O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

bog‘liq yangi holatlar aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi masala belgilangan 
tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal 
qilishini to‘xtatishga haqlidir. Me’yoriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish 
hamda uni qayta kuchga kiritish adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, 
uning nusxasi tegishli organga jo‘natiladi». 
 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sudlar ish yuritish davomida davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlarni qo‘llashi mumkin emas, bunday hujjatlar xususiy 
shaxslar uchun hech qanday huquqiy oqibatlarga asos bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №469 qarori 1-bandi 2-
xatboshisi: 
«davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat 
sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni 
tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor 
shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib 
xizmat qilmaydi». 
 


44 
Keyingi masala davlat kompensatsiyasi masalasidir. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy xo‘jalik sudining 116-sonli plenum qarori (23.07.2004)
1
9-bandida davlat 
kompensatsiyasiga oid ishlar, ya’ni «yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
to‘g‘risidagi da’vo talablari» O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 14-, 15-, 
990-moddalari asosida ko‘rib hal qilinishi belgilangan. Shuningdek, 9-bandda davlat 
kompensatsiyasiga oid ishlarning ko‘rilishida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash 
to‘g‘risidagi da’vo talablari nazorat organlari qabul qilgan aktlarning haqiqiy emas 
deb topilganidan keyin qondirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ya’ni davlat 
kompensatsiyasini undirish uchun, avvalo, ma’muriy individual akt (qaror)ni haqiqiy 
emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi keltirilishi va sud tomonidan ushbu da’vo 
qanoatlantirilishi talab etilishi belgilanmoqda. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida normativ hujjatlarni 
xususiy shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri nizolashish tartibi mavjud bo‘lmasa-da, 
ma’muriy individual aktni haqiqiy emas deb topishga oid sud ishining ichida 
g‘ayriqonuniy normativ hujjat oqibatida yuzaga kelgan zararning o‘rnini qoplashni 
talab qilish mumkinligini aytish lozim. Bundan tashqari, ma’muriy organlarning 
harakatsizligi bois o‘z vaqtida normativ hujjat qabul qilinmagani oqibatida xususiy 
shaxslar zarar ko‘radigan bo‘lsa, umumiy asoslarda yetkazilgan zarar davlat 
tomonidan qoplanishi (kompensatsiya qilinishi) shart. Chunki O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi 15-, 990-moddalarida davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat 
organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi 
natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan 
to‘lanishi kerak (shart)ligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa davlat kompensatsiyasining 
moddiy huquqiy asosi borligi va u qonun bilan mustahkamlab, kafolatlab qo‘yilganini 
anglatadi. 
15-modda. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan yetkazilgan zararni to‘lash
1
Постановление №116 Пленума Высшего хозяйственного суда «О некоторых вопросах применения на 
практике законодательных актов, регулирующих деятельность контролирующих органов». Материалы Пленума 
Высшего хозяйственного суда // Хозяйство и право. 10/2004. – С.54. 


45 
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu 
organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu 
jumladan, davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida 
fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak. Davlat organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan 
yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar 
zimmasiga yuklanishi mumkin. 
 
990-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunga 
xilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, 
mansabdor shaxslarning aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi 
lozim.
Davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor 
shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki 
yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim. 
Zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, 
vazirlik, davlat qo‘mita va idoralari normativ-huquqiy tartibga solishni talab 
qiladigan masalalar kelib chiqqanida, agar ushbu masalalarni normativ-huquqiy 
tartibga solish vakolatlariga kirsa, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida 
qabul qilishlari kerakligi belgilab qo‘yilgan. Demak, harakatsizlik oqibatida ham 
huquqiy javobgarlik yuzaga kelishi mumkin. 
«Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 
4-bandi: 


46 
«4. Vazirlik va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib 
chiqqan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish vakolatlariga 
kirsa, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari 
kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli 
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida uni qabul qilish 
muddatini ko‘rsatgan holda taqdimnoma kiritishga haqlidir. 
 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ-
huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, 
qoida tariqasida bir oydan oshmasligi lozim». 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling