O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Uchinchi muammo ma’muriy instruksiyalarning ma’muriy amaliyotda va sud 
amaliyotida ichki hujjat sifatida emas, balki umummajburiy hujjat sifatida 
qo‘llanilishidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, ma’muriy instruksiyalar faqat va faqat 
ichki-idoraviy xarakterda bo‘lishi lozim. Ma’muriy instruksiyalar umumiy qoida 
sifatida hujjatni (ma’muriy instruksiyani) tasdiqlagan vazirlik, davlat qo‘mitasi va 
idoralari tizimiga kirmaydigan tashkilotlarga majburiy, idoralararo tusdagi majburiy, 
xususiy shaxslarning huquq, erkinlik, majburiyat va qonuniy manfaatlariga daxl 
qiluvchi majburiy xarakterda bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, sudda ham bunday 
hujjatlar (ma’muriy instruksiyalar) ish (nizo)ni hal qilishda huquqiy asos sifatida 
qo‘llanishi mumkin emas. Lekin ma’muriy amaliyotda shunday hollar uchrab 
turadiki, bir tizimga kiradigan quyi ma’muriy organ yuqori turuvchi organlardan 
ma’lum bir ma’muriy instruksiyalar (tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar, xat, 
telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi 
xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) oladi va shu asosda ish yuritadi.
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
5-bandi: 
«Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat bo‘lmagan hujjatlarga 
(xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi 
xususiyatga 
ega 
hujjatlar 
va 
boshqalar) 
kiritilishiga 
yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Umummajburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umummajburiy davlat ko‘rsatmalari 
sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va 
qo‘llanilmaydi». 
Achinarlisi shundaki, bunday holatlar u yoki bu ko‘rinishda sud amaliyotida ham 
uchrab turadi. Ma’muriy instruksiyalar, aslida, yomon narsa emas. Ular yuqori 
turuvchi organlar tomonidan quyi turuvchi organlarga beriladigan ichki majburiy 
ko‘rsatmalaridir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’muriy amaliyotni 


50 
birxillashtirish, noqonuniy, noto‘g‘ri
1
qarorlar yuzaga kelishining oldini olish 
sanaladi. Lekin ma’muriy instruksiyalar mavhum xarakterda, ular aniq bir ma’muriy-
huquqiy munosabat yuzasidan individual akt chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin emas. Aks holda, quyi ma’muriy organlar uchun yuqori ma’muriy 
organlarning ichki ko‘rsatmalari birlamchi ahamiyat kasb etishni boshlaydi. Oqibatda 
ma’muriy organ xususiy shaxslarga nisbatan ma’muriy individual qaror chiqarishda 
qonunga emas, yuqori turuvchi organning ko‘rsatmalariga asoslanib ish ko‘rishga 
majbur bo‘ladi. Bu esa qonuniylik, huquqiy davlat, tenglik va ma’muriy huquqning 
boshqa prinsiplariga ziddir.
To‘g‘ri, «Yuqori turuvchi organning ko‘rsatmalari nimasi noto‘g‘ri, axir yuqori 
turuvchi organ ham faqat qonun doirasida quyi organlarga ko‘rsatma beradi-ku», – 
deb o‘ylash mumkin. Gap shundaki, ma’muriy huquqda ma’muriyatning faoliyati 
huquq bilan tartibga solinganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun yuqori turuvchi 
ma’muriy organlarning ko‘rsatmalariga asoslanib ish yuritishda quyidagi muammoli 
holatlar yuzaga kelishi mumkin. Yuqori turuvchi ma’muriy organlarning ma’muriy 
instruksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy 
ekspertizadan o‘tmaydi, shu bois bunday instruksiyalarning haqiqatda ham amaldagi 
qonunchilik asosida ekanligi va qonunchilikka muvofiqligi kafolatlanmagan bo‘ladi. 
Chunki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunga muvofiq normativ 
hujjatlarning davlat huquqiy ekspertizasini amalga oshiradi va qonunchilik bilan 
nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. 
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 
21-, 27-moddalari: 
21-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy 
hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik 
ekspertizadan, shuningdek, boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin. 
1
Izoh: noqonuniy emas, balki noto‘g‘ri. Bunda qaror qonunchilikka zid bo‘lmaydi, lekin mazmuniga ko‘ra noo‘rin 
bo‘ladi. Bundan ham yaxshiroq qaror mavjud bo‘ladi. 


51 
Ekspertlar sifatida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita 
ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish 
uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, boshqa davlatlar hamda xalqaro 
tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-
huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildirlar va ular ekspertiza o‘tkazishni 
topshirgan organning nuqtayi nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. 
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya 
xususiyatiga ega va ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi 
organ tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari 
yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi. 
 
27-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy 
hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul 
qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. 
Ya’ni Adliya vazirligi davlat nomidan normativ hujjatlarning qonunchilikka 
muvofiqligi yuzasidan baho beradi. Agar hamma ma’muriy organlar, xususan, 
ma’muriy instruksiya beradigan yuqori turuvchi ma’muriy organlar doimo qonuniy 
qaror, normativ akt, ma’muriy instruksiya qabul qilganlarida edi, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi bilan Adliya vazirligiga normativ hujjatlarning 
qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizani amalga oshirish 
kompetensiyasi alohida yo‘nalish sifatida mustahkamlab qo‘yilmagan bo‘lar edi. 
Bundan tashqari, yuqori turuvchi ma’muriy organlar garchi o‘z yo‘nalish-sohalari 
bo‘yicha mutaxassis, professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsalar-da, o‘zlari 
tomonidan qabul qilinayotgan qaror, normativ akt, ma’muriy instruksiyalarning 
qonuniyligi va ma’muriy huquq prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan doimo to‘g‘ri 
qaror qabul qila olmaydilar, o‘z qarorlariga nisbatan huquqiy baho berishda 
cheklangan bilim, imkoniyatga egadirlar. Zero, ma’muriy organlar o‘z yo‘nalish-
sohalari bo‘yicha mutaxassis, professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsalar-da, 


52 
huquqiy sohada professional, mutaxassis hisoblanmaydilar. Shuning uchun ma’muriy 
instruksiyalar xususiy shaxslarga nisbatan ma’muriy individual qaror chiqarishda 
yoki aniq bir ma’muriy-huquqiy munosabat yuzasidan individual akt chiqarishda asos 
bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling