O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-378-son, 03.12.2014)
 1
 12-, 21-moddalariga qarang: 
13-modda. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish kafolatlari 
Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi shart, 
ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Jismoniy va yuridik shaxs murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqish qonunga 
xilof ravishda rad etilganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga 
yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli. 
 
23-modda. Murojaatni ko‘rib chiqqan davlat organining majburiyatlari 
Murojaatni ko‘rib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish 
natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng 
yozma yoki elektron shaklda darhol xabar qilishi shart. 
Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, 
murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni rad etuvchi yoki 
tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar 
qilingan holda) o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor yoki 
boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo‘lmasa, 
uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart. 
 
O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni (2001-yil 29-
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 2003. №1. 7-модда. 


62 
avgust, 257-II son, yangi tahriri)
 1
 7-, 32-moddalariga qarang: 
 
7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik 
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar. 
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. 
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini 
ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan 
yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va 
shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin 
prokuratura organlarida ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan 
holatlar bundan mustasnodir. 
 
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda 
prokurorning majburiyatlari 
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda 
jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro 
etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat 
birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat 
qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi. Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan 
muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori 
to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart. 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 2001. №9 – 10. 168-модда; 2003. №5. 67-модда; 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси. 2007. №6. 249-модда; Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2004. №51. 514-модда; 2008. №39. 390-модда; 2008. №52. 509-модда; 
2011. №16. 160-модда; 2012. №38. 433-модда. 


63 
Muammoning yana bir jihati shundaki, yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligida xususiy shaxslar tomonidan o‘zlarining huquq va 
erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi (yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi) 
davlat boshqaruvi organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga shikoyat, ariza 
bilan bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish tartibi huquqiy jihatdan 
o‘rnatilmagan. To‘g‘ri, bunday tartib hamma davlatlarda ham mavjud emas. Lekin 
shunday tartib mavjud bo‘lmagan davlatlarda ham, jilla qursa, xususiy shaxslar 
tomonidan o‘zlarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi 
(yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi) davlat boshqaruvi organlarining ma’muriy 
individual akt (qaror)lari ustidan keltirilgan shikoyat, ariza asosida ko‘riladigan sud 
ishi doirasida normativ hujjatning noqonuniyligini ham ko‘rish mumkinligi nazarda 
tutilgan. Misol uchun, Yaponiyada xuddi shunday sud amaliyoti mavjud.
1
Xususiy shaxslar tomonidan o‘zlarining huquq va erkinliklari, qonuniy 
manfaatlariga daxl qiluvchi (yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi) davlat boshqaruv 
organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga shikoyat, ariza bilan bevosita, 
to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish tartibi huquqiy jihatdan o‘rnatilgan davlatlar ham 
mavjud. Rossiya Federatsiyasi shular jumlasidandir. 
Jumladan, Rossiya Fuqarolik protsessual kodeksi 245-moddasi fuqarolarning 
normativ-huquqiy aktlarni nizolashishini davlat organlarining individual qarorlarini 
nizolashishdan alohida qilib o‘rnatib qo‘ygan. Quyida keltiriladigan moddani o‘qing 
va muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan qismlarga e’tibor bering.
 
Статья 245. Дела, возникающие из публичных правоотношений 
Суд рассматривает дела, возникающие из публичных правоотношений: 
по заявлениям граждан, организаций, прокурора об оспаривании 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling