O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Beshinchi muammo ma’muriy qonunchilikda huquqiy ekspertiza jarayonining 
yetarli darajada tartibga solinmaganligi hamda mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining qarorlari ekspertizasi tartibiga oiddir. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida Adliya vazirligi va uning 
viloyatlardagi boshqarmalari ma’muriy qonunchilik hamda mahalliy davlat 
hokimiyati organlari normativ hujjatlarining davlat huquqiy ekspertizasi va davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan shug‘ullanadi, bu faoliyat, soha uchun mas’ul va 
javobgar bo‘lgan vakolatli davlat organi hisoblanadi. Gap shundaki, agar ma’muriy 
qonunchilik ijodkorligining huquqiy ekspertizasi adliya organlariga hech qanday 
moddiy va protsessual normalar bilan huquqiy tartibga solmasdan ishonib 
topshiriladigan bo‘lsa, suiiste’mollar yoki boshqa shaklda yomon oqibatlar keltirib 
chiqarishi mumkin. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida ma’lum bir moddiy 
va protsessual huquqiy normalar o‘rnatilgan. «Normativ-huquqiy hujjatlar 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (197-son, 19.05.2000), 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori, «Qonun hujjatlarini 
turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish 


55 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori (304-son, 05.08.2000), «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va 
qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi adliya 
vazirining buyrug‘i (2565-son, 28.02.2014), «Texnik jihatdan tartibga solish 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiton Respublikasi Qonuni (O‘RQ 213-son, 23.04.2009), 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Texnik jihatdan tartibga solish 
to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida»gi 
qarori (10.05.2010) va boshqalar shular jumlasidandir.
Muammo shundaki, huquqiy ekspertiza masalasi yetarli darajada huquqiy 
jihatdan tartibga solinmagan. To‘g‘ri, qonunchilikda huquqiy ekspertiza jarayoni, 
talablari va boshqa normalar mavjud. Lekin «huquqiy ekspertiza» degani «huquqiy 
baho berish»ni anglatadi. Ya’ni huquqiy ekspertiza o‘z tabiatiga ko‘ra «mustaqil», 
«neytral» («betaraf», «xolis») tarzda amalga oshirilishi shart. Shuning uchun adliya 
organlari ijro hokimiyatining bir bo‘lagi, ma’muriy organlardan biri sifatida 
haqiqatda ham mana shunday mustaqillik va neytralitetni kafolatlay oladimi degan 
savol tug‘iladi. Adliya organlari ham oxir-oqibat ijro hokimiyatining bir bo‘lagidir. 
Shu bois mustaqil, xolis, neytral tarzda ijro hokimiyatining boshqa a’zolari 
tomonidan qabul qilinadigan ma’muriy qonunchilikka mustaqil, xolis, neytral 
huquqiy baho bera olishi uchun ma’lum bir huquqiy kafolatlarga ehtiyoj seziladi. 
Shunday bo‘lishi kerakki, adliya organlari tashqi ta’sir, boshqa ma’muriy 
organlarning turli ta’siridan xoli bo‘lsin va bunday ta’sirlarga berilmasdan mustaqil, 
xolis, neytral, to‘g‘ri, adolatli huquqiy ekspertiza o‘tkaza olsin. Mazkur vazifani 
amalga oshirish uchun esa, avvalo, adliya organlari xizmatchilari «xizmat 
maqomining huquqiy kafolatlari (shu jumladan, moddiy)» va «mustaqilligi», 
shuningdek, «formal protsessual tartiblar»ni joriy etish lozim. Masalan, huquqiy 
ekspertiza bo‘yicha oxirgi qarorni qabul qilish uchun adliya organlari huzurida 
maxsus komissiya tashkil etsa bo‘ladi. Komissiya tarkibi esa faqat oliy yuridik 
ma’lumotga ega mutaxassislar, huquqshunos olimlar va boshqalardan tashkil topishi 
mumkin. Komissiya faoliyati protsessual jihatdan formal protseduralar bilan 
boshqarilishi lozim. Shundagina huquqiy ekspertizaning xolisligi, mustaqilligi, to‘g‘ri 


56 
va asosliligi ta’minlanishi mumkin. Lekin adliya organlarining xizmatchilariga hech 
qanday maxsus huquqiy kafolatlar taqdim etmasdan turib ularga ma’muriy 
qonunchilik bo‘yicha davlat huquqiy ekspertizasini o‘tkazish ishonib topshiriladigan 
bo‘lsa, adolatli, xolis, mustaqil qaror qabul qilishda muammolar yuzaga kelishi 
mumkin.
Bu masalaning yana bir jihati bilan uning dolzarbligi oshadi. Ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan va 
davlat ro‘yxatidan o‘tgan normativ hujjatlar barcha uchun, shu jumladan, sudlar 
uchun ham bajarilishi majburiydir va bunday normativ hujjatlar ma’muriy organlar 
hamda sudlar tomonidan qaror qabul qilishda huquqiy asos hisoblanadi. Agar 
ma’muriy qonunchilikning huquqiy ekspertizasi yaxshi tashkil etilmasa va haqiqatda 
ma’muiriy qonunchilikning huquqiy ekspertizasi xolis, mustaqil, adolatli tarzda 
o‘tkazilmasa, bunday hujjat normativ (umummajburiy) kuchga ega bo‘lganidan keyin 
jamiyatdagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muammolarga sabab bo‘lishi 
mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida xususiy shaxslar tomonidan 
to‘g‘ridan 
to‘g‘ri, 
bevosita 
ma’muriy organlarning normativ hujjatlarini 
nizolashishning huquqiy mexanizmi huquqiy jihatdan kafolatlanmaganligini inobatga 
olsak, adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tgan hujjatlarga qayta 
huquqiy baho berish juda mushkul. Shuning uchun avvalboshdan huquqiy 
ekspertizani adolatli tarzda tashkil etish juda muhimdir.
Ta’kidlash joizki, huquqiy ekspertiza o‘z nomi bilan, avvalo, tekshirilayotgan 
hujjatning «huquqqa mosligi» bo‘yicha o‘tkazilishi zarur. Erkin Hojiyevning 
ta’kidlashicha, «boshqaruv aktlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu ularning davlat 
siyosatiga mos kelishidir».
1
To‘g‘ri, normativ hujjatlar davlat siyosatiga zid bo‘lishi 
mumkin emas, lekin huquqiy ekspertizani amalga oshirishda eng asosiy talab 
normativ hujjatning «huquqqa mosligi, muvofiqligi» sanaladi. 
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
20-bandi: 
1
Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Дарслик. – Тошкент, 2006. – Б.404 – 408; 426. 


57 
«Idoraviy 
normativ-huquqiy 
hujjatlar 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan 
boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va 
vazifalariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart». 
 
Bu esa ma’muriy faoliyatda qonuniylikni ta’minlash prinsipi talabi va 
taqozosidir. Shu jihatdan, adliya organlari ham qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan 
normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasida salbiy qaror chiqarishi, davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishi shart. Qonunchilikda esa buning aniq 
formulirovkalari berilishiga e’tibor qaratish lozim. Jumladan, «mumkin» degan so‘z 
emas, «shart», «kerak» degan aniq yuridik ta’sirga ega terminlarni ishlatgan ma’qul 
(quyida muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan so‘zga e’tibor bering).
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
94-bandi: 
«Taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar: 
a) hujjat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga 
nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda 
o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek, qonunchilik 
texnikasi qoidalariga zid bo‘lsa; 
b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktyabrdagi №469 qarori bilan 
tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan 
normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi nizom va mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan idoraviy normativ-huquqiy 
hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan bo‘lsa. Idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibi 
buzilganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza 
o‘tkazilmaydi; 
v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganida bunday 


58 
organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa; 
g) hujjat mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan boshqa talablarga javob bermasa». 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling