushbu dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari tekshirishlarini huquqiy tartibga 
solishning muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, Yaponiyada mavjud tekshirishlar tushunchasi (nazariyasi) hamda 
tartib-taomiliga qiyosan amalga oshirilgan. 


93 
kafolatlanganligidan kelib chiqib, avvalo jinoiy ishlar bo‘yicha olib boriladigan 
dastlabki tergov harakatlariga va uning hosilasi sifatida ma’muriy tekshirishlarga ham 
tadbiq etilayotganligini ko‘rish mumkin; 
Ikkinchidan, tezkor majburiy ijro va jinoiy ishlar bo‘yicha olib boriladigan 
dastlabki tergov hamda ma’muriy tekshirishlarning har biri alohida tushuncha 
ekanligi va har biri uchun alohida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish lozimligi 
aniqlandi; 
Uchinchidan, har bir ma’muriy sohaning o‘z maqsadini inobatga olgan holda 
tekshirishlar borasida tekshiruvchi xodimning ma’muriy (erkin) hatti-harakatini tan 
olgan holda, ammo tekshiruvchi xodimning o‘zboshimchha hatti-harakati hamda 
ma’muriy (erkin) hatti-harakatini ma’lum bir doira miqyosida qattiq cheklab qo‘yish 
lozimligi aniqlandi; 
To‘rtinchidan, Yaponiyada tekshirishlarni huquqiy tartibga soluvchi maxsus 
qonun mavjud bo‘lmasa-da, huquqiy davlat nazariysining amaldagi aksi sababli 
tekshirishlarni to‘g‘ri tartibga solish, inson huquqlarining himoyasi mumkin 
bo‘layotgnligi aniqlandi;
Ammo o‘z o‘rnida beshinchidan, huquqiy davlat nazariysining amaldagi aksi 
bilangina tekshirishlardagi o‘zboshimcha hatti-harakatlarni to‘la tartibga solish 
mumkin emasligi aniqlandi. 
Ikkinchi bo‘limda, avvalo, sovet davri tarixi va hozirgi davrdagi O‘zbekiston 
Respublikasida tekshirishlar borasida amaldagi qonunchilikning farqini tavsiflab, 
undan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasida tekshirishlarni huquqiy tartibga solishning 
muammolari tadqiq etildi. Mana shu tadqiqotlar natijasi o‘laroq quyidagi xulosalar 
olindi: 
Birinchidan, O‘zbekiston Resppublikasida tekshirishlar borasida konstitutsiyaviy 
(protsessual) kafolatlar mavjud emasligi, bundan tashqari hattoki jinoiy ishlar 
bo‘yicha olib boriladigan dastlabki tergov harakatlarida ham to‘g‘ri protsessual 
harakatlarning (due process of law prinsipi) deyarli kafolatlanmaganligi aniqlandi; 


94 
Ikkinchidan, tezkor majburiy ijro va jinoiy ishlar bo‘yicha olib boriladigan 
dastlabki tergov hamda ma’muriy tekshirishlarning har biri uchun alohida huquqiy 
tartibga solishni amalga oshirish lozimligi aniqlandi; 
Uchinchidan, har bir ma’muriy sohaning o‘z maqsadini inobatga olgan holda 
tekshirishlar borasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish lozimligi aniqlandi; 
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish doirasida 
tekshirishlarning to‘g‘ri tartibini shakllantirishga harakat qilinishiga qaramay, ba’zi 
noto‘ri protsessual qoidalarning belgilanishi oqibatida ma’muriyatning qonuniy 
vazifalari ham amalga oshirilishi murakkab holga kelayotganligi aniqlandi; 
Beshinchidan, 
O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ri tekshirishlarni faqat 
protsessual huquqiy tartibga solish orqali erishib bo‘lmasligi, balki huquqiy davlat 
nazariysining amaldagi aksi ham katta ahamiyat kasb etishi aniqlandi. 
Oltinchidan, hozirgi paytdagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi xususiy 
tadbirkorlarning huquqlarini kafolatlshga katta ahamiyat berilayotganligi bilan sovet 
davridan katta farq qilsa-da, moddiy va protsessual huquqda hali hanuz sovet davri 
ta’siri kuchli ekanligi, ma’muriy organlar vakolatini huquqiy cheklash, 
tekshirishlarning maqsadini aniq belgilash, tekshiriluvchi subyektlarning huquqiy 
himoya (shikoyat) tizimining shakllanganlik darajasiga ko‘ra huquqiy tartibga 
solishdagi rivojlanish ko‘zga tashlanmayotganligi aniqlandi.
Va nihoyat oxirgi uchinchi bo‘lmda tekshirishlarning to‘g‘ri tartibini 
shakllantirish uchun Yaponiya hamda O‘zbekistondan olinadigan ijobiy xulosalar, 
takliflar ikki davlatga nisbatan tavsiyaviy xarakterda bayon etildi. Avvalo 
O‘zbekiston Respublikasida tekshirishlarning to‘g‘ri tartib-taomilini shakllantirish 
uchun Yaponiyadan quyidagi nuqtalarda tavsiyalar olindi: 
Birinchidan, tezkor majburiy ijro va jinoiy ishlar bo‘yicha olib boriladigan 
dastlabki tergov hamda ma’muriy tekshirishlarning har biri uchun alohida huquqiy 
tartibga solishni amalga oshirish lozim


95 
Ikkinchidan, politsiya (tartibotni saqlash) maqsadidagi tekshirishlarga nisbatan 
ilmiy asoslangan tekshirish motodologiyasining joriy etilishi, ya’ni maxsus bilimga 
ega bo‘lgan mutaxasislar va tashkilotlar tomonidan tartibga solish(xatolarni 
mutaxasis ko‘zi bilan baholab, muammoning yechimini asosiy vazifa deb biladigan) 
ga qaratilgan (jazolash xarakterida bo‘lmagan) tekshirishlar tizimiga kuchli ehtiyoj 
borligi; 
Uchinchidan, tekshirishlar borasida tekshiruvchi xodimning ma’muriy (erkin) 
hatti-harakatini butunlay rad etishning noto‘g‘ri ekanligi; 
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ri tekshirishlarni shakllantirishda 
faqat protsessual huquqiy tartibga solish orqali erishib bo‘lmasligi, balki huquqiy 
davlat nazariysining amaldagi aksi hamda iloji boricha ratsional-asoslantirilgan 
huquqiy tartibga solishning zarurligi ham katta ahamiyat kasb etishi kabi tavsiyalar 
berildi. 
Shundan so‘ng Yaponiyada tekshirishlarni yanada to‘g‘ri tartib-taomilini 
shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasidan quyidagi nuqtalarda tavsiyalar 
olindi: 
Birinchidan, tekshirishlar tartib-taomiliga nisbatan tekshiruvchi xodimning 
yolg‘iz o‘zi emas, balki tekshiruvchi organ va uning xodimidan tashqari 
boshqalarning ham qatnashuvi ijobiy ta’sirga ega ekanligi
Ikkinchidan, to‘g‘ri tekshirishlarni shakllantirishda huquqiy davlat nazariysining 
amaldagi aksi bilan birga protsessual huquqiy tartibga solishning zarurligi kabilar 
ta’kidlandi.


96 


97 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling