O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-378-son, 03.12.2014) 1 12-, 21-moddalariga qarang: 13-modda. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish kafolatlari Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jismoniy va yuridik shaxs murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli. 23-modda. Murojaatni ko‘rib chiqqan davlat organining majburiyatlari Murojaatni ko‘rib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng yozma yoki elektron shaklda darhol xabar qilishi shart. Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo‘lmasa, uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart. O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni (2001-yil 29- 1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 2003. №1. 7-модда. 62 avgust, 257-II son, yangi tahriri) 1 7-, 32-moddalariga qarang: 7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar. Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir. 32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart. 1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 2001. №9 – 10. 168-модда; 2003. №5. 67-модда; Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси. 2007. №6. 249-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2004. №51. 514-модда; 2008. №39. 390-модда; 2008. №52. 509-модда; 2011. №16. 160-модда; 2012. №38. 433-модда. 63 Muammoning yana bir jihati shundaki, yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida xususiy shaxslar tomonidan o‘zlarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi (yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi) davlat boshqaruvi organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga shikoyat, ariza bilan bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish tartibi huquqiy jihatdan o‘rnatilmagan. To‘g‘ri, bunday tartib hamma davlatlarda ham mavjud emas. Lekin shunday tartib mavjud bo‘lmagan davlatlarda ham, jilla qursa, xususiy shaxslar tomonidan o‘zlarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi (yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi) davlat boshqaruvi organlarining ma’muriy individual akt (qaror)lari ustidan keltirilgan shikoyat, ariza asosida ko‘riladigan sud ishi doirasida normativ hujjatning noqonuniyligini ham ko‘rish mumkinligi nazarda tutilgan. Misol uchun, Yaponiyada xuddi shunday sud amaliyoti mavjud. 1 Xususiy shaxslar tomonidan o‘zlarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi (yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi) davlat boshqaruv organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga shikoyat, ariza bilan bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish tartibi huquqiy jihatdan o‘rnatilgan davlatlar ham mavjud. Rossiya Federatsiyasi shular jumlasidandir. Jumladan, Rossiya Fuqarolik protsessual kodeksi 245-moddasi fuqarolarning normativ-huquqiy aktlarni nizolashishini davlat organlarining individual qarorlarini nizolashishdan alohida qilib o‘rnatib qo‘ygan. Quyida keltiriladigan moddani o‘qing va muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan qismlarga e’tibor bering. Статья 245. Дела, возникающие из публичных правоотношений Суд рассматривает дела, возникающие из публичных правоотношений: по заявлениям граждан, организаций, прокурора об оспаривании Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling