O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Texnik hujjat (akt)
O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga binoan, ma’muriy qonunchilikning ikkinchi turi texnik hujjat (akt)dir. Texnik hujjat quyidagi xususiyatlarga ega: normativ hujjat hisoblanadi; huquqiy xarakterga ega bo‘lmaydi; adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi, ammo davlat ro‘yxatidan o‘tmaydi. Amaldagi qonunchilikda texnik hujjat (akt) «texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar» 1 deb nomlangan. Texnik hujjatlarga texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar kiradi. 2 Texnik hujjatlar «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiton Respublikasi Qonuni (O‘RQ 213-son, 23.04.2009) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunni 1 «Техник жиҳатдан тартибга солиш тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг Қонуни 3-моддаси (№ЎРҚ-213, қабул қилинган сана 23.04.2009, кучга кириш санаси 24.04.2009) // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2009. №17. 211-модда; Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 9 октябрдаги 469-сон қарори билан тасдиқланган «Вазирликлар, давлат қўмиталари ва идоралар меъёрий ҳужжатларини ҳуқуқий экспертизадан ва давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида»ги низомнинг 2-банди. 2 «Техник жиҳатдан тартибга солиш тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг Қонуни 3-моддаси (№ЎРҚ-213, қабул қилинган сана 23.04.2009, кучга кириш санаси 24.04.2009). 32 amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori (10.05.2010) 1 bilan tartibga solinadi. Texnik hujjatlar, garchi normativ-huquqiy xarakterga ega bo‘lmasa-da, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Ammo ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 91-bandi: «91. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: v) texnik reglamentlar; g) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish bo‘yicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy ma’lumotlar klassifikatorlari); d) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari; e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar; j) ushbu bandning «v» – «e» kichik bandlarida nazarda tutilmagan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar. Ushbu kichik bandda nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi». O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori 2-bandi: «Belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, shuningdek, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga tegishli bo‘lmagan texnik qoidalar 1 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Техник жиҳатдан тартибга солиш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга оширишни давом эттириш чора-тадбирлари ҳақида» 2010 йил 10 майдаги 86-сон қарори (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2010. №18 – 19. 140-модда; №51. 486-модда; 2011. №36. 367-модда; №50. 515-модда; 2014. №31. 384-модда). 33 va normalar mazkur Nizomga muvofiq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi». Yuqorida aytilganidek, texnik hujjat ham normativ, umummajburiy, ya’ni barcha (xususiy shaxslar, davlat organlari) tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, «standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga taalluqli bo‘lmagan texnik qoidalar va normalar»ni normativ akt emas, balki «ma’muriy instruksiya» deb hisoblash kerak. Mazmuniga ko‘ra bunday normalar texnik qoidalarni, standartlarni belgilashga qaratiladi. Texnik hujjatlar, garchi xususiy shaxslarning huquq, erkinliklari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini belgilovchi huquqiy xarakterdagi normalarni o‘rnatmasa- da, yuridik tabiatiga ko‘ra baribir umummajburiy, normativ xarakterga egadir. «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 22-moddasiga ko‘ra: «Texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir». Texnik hujjat ma’muriy instruksiyadan ham farq qiladi. Chunki texnik hujjat umummajburiy hisoblanadi. Texnik hujjat, garchi normativ-huquqiy hujjat sanalmasa-da, ma’muriy subyekt va xususiy shaxslar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni belgilab beruvchi xarakterga ega bo‘lmasa-da, normativ (umummajburiy) hujjatdir. Texnik hujjat normativ akt deb hisoblanadi. Shuning uchun u ma’muriy instruksiya emas, balki normativ hujjat deyiladi. Texnik hujjatga quyidagilarni ham kiritish mumkin. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 91-bandi: «v) texnik reglamentlar; 34 g) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish bo‘yicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy ma’lumotlar klassifikatorlari); d) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari; e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar; j) ushbu bandning «v» – «e» kichik bandlarida nazarda tutilmagan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar. Ushbu kichik bandda nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi». Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling