71
ko‘lamdagi tadbirlar natijasidan kelib chiqadi. Shu bois ma’muriy rejaning
noqonuniyligini nizolashish ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Yapon ma’muriy
huquq
olimlari tomonidan ushbu muammo yuzasidan ma’muriy reja asosida keng
ko‘lamdagi tadbirlar amalga oshirib bo‘lingan va uning oxirgi ko‘rinishi sifatida
fuqaroning o‘zigagina qaratilgan individual ma’muriy
qarorning qabul qilinishini
kutib o‘tirmasdan (chunki kutib o‘tiriladigan bo‘lsa, yuqorida ta’kidlangan muammo
yuzaga keladi), fuqaro tomonidan ushbu ma’muriy reja asosida huquqlariga daxl
qiladigan hollarda ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) tartibida shikoyat qilish
(nizolashish) mumkinligi o‘rnatilishi lozimligi ta’kidlanadi.
1
Ma’muriy reja asosida davlat kompensatsiyasi to‘lanishi
uchun ham umumiy
qoida sifatida ma’muriy rejaning noqonuniyligi isbotlanishi lozim bo‘ladi. Lekin
ma’muriy rejaga ishonib fuqaro tomonidan (ma’muriy organ tavsiyasi asosida)
ma’lum bir xatti-harakatlar (korxona, do‘kon ochilishi va hokazo) amalga oshirilgan,
lekin ma’muriy reja bekor qilingan yoki o‘zgartiriladigan taqdirda o‘sha fuqaro olishi
lozim bo‘lgan foydadan mahrum bo‘lsa, yapon olimlari «nisbiy noqonuniylik»
asosida, ya’ni ma’muriy reja aynan yuqorida ko‘rsatilgan shaxsga nisbatangina
noqonuniy hisoblanishi asosida davlat kompensatsiyasi
undirilishi mumkinligini
ta’kidlashadi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: