O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Birinchidan, rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSh, Yaponiya ma’muriy
huquqidan kelib chiqsak, Igor Tsayning ma’muriy yurisdiksiyaviy (ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik yoki ma’muriy jazo) konsepsiyani ham ma’muriy protsesga kiritishiga qo‘shilib bo‘lmaydi. Davlat boshqaruvidagi ma’muriy individual akt ma’muriy 1 Qarang: Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республики Узбекистан. Общая часть. – Ташкент, 2012. – С.403 – 404. 102 sohada xususiy shaxslarning qandaydir huquq va majburiyatlari, qonuniy manfaatlari yuzasidan qabul qilinadi. Unda jazolash tabiati mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ma’muriy protsesni ma’muriy qarorni chiqarishdan oldingi (avvalgi) jarayon («avvalgi protsedura») va keyingi jarayon («keyingi protsedura») ma’nolarida tushunish mumkinligini ham rad etish qiyin. Shuning uchun Igor Tsayning fikrlaridan biroz farq qilgan holda, ma’muriy protsesni ma’muriy individual aktni tayyorlash, qabul qilish, o‘zgartirish, to‘xtatib turish, bekor qilish jarayoni («avvalgi protsedura» ma’nosidagi ma’muriy protsess) hamda ma’muriy nizolarni hal qilish jarayoni («keyingi protsedura» ma’nosida) tushunish mumkin. Ushbu o‘rinda keltirilgan ma’muriy nizoni hal qilish jarayoni deganda ma’muriy organlar tomonidan xususiy shaxslar tomonidan keltirilgan ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tushunish lozim. To‘g‘ri, sud tomonidan ham ma’muriy nizolar bo‘yicha Fuqarolik protsessual kodeksi yoki Xo‘jalik protsessual kodeksi asosida shikoyat (ariza)lar ko‘rib hal qilinadi. Lekin bu protsess ma’muriy faoliyat emas, ma’muriy sohaga tegishli sud faoliyati sanaladi. Ta’kidlash joizki, davlat boshqaruviga oid barcha jarayonlar ham ma’muriy protsess yoki ma’muriy protsedura predmetiga (qamroviga, doirasiga) kiravermaydi. Jumaladan, Igor Tsayning ta’kidlashicha, davlat boshqaruvi faoliyatining huquq bilan tartibga solinmagan aspektlari (tashkiliy, material-texnik harakatlar, shuningdek, hali huquqiy tartibga solinmagan masalalar) ma’muriy protsesga kirmaydi. Igor Tsay fikricha, ma’muriy protsess faqat tashqi (ommaviy) xarakterga ega bo‘lgan huquqni qo‘llashni nazarda tutadi. Shu bois ma’muriy organlarning ichki- tashkiliy (huquq normasi yoki ma’muriy reglament bilan tartibga solingan bo‘lsa-da), ya’ni huquqni qo‘llashning ichki jarayonlari ma’muriy protsesga kirmaydi. Bunday ichki tashkiliy-boshqaruv jarayoni istalgan davlat organi, jumladan, ma’muriy organda mavjud bo‘lsa-da, ma’muriy protsesga tegishli hisoblanmaydi. 1 1 Qarang: Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республики Узбекистан. Общая часть. – Тoшкент, 2012. – С.404. 103 Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, ma’muriy protsedura mazmun-mohiyatiga ko‘ra ma’muriy organlar va xususiy shaxslar o‘rtasidagi ma’muriy sohadagi huquqiy munosabatlarni protsessual jihatdan tartibga solishga qaratiladi. Shuning uchun, yuqorida aytilganidek, ma’muriy organlarning ichki yoki tashkiliy boshqaruv protsessi, ma’muriy organlarning o‘zaro munosabatlari protsessi ma’muriy protsedura doirasiga kirmaydi. Ma’muriy protsedura o‘z mohiyatiga ko‘ra xususiy shaxslarning huquq va manfaatlarini nafaqat moddiy huquq normalari, balki protsessual normalar bilan ham to‘g‘ri ma’muriy protsedura asosida amalga oshirishga qaratilgan. O‘zbekistonda ma’muriy protsedura to‘g‘risida qonun hali qabul qilingani yo‘q. Shunga qaramay, soha qonunosti hujjatlarida ma’muriy protseduraning ba’zi protsessual talablari o‘z ifodasini topgan hollаr mavjud. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda rad etish asoslarini ko‘rsatish kabi protsessual talablarning o‘rnatilganligi buning yorqin ifodasidir. Erkin Hojiyev ma’muriy jarayonning uch bosqichi haqida fikr yuritadi: 1) ma’lum bir holatni baholash; 2) ma’muriy aktni tayyorlash va qabul qilish; 3) huquqiy aktni ijro etish. 1 Ammo bu ma’muriy protseduraning bosqichlari yoki protsessual talablaridan farq qiladi. Ma’muriy protsedurada asosan qandaydir ish yuzasidan, yanada aniqroq aytilsa, xususiy shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga katta ta’sirga ega bo‘lgan ma’muriy qaror chiqarishning protsessual talablariga ko‘proq e’tibor beriladi. O‘zbekiston Respublikasida hali ma’muriy protsedura to‘g‘risidagi qonun qabul qilinmagani bois quyida Yaponiya misolida ma’muriy protseduraning bosqichlari yoki protsessual talablari haqida tushuntirishga harakat qilamiz. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling