O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Ma’muriy instruksiya 
Ma’muriy qonunchilikning ikkinchi turi ma’muriy instruksiyadir. Ma’muriy 
instruksiya ma’muriy organlar tomonidan qabul qilinadi, lekin fuqarolarning huquq 
va majburiyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmaydi, tashqi munosabat, ya’ni 
xususiy shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarga huquqiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 
1
Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)». Houritsubunkasha. 2005. – P.92 – 94. 


17 
Shuningdek, huquqiy davlat prinsipiga ko‘ra, ma’muriy instruksiyani qabul qilish 
uchun qonuniy asos (qonunda ko‘rsatilishi) ham kerak emas, ma’muriy organlar o‘z 
diskretsiyasiga (ixtiyoriga) ko‘ra erkin, istagancha qabul qilishlari mumkin. 
Ma’muriy instruksiya rasmiy e’lon qilinishi ham shart emas. Shuningdek, u nizo 
kelib chiqqanida sud tomonidan huquqiy asos, me’yor sifatida tatbiq etilmaydi.
Demak, ma’muriy instruksiya ma’muriy-huquqiy munosabatlar, jumladan
xususiy shaxslar va ma’muriy organlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan 
tartibga solish jihatidan ahamiyatga ega emas degan xulosaga kelinadi. Shuning 
uchun ma’lum bir akt ma’muriy instruksiya deb topiladigan bo‘lsa, bunday aktni 
ilmiy tadqiq qilish ma’muriy huquqning vazifasiga kirmaydi deb hisoblanadi. 
Ma’muriy huquqda delegatsiya qilingan (delegated) aktga qanday aktlar kirishini 
aniqlash va uni ma’muriy instruksiyadan farqlash maqsadidagina ma’muriy 
instruksiya tushunchasi o‘rganiladi. Shu bois ma’muriy huquq ma’muriy 
instruksiyaga qanday aktlar kirishini aniqlash bilan cheklanadi.
1
Ma’muriy instruksiyaning turli ko‘rinishlari mavjud. Masalan, yo‘riqnoma, 
buyruq, ko‘rsatma, tavsiyalar va hokazo. 
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy qonunchilikning huquqiy 
asoslari 
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy qonunchilikning ikki turi mavjud: 
normativ (huquqiy) hujjatlar va ma’muriy instruksiyalar.
2
Normativ (huquqiy) 
hujjatlar ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: normativ-huquqiy hujjat va normativ 
hujjat (yoki akt). Ta’kidlash joizki, ma’muriy qonunchilikning normativ-huquqiy 
hujjat degan ko‘rinishi boshqacha qilib «huquqiy akt» deb ham nomlanishi mumkin.
3
1
Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I» Yuuhikaku. 2005. – P.91. 
2
Tasniflashning boshqa turlari haqida qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Дарслик. – Тошкент, 2006. 
– Б.404 – 408; 415 – 420. 
3
O‘zbekiston Respublikasi FPK 264-moddasi 3-qismiga qarang. 


18 
Lekin bunda ma’muriy «individual huquqiy akt» emas, balki «huquqiy akt» deganda 
aynan umummajburiy va normativ xarakterdagi «huquqiy hujjat» nazarda tutiladi.
Ma’muriyatning harakatlari shaxslarning huquq va majburiyatlari mazmuniga, 
shaxslarning huquqiy maqomiga ko‘rsatadigan ta’siri, ya’ni huquqiy ta’sirning 
mavjud va mavjud emasligiga ko‘ra «huquqiy akt» va «faktik akt»ga bo‘linadi. 
Huquqiy akt keng tushuncha bo‘lib, faqatgina ma’muriy qonunchilik yoki normativ 
(huquqiy) akt bilangina cheklanmaydi, «ma’muriy (individual) akt», «ma’muriy 
shartnoma» va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. «Faktik akt»ga esa «ma’muriy 
ixtiyoriy ko‘rsatmalar», «ma’muriy majburlov» kabilar kiradi.
1
Shuning uchun ma’muriy qonunchilik, xususan, normativ (huquqiy) akt bilan 
huquqiy aktni bir-biridan farqlash kerak, bular ikkalasi ikki xil: biri tor, ikkinchisi 
keng tushuncha hisoblanadi. 
O‘zbek huquqshunos olimlari kitoblarida «huquqiy akt», «boshqaruvning 
huquqiy aktlari kabi terminlar uchraydi, bular ma’muriy qonunchilik bilan va (yoki) 
ma’muriy (individual) akt bilan tenglashtirilgan hollar ham mavjud. Nima bo‘lganida 
ham, o‘zbek olimlari kitoblarida «huquqiy akt» ma’muriy qonunchilik va ma’muriy 
(individual) akt bilan bitta mavzu ichida tahlil qilingani bois «huquqiy akt» bilan 
ma’muriy qonunchilik va ma’muriy (individual) aktning boshqa-boshqa, bir-biridan 
farqli tushunchalar ekanligini anglash qiyin.
2
Umummajbiriy tusdagi hujjatlar normativ tusdagi hujjat deb ham aytiladi. 
Normativ hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki tur bo‘ladi: a) normativ-huquqiy hujjat 
(akt); b) texnik hujjat (akt). Quyida mana shular haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling