O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Ma’muriy instruksiya 
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy instruksiyalar ham mavjud. Ular 
umummajburiy xarakterga ega bo‘lmasa-da, bir tizimga kiradigan ma’muriy organlar 
uchun ichki bajarilishi lozim hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi amaldagi 
qonunchiligida tashqi hujjat, ya’ni normativ (huquqiy) aktga nimalar kirishi 
belgilangan, shu bilan birga, bir tizimga kiradigan tashkilotlargagina majburiy kuchga 
ega me’yorlar ichki hujjat sifatida tasniflanadi. Bunda tashkilotlar vazirlik yoki 
idoralarning to‘liq bo‘ysunuvida bo‘lsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi 
tashkilotlar hisoblanishi va bo‘ysunuv to‘g‘ridan to‘g‘ri (mazkur tizimning barcha 
yuqori bo‘g‘inlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi 
organga) bo‘lishi mumkinligi o‘rnatib qo‘yilgan. 
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
89-bandi: 
«Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning to‘liq bo‘ysunuvida bo‘lsalar, 
mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Bo‘ysunuv 
to‘g‘ridan to‘g‘ri (mazkur tizimning barcha yuqori bo‘g‘inlariga vertikal ravishda) 
yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) bo‘lishi mumkin. Tashkilotlar, agar 


35 
vazirlik yoki idoraga qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob 
yuritish qoidalari, mablag‘ bilan ta’minlash, uslubiy rahbarlik masalalari bo‘yicha 
va hokazo) bo‘ysunuvda bo‘lsalar, ularning nazorati ostida bo‘lsalar yoxud vazirlik 
yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsa, vazirlik yoki 
idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar». 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy 
instruksiyalar tavsiyaviy ko‘rsatmalar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan boshqa 
hujjatlar shaklida bo‘lishi mumkin. Tavsiyaviy ko‘rsatmalar (tavsiya xususiyatiga ega 
hujjatlar) tavsiyaviy xarakterda bo‘lib, umummajburiy hisoblanmaydi. 
«Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini 
tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 28-bandi: 
«28. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatda davlat 
ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusdagi hujjatga havola qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Vazirlik va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan, shu 
jumladan, tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga 
umummajburiy tus bermaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi (standartlashtirish bo‘yicha 
normativ hujjatlar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnik 
qoida va normalar bundan mustasno)». 
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ma’muriy instruksiyalarga yakka tartibdagi 
hujjatlar, muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil qilishga yo‘naltirilgan 
hamda yangi normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmagan hujjatlar, 
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga taalluqli bo‘lmagan texnik qoidalar 
va normalar, umummajburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar kiradi. 
«Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini 
tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 69-bandi: 
«69. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: 


36 
a) yakka tartibdagi quyidagi hujjatlar: 
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki 
lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, 
faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa 
shu kabilar); amal qilishi bir marta qo‘llash bilan tamom bo‘luvchi; tezkor-
farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar); 
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan 
hamda yangi normativ-huquqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olmagan hujjatlar (shu 
jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari 
to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar); 
d) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga taalluqli bo‘lmagan texnik 
qoidalar va normalar. Normativ hujjatlarni texnik qoidalar va normalar deb 
hisoblash Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, buning uchun 
ular vazirlik va idoralar tomonidan majburiy tartibda Adliya vazirligiga huquqiy 
ekspertizaga taqdim etiladi; 
e) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;
z) umummajburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar». 
Yakka tartibdagi hujjatlarning shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa 
lavozimga o‘tkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial 
organlar tarkibini tasdiqlash, faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga 
imtiyozlar berish va boshqa shu kabilar) aktlari umumiy emas, aniq xarakterda 
bo‘lgani uchun bunday hujjatlarda ma’lum toifadagi fuqarolarga (ularning ism-
sharifini aytmasdan) murojaat qilinsa, ular ham ma’muriy instruksiyaga kiradi. 
Agarda aksi, ya’ni ma’lum shaxs yoki shaxslarning aniq ism-sharifi yoki lavozimini 
aytib, faqatgina shu shaxs(lar)ga qaratilgan hujjat bo‘lsa, bunday hujjatlar ma’muriy 
instruksiya emas, balki (ma’muriy) individual akt hisoblanadi. Bunday yondashuv 
yakka tartibdagi hujjatlarning boshqa ko‘rinishlariga, umuman olganda, tavsiya 
xususiyatiga ega hujjatlar, muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil qilishga 


37 
yo‘naltirilgan hamda yangi normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmagan 
hujjatlar, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga taalluqli bo‘lmagan texnik 
qoidalar va normalar, umummajburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlarga ham 
taalluqlidir. Ya’ni ushbu hujjatlarni ma’muriy instruksiyaga kiritish uchun ular 
umumiy xarakter yoki mavhum xarakterda bo‘lishi, aniq xarakterda bo‘lmasligi 
lozim. Agar aniq xarakterda bo‘lsa (aniq shaxs yoki bir necha shaxsga qaratilgan 
bo‘lsa), ma’muriy instruksiya emas, balki (ma’muriy) individual akt hisoblanadi. 
Ta’kidlash joizki, ma’muriy instruksiyalar mavjudligi ma’muriy organlar 
o‘zlarining ichki hujjatlarida cheklanmagan doiradagi masalalar bo‘yicha hujjat 
chiqarishi mumkinligini anglatmaydi. Jumladan, ichki hujjat ma’muriy 
instruksiyada normativ-huquqiy xarakterdagi, qonuniylik prinsipi, ma’muriy 
huquqning boshqa prinsiplarini buzadigan hujjatlar chiqarishi (garchi bunday 
hujjatlar ichki hujjat hisoblansa-da) mumkin emas. Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligida quyidagi qoida mavjud: ayrim masalalar bo‘yicha 
ma’muriy organlar tomonidan beriladigan ko‘rsatmalar garchi normativ-huquqiy 
xarakterda bo‘lsa-da, normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi, eng muhimi, bunday 
hujjatlar bekor qilinishi lozim va huquqiy amaliyotda qo‘llanilishi (jumladan, sudda 
ham) mumkin emas. 
«Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini 
tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 6-bandi: 
«Normativ-huquqiy ko‘rsatmalarning normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan 
hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka 
tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan, lekin normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z 
ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qo‘llanilmaydi». 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling