O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Yettinchi muammo ma’muriy qonunchilik va ma’muriy yustitsiyaning aloqasi,
ya’ni ma’muriy qonunchilikni sud tartibida nizolashishning huquqiy muammolaridir. Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida xususiy shaxslar tomonidan huquq va erkinliklar, qonuniy manfaatlarga daxl qiluvchi yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi davlat boshqaruvi organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga shikoyat, ariza bilan bevosita murojaat qilish tartibi kafolatlanmagan. Shuning uchun xususiy shaxslar umumiy tartibda xususiy shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi yoki boshqa tarzda ta’sir etuvchi davlat boshqaruvi organlarining normativ hujjatlari ustidan sudga protest keltirish, ariza bilan murojaatda: a) prokurordan fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilishi uchun iltimos (murojaat, ariza) qilish 1 ; b) O‘zbekiton Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi yoxud Konstitutsiyaviy sudiga iltimos (murojaat, ariza) bilan murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi FPKning 264-, 276 – 278-moddalari asosida. 60 «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 19- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan (buzadigan, zid bo‘lgan yoki boshqacha tarzda cheklaydigan) normativ xarakterdagi qarorlari ustidan bevosita tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa xususiy (jismoniy va yuridik) shaxslar tomonidan shikoyat, ariza bilan murojaat qilib bo‘lmaydi. Lekin xususiy shaxslar «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan masala kiritish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga ariza (iltimos) bilan murojaat qilib, Konstitutsiyaviy sudga masala kiritishni so‘rashlari mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday hollarda xususiy shaxsning murojaati (arizasi) sud protsessual qonunchiligi kabi yuqori huquqiy kafolatga ega bo‘lmaydi va murojaat qilingan organning diskretsiyasi (xohish, ixtiyori) asosida, ya’ni huquqiy bo‘lmagan shaklda masala hal qilinishi mumkin. Zero, qonunchilikda xususiy shaxslarning asosli murojaatlari prokuror yoki Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ va mansabdor shaxslar uchun qanoatlantirilishi majburiyligi va bunday normani buzgan hollarda xususiy shaxsning murojaati majburiy tarzda qanoatlantirilishi lozimligi haqida normalar mavjud emas. 1 Gap shundaki, aslida, sudga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy huquq ekanligidan va boshqa asoslardan kelib chiqqan holda prokuratura yoki Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ va mansabdor shaxslarga ariza bilan murojaat qilinganida arizaning shakli, talabi qonun bilan o‘rnatilgan formal talablarga rioya qilingan yoki yo‘qligi qaralishi lozim. Ya’ni arizani mazmunan ko‘rish, shuningdek, ariza asosli yoki asossizligini ko‘rib chiqib hal qilish faqat prokurorning yoki Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ va mansabdor shaxslarning arizani ish yurituviga qabul qilganidan so‘ng, aniqrog‘i, arizani mazmunan sudda ko‘rish bajarilishi zarur. Lekin xususiy shaxslarning prokuraturaga murojaat qilishini huquqiy tartibga soluvchi 1 Faqat jazo (ma’muriy, jinoiy javobgarlik) o‘rnatish bilangina cheklanilgan va qonunchilikda boshqacha huquqiy oqibatlar, mexanizmlar nazarda tutilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasiga qarang. 61 «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunda ham, Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ va mansabdor shaxslarga xususiy shaxslar tomonidan murojaat qilishda ham bunday huquqiy normalar mavjud emas. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yuqorida ta’kidlangan huquqiy muammolarni hal qilishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishi va huquqiy jihatdan o‘rnatib qo‘yilishi shart. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling