O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

yuqori turuvchi organga) bo‘lishi mumkin. Tashkilotlar, agar vazirlik yoki idoraga 
qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablag‘ 
bilan ta’minlash, uslubiy rahbarlik masalalari bo‘yicha va hokazo) bo‘ysunuvda 
bo‘lsalar, ularning nazorati ostida bo‘lsalar yoxud vazirlik yoki idora, tashkilotlar 
faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsalar, vazirlik yoki idoralar tizimiga 
kiruvchi hisoblanmaydilar. 
90. Bunda mazkur Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan biri 
yoki bir nechtasiga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy 
ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy 
amal qiluvchi, vaqtinchalik (ma’lum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek, 
ulardagi huquqiy normalarning qanday xususiyatda bo‘lishidan, shu jumladan
davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga yoki maxfiy ma’lumotlarga ega 


28 
bo‘lishidan qat’i nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
lozim. 
91. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: 
a) yakka tartibdagi hujjatlar: 
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki 
lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, 
faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa 
shu kabilar); 
amal qilishi bir marta qo‘llash bilan tamom bo‘luvchi; 
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar); 
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan 
hamda yangi huquqiy normalarni o‘z ichiga olmagan hujjatlar (shu jumladan, butun 
mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to‘g‘risida 
xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar); 
v) texnik reglamentlar; 
g) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish 
bo‘yicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy ma’lumotlar klassifikatorlari); 
d) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari; 
e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar; 
j) ushbu bandning «v» – «e» kichik bandlarida nazarda tutilmagan texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar. Ushbu kichik bandda nazarda tutilgan 
hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli 
deb topish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; 
z) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;


29 
i) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi 
hujjatlar; 
k) umummajburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar».
Ta’kidlash 
joizki, 
normativ-huquqiy 
hujjatning 
huquqiy 
ekspertizasi 
Konstitutsiya va qonunlarga zid emasligi predmeti yuzasidan amalga oshiriladi.
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
20-, 94-bandlari: 
«20. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan 
boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va 
vazifalariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart. 
94. Taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar: 
a) hujjat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga 
nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda 
o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek, qonunchilik 
texnikasi qoidalariga zid bo‘lsa; 
b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktyabrdagi №469 qarori bilan 
tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan 
normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi nizom va mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan idoraviy normativ-huquqiy 
hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan bo‘lsa. Idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibi 
buzilganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza 
o‘tkazilmaydi; 


30 
v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganida bunday 
organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa; 
g) hujjat mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan boshqa talablarga javob bermasa».
Normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng rasman 
e’lon qilinishi shart. 
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
100 – 101-bandlari: 
«100. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat 
ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va 
ijro etilishi lozim.
Agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda idoraviy 
normativ-huquqiy hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi. 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va 
tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, 
shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini 
belgilaydigan idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingan paytdan 
e’tiboran kamida uch oy o‘tgach kuchga kiritiladi.
101. Davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim bo‘lgan hujjatlarni ular davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilmasidan va rasmiy e’lon qilinmasidan ijroga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Mazkur talablar buzilgan taqdirda hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida 
qo‘llanilmaydi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
«Normativ-huquqiy 
hujjatlar 
to‘g‘risida»gi 
Qonunining 27-moddasiga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning 
mansabdor shaxslari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan idoraviy normativ-huquqiy 
hujjatlarni amalga kiritganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi». 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori 1-bandi: 


31 
«Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‘plami» – «Собрание законадательства Республики 
Узбекистан»da rasman e’lon qilinishi kerak». 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling