O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Yettinchi muammo ma’muriy qonunchilik va ma’muriy yustitsiyaning aloqasi
ya’ni ma’muriy qonunchilikni sud tartibida nizolashishning huquqiy muammolaridir. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida xususiy 
shaxslar tomonidan huquq va erkinliklar, qonuniy manfaatlarga daxl qiluvchi yoki 
boshqa tarzda ta’sir etuvchi davlat boshqaruvi organlarining normativ hujjatlari 
ustidan sudga shikoyat, ariza bilan bevosita murojaat qilish tartibi kafolatlanmagan. 
Shuning uchun xususiy shaxslar umumiy tartibda xususiy shaxslarning huquq va 
erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi 
davlat boshqaruvi organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga protest keltirish
ariza bilan murojaatda: a) prokurordan fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilishi 
uchun iltimos (murojaat, ariza) qilish
1
; b) O‘zbekiton Respublikasi Oliy sudi, Oliy 
xo‘jalik sudi yoxud Konstitutsiyaviy sudiga iltimos (murojaat, ariza) bilan murojaat 
qilishiga to‘g‘ri keladi. 
1
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 264-, 276 – 278-moddalari asosida. 


60 
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-
moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga davlat 
boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik subyektlarining huquq va 
qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan (buzadigan, zid bo‘lgan yoki boshqacha tarzda 
cheklaydigan) normativ xarakterdagi qarorlari ustidan bevosita tadbirkorlik 
subyektlari yoki boshqa xususiy (jismoniy va yuridik) shaxslar tomonidan shikoyat, 
ariza bilan murojaat qilib bo‘lmaydi. Lekin xususiy shaxslar «O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasida nazarda 
tutilgan masala kiritish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga ariza (iltimos) bilan 
murojaat qilib, Konstitutsiyaviy sudga masala kiritishni so‘rashlari mumkin. 
Ta’kidlash joizki, bunday hollarda xususiy shaxsning murojaati (arizasi) sud 
protsessual qonunchiligi kabi yuqori huquqiy kafolatga ega bo‘lmaydi va murojaat 
qilingan organning diskretsiyasi (xohish, ixtiyori) asosida, ya’ni huquqiy bo‘lmagan 
shaklda masala hal qilinishi mumkin. Zero, qonunchilikda xususiy shaxslarning asosli 
murojaatlari prokuror yoki Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega 
bo‘lgan organ va mansabdor shaxslar uchun qanoatlantirilishi majburiyligi va bunday 
normani buzgan hollarda xususiy shaxsning murojaati majburiy tarzda 
qanoatlantirilishi lozimligi haqida normalar mavjud emas.
1
Gap shundaki, aslida, sudga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy huquq 
ekanligidan va boshqa asoslardan kelib chiqqan holda prokuratura yoki 
Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ va mansabdor 
shaxslarga ariza bilan murojaat qilinganida arizaning shakli, talabi qonun bilan 
o‘rnatilgan formal talablarga rioya qilingan yoki yo‘qligi qaralishi lozim. Ya’ni 
arizani mazmunan ko‘rish, shuningdek, ariza asosli yoki asossizligini ko‘rib chiqib 
hal qilish faqat prokurorning yoki Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga 
ega bo‘lgan organ va mansabdor shaxslarning arizani ish yurituviga qabul qilganidan 
so‘ng, aniqrog‘i, arizani mazmunan sudda ko‘rish bajarilishi zarur. Lekin xususiy 
shaxslarning 
prokuraturaga 
murojaat 
qilishini 
huquqiy 
tartibga 
soluvchi 
1
Faqat jazo (ma’muriy, jinoiy javobgarlik) o‘rnatish bilangina cheklanilgan va qonunchilikda boshqacha huquqiy 
oqibatlar, mexanizmlar nazarda tutilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
43-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasiga qarang. 


61 
«Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun va «Prokuratura to‘g‘risida»gi 
Qonunda ham, Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ va 
mansabdor shaxslarga xususiy shaxslar tomonidan murojaat qilishda ham bunday 
huquqiy normalar mavjud emas. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida yuqorida ta’kidlangan huquqiy muammolarni hal qilishga qaratilgan 
huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishi va huquqiy jihatdan o‘rnatib qo‘yilishi shart. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling