O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
To‘rtinchi mavzu: Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) Umumiy tavsif Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) deganda asosan ma’muriy organlarning turli xil ma’muriy faoliyatlar yuzasidan ma’muriy qarorlar chiqarish tartibi, jarayoni, protsessi tushuniladi. 1 Lekin ma’muriy faoliyatning har bir ko‘rinishi u yoki bu ma’noda ma’lum bir ma’muriy protseduradir. Masalan, ma’muriy tekshirish protsedurasi, ma’muriy reja protsedurasi va hokazo. Lekin ma’muriy protsedura deganda asosan individual ma’muriy qaror chiqarish protsedurasi va unga qo‘shimcha ravishda boshqa ma’muriy harakatlar, ya’ni ma’muriy qonunchilik, ma’muriy reja chiqarish yoki ma’muriy ijodkorlik jarayoni (protsedurasi) ham tushuniladi. Ma’muriy protsedura ma’muriy akt va boshqa faoliyatlar, ya’ni ma’muriy qaror chiqarishgacha bo‘lgan dastlabki (oldindi, avvalgi) protseduralar va ma’muriy qaror chiqarilganidan keyingi protseduralarga bo‘linadi. Lekin ma’muriy protsedura deganda asosan ma’muriy qaror chiqarishgacha bo‘lgan dastlabki (oldindi, avvalgi) protsedura(lar) nazarda tutiladi. Ma’muriy qaror chiqarilganidan keyingi protseduralar esa ma’muriy yustitsiyada o‘rganiladigan ma’muriy tartibdagi shikoyat mavzusida o‘tiladi. Ma’muriy protsedurani turli ma’nolarda anglash mumkin. Shulardan biri, boshqa huquq sohalarida bo‘lgani kabi, moddiy va protsessual qonunchilik kabi tushunish, ya’ni ma’muriy sohadagi protsessual qonunchilik sifatida ham tushunish mumkin. Ma’muriy protsedura o‘z maqsadiga qarab ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: a) huquqni himoya qilish protsedurasi; b) ishtirok etish protsedurasi. Masalan, ma’lum bir shaxsga tegishli bo‘lgan litsenziya (ruxsatnoma)ni bekor qilish 1 Bundan keyingi o‘rinlarda ma’muriy protsedura degan termin qo‘llaniladi. 98 protsedurasida adresatning fikrini tinglash jarayonini o‘tkazishdan maqsad adresatning huquqini himoya qilishga qaratilgan protsedura hisoblanishi bilan izohlanadi. O‘z funksiyasiga ko‘ra huquqlarni himoya qilishga qaratilgan sud protsessining ba’zi bir yetishmovchiliklarini to‘ldirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Ishtirok etish protsedurasi esa ommaviy manfaatlarni ko‘zlab amalga oshiriladi va iloji boricha yanada yaxshiroq ma’muriy qarorni qabul qilish uchun aholi (fuqarolar) ishtirokini ta’minlash orqali ma’muriyatning o‘z irodasini aks ettiradigan qarorida aholi (fuqarolar)ning irodasini ham aks ettirishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Bu protsedura demokratiya tushunchasidan kelib chiqadi va funksiyasiga ko‘ra parlamentning qonunchilik ijodkorligi jarayonini to‘ldiruvchi jarayondir. Masalan, ma’muriy organlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda aholi (fuqarolar) fikrini o‘rganish jarayonining joriy etilishi aynan mana shu protseduraning amaldagi ifodasi hisoblanadi. 1 Ilmiy adabiyotlarda «ma’muriy protsess», «ma’muriy protsedura», «ma’muriy jarayon»ning farqlari haqida ham fikr yuritilgan. Jumladan, Igor Tsay ma’lum bir yuridik faoliyatda protsess mazmun, protsedura esa shakl ma’nosida kelishini ta’kidlaydi. 2 Erkin Hojiyevning ta’kidlashicha, «ma’muriy jarayon ma’muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan hamda ma’muriy huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali ma’lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir»… «Ma’muriy jarayon» va ma’muriy-protsessual faoliyat» bir-biriga yaqin va bog‘liq tushunchalardir. Lekin har qanday ma’muriy jarayon faoliyati ma’muriy-protsessual faoliyat hisoblanmaydi». Erkin Hojiyev ma’muriy jarayonning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan: 1 Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi» Yuuhikaku. 2007. – P.277 – 279. 2 Qarang: Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республики Узбекистан. Общая часть. – Тoшкент, 2012. – С.410 – 411. 99 «birinchidan, ma’muriy jarayon ijro organlarining maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan hokimiyat faoliyatidir; Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling