O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy qonunchilikni huquqiy


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy qonunchilikni huquqiy 
tartibga solish muammolari 
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy qonunchilikni huquqiy tartibga solishning 
bir necha huquqiy muammolari mavjud. Mana shu muammolar va ularning ba’zi bir 
yechimlari haqida quyida fikr yuritishga harakat qilamiz. 
Birinchi muammo ma’muriy amaliyotda davlat ekspertizasi va ro‘yxatidan 
o‘tkazilmagan normativ-huquqiy xarakterdagi ko‘rsatmalarning u yoki bu ko‘rinishda 
mavjudligidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim masalalar bo‘yicha ma’muriy 
organlar tomonidan beriladigan ko‘rsatmalar, garchi normativ-huquqiy xarakterda 
bo‘lsa-da, normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi, eng muhimi, bunday hujjatlar 
bekor qilinishi lozim va huquqiy amaliyotda qo‘llanilishi (jumladan, sudda ham) 
mumkin emas. 
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
5-bandi: 
«Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat bo‘lmagan hujjatlarga 
(xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi 


47 
xususiyatga 
ega 
hujjatlar 
va 
boshqalar) 
kiritilishiga 
yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Umummajburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umummajburiy davlat ko‘rsatmalari 
sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va 
qo‘llanilmaydi». 
 
Aslida, ushbu muammo amaldagi qonunchilikka ko‘ra noqonuniy hisoblanadi va 
bunday hujjat asosida ma’muriy individual akt chiqarish ham mumkin emas. Shuning 
uchun ma’muriy amaliyotda xususiy shaxslar ham, ma’muriy organlar ham yuqorida 
ta’kidlangan noqonuniy xatti-harakatlarning bajarilmasligini talab qilishlari va 
e’tiborli bo‘lishlari lozim. 
Ikkinchi muammo ma’muriy organlar (shu jumladan, vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralari)ning o‘z sohalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari 
yuqorida ta’kidlangan delegatsiya (topshiriq) asosida qabul qilinmasligidir. 
Ta’kidlash joizki, «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 11-
moddasida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida hamda ularni ijro 
etish uchun qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi belgilangan. 
Ushbu qonunning 12-moddasida ham vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining 
normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling