O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
bog‘liq yangi holatlar aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi masala belgilangan
tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to‘xtatishga haqlidir. Me’yoriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish hamda uni qayta kuchga kiritish adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga jo‘natiladi». Shuni alohida ta’kidlash joizki, sudlar ish yuritish davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlarni qo‘llashi mumkin emas, bunday hujjatlar xususiy shaxslar uchun hech qanday huquqiy oqibatlarga asos bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori 1-bandi 2- xatboshisi: «davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi». 44 Keyingi masala davlat kompensatsiyasi masalasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 116-sonli plenum qarori (23.07.2004) 1 9-bandida davlat kompensatsiyasiga oid ishlar, ya’ni «yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo talablari» O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 14-, 15-, 990-moddalari asosida ko‘rib hal qilinishi belgilangan. Shuningdek, 9-bandda davlat kompensatsiyasiga oid ishlarning ko‘rilishida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo talablari nazorat organlari qabul qilgan aktlarning haqiqiy emas deb topilganidan keyin qondirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ya’ni davlat kompensatsiyasini undirish uchun, avvalo, ma’muriy individual akt (qaror)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi keltirilishi va sud tomonidan ushbu da’vo qanoatlantirilishi talab etilishi belgilanmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida normativ hujjatlarni xususiy shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri nizolashish tartibi mavjud bo‘lmasa-da, ma’muriy individual aktni haqiqiy emas deb topishga oid sud ishining ichida g‘ayriqonuniy normativ hujjat oqibatida yuzaga kelgan zararning o‘rnini qoplashni talab qilish mumkinligini aytish lozim. Bundan tashqari, ma’muriy organlarning harakatsizligi bois o‘z vaqtida normativ hujjat qabul qilinmagani oqibatida xususiy shaxslar zarar ko‘radigan bo‘lsa, umumiy asoslarda yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanishi (kompensatsiya qilinishi) shart. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 15-, 990-moddalarida davlat organlari va mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘lanishi kerak (shart)ligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa davlat kompensatsiyasining moddiy huquqiy asosi borligi va u qonun bilan mustahkamlab, kafolatlab qo‘yilganini anglatadi. 15-modda. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararni to‘lash 1 Постановление №116 Пленума Высшего хозяйственного суда «О некоторых вопросах применения на практике законодательных актов, регулирующих деятельность контролирующих органов». Материалы Пленума Высшего хозяйственного суда // Хозяйство и право. 10/2004. – С.54. 45 Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin. 990-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, mansabdor shaxslarning aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi lozim. Davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim. Zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, vazirlik, davlat qo‘mita va idoralari normativ-huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqanida, agar ushbu masalalarni normativ-huquqiy tartibga solish vakolatlariga kirsa, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerakligi belgilab qo‘yilgan. Demak, harakatsizlik oqibatida ham huquqiy javobgarlik yuzaga kelishi mumkin. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 4-bandi: 46 «4. Vazirlik va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish vakolatlariga kirsa, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida uni qabul qilish muddatini ko‘rsatgan holda taqdimnoma kiritishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ- huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, qoida tariqasida bir oydan oshmasligi lozim». Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling