O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Uchinchi muammo ma’muriy instruksiyalarning ma’muriy amaliyotda va sud
amaliyotida ichki hujjat sifatida emas, balki umummajburiy hujjat sifatida qo‘llanilishidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, ma’muriy instruksiyalar faqat va faqat ichki-idoraviy xarakterda bo‘lishi lozim. Ma’muriy instruksiyalar umumiy qoida sifatida hujjatni (ma’muriy instruksiyani) tasdiqlagan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idoralari tizimiga kirmaydigan tashkilotlarga majburiy, idoralararo tusdagi majburiy, xususiy shaxslarning huquq, erkinlik, majburiyat va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi majburiy xarakterda bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, sudda ham bunday hujjatlar (ma’muriy instruksiyalar) ish (nizo)ni hal qilishda huquqiy asos sifatida qo‘llanishi mumkin emas. Lekin ma’muriy amaliyotda shunday hollar uchrab turadiki, bir tizimga kiradigan quyi ma’muriy organ yuqori turuvchi organlardan ma’lum bir ma’muriy instruksiyalar (tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar, xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) oladi va shu asosda ish yuritadi. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 5-bandi: «Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat bo‘lmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Umummajburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qo‘llanilmaydi». Achinarlisi shundaki, bunday holatlar u yoki bu ko‘rinishda sud amaliyotida ham uchrab turadi. Ma’muriy instruksiyalar, aslida, yomon narsa emas. Ular yuqori turuvchi organlar tomonidan quyi turuvchi organlarga beriladigan ichki majburiy ko‘rsatmalaridir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’muriy amaliyotni 50 birxillashtirish, noqonuniy, noto‘g‘ri 1 qarorlar yuzaga kelishining oldini olish sanaladi. Lekin ma’muriy instruksiyalar mavhum xarakterda, ular aniq bir ma’muriy- huquqiy munosabat yuzasidan individual akt chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. Aks holda, quyi ma’muriy organlar uchun yuqori ma’muriy organlarning ichki ko‘rsatmalari birlamchi ahamiyat kasb etishni boshlaydi. Oqibatda ma’muriy organ xususiy shaxslarga nisbatan ma’muriy individual qaror chiqarishda qonunga emas, yuqori turuvchi organning ko‘rsatmalariga asoslanib ish ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu esa qonuniylik, huquqiy davlat, tenglik va ma’muriy huquqning boshqa prinsiplariga ziddir. To‘g‘ri, «Yuqori turuvchi organning ko‘rsatmalari nimasi noto‘g‘ri, axir yuqori turuvchi organ ham faqat qonun doirasida quyi organlarga ko‘rsatma beradi-ku», – deb o‘ylash mumkin. Gap shundaki, ma’muriy huquqda ma’muriyatning faoliyati huquq bilan tartibga solinganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun yuqori turuvchi ma’muriy organlarning ko‘rsatmalariga asoslanib ish yuritishda quyidagi muammoli holatlar yuzaga kelishi mumkin. Yuqori turuvchi ma’muriy organlarning ma’muriy instruksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tmaydi, shu bois bunday instruksiyalarning haqiqatda ham amaldagi qonunchilik asosida ekanligi va qonunchilikka muvofiqligi kafolatlanmagan bo‘ladi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunga muvofiq normativ hujjatlarning davlat huquqiy ekspertizasini amalga oshiradi va qonunchilik bilan nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 21-, 27-moddalari: 21-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik ekspertizadan, shuningdek, boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin. 1 Izoh: noqonuniy emas, balki noto‘g‘ri. Bunda qaror qonunchilikka zid bo‘lmaydi, lekin mazmuniga ko‘ra noo‘rin bo‘ladi. Bundan ham yaxshiroq qaror mavjud bo‘ladi. 51 Ekspertlar sifatida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ- huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildirlar va ular ekspertiza o‘tkazishni topshirgan organning nuqtayi nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega va ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi. 27-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Ya’ni Adliya vazirligi davlat nomidan normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan baho beradi. Agar hamma ma’muriy organlar, xususan, ma’muriy instruksiya beradigan yuqori turuvchi ma’muriy organlar doimo qonuniy qaror, normativ akt, ma’muriy instruksiya qabul qilganlarida edi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan Adliya vazirligiga normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizani amalga oshirish kompetensiyasi alohida yo‘nalish sifatida mustahkamlab qo‘yilmagan bo‘lar edi. Bundan tashqari, yuqori turuvchi ma’muriy organlar garchi o‘z yo‘nalish-sohalari bo‘yicha mutaxassis, professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsalar-da, o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan qaror, normativ akt, ma’muriy instruksiyalarning qonuniyligi va ma’muriy huquq prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan doimo to‘g‘ri qaror qabul qila olmaydilar, o‘z qarorlariga nisbatan huquqiy baho berishda cheklangan bilim, imkoniyatga egadirlar. Zero, ma’muriy organlar o‘z yo‘nalish- sohalari bo‘yicha mutaxassis, professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsalar-da, 52 huquqiy sohada professional, mutaxassis hisoblanmaydilar. Shuning uchun ma’muriy instruksiyalar xususiy shaxslarga nisbatan ma’muriy individual qaror chiqarishda yoki aniq bir ma’muriy-huquqiy munosabat yuzasidan individual akt chiqarishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling