O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Ma’muriy qonunchilik va ma’muriy yustitsiya


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Ma’muriy qonunchilik va ma’muriy yustitsiya 


38 
Ma’muriy yustitsiyaning ikki shakli mavjud: a) ma’muriy sud yurituvi (tor 
ma’nodagi ma’muriy yustitsiya); b) davlat kompensatsiyasi.
Ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) ma’lum bir yuridik aktning yuridik 
kuchini bekor qilishga yoki haqiqiy emas deb topishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday 
tartib O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 3-kichik bo‘limi – 
«Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish»da 
o‘rnatib qo‘yilgan. 
Shuningdek, o‘xshash tartib O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual 
kodeksi 24-moddasi 1-qism 9-bandida nazarda tutilgan (davlat organlari va 
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq 
bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzadigan hujjatlarni (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish 
to‘g‘risidagi nizolar).
Ammo ma’muriy qonunchilikni sud tartibida nizolashish masalari xususida 
alohida qoidalar nazarda tutilgan. Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi XPKga ko‘ra, 
normativ xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni haqiqiy emas deb topish yoki boshqacha 
tartibda nizolashish tartibi o‘rnatilmagan. 
26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi 
Xo‘jalik sudiga taalluqli ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
xo‘jalik sudi sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno. 
Oliy xo‘jalik sudi quyidagilarni ko‘radi: 
hokimiyat oliy organlarining normativ xarakterga ega bo‘lmagan hujjatlarini 
(butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar. 
Shuning uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul 
qilingan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan 


39 
(buzadigan, zid bo‘lgan yoki boshqacha tarzda cheklaydigan) normativ xarakterdagi 
qarorlari ustidan bevosita tadbirkorlik subyektlari tomonidan xo‘jalik sudlariga 
shikoyat, ariza bilan murojaat etib bo‘lmaydi.
Qolaversa, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi 
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga ham davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik 
subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan (buzadigan, zid 
bo‘lgan yoki boshqacha tarzda cheklaydigan) normativ xarakterdagi qarorlari ustidan 
bevosita tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa xususiy (jismoniy va yuridik) shaxslar 
tomonidan shikoyat, ariza bilan murojaat etib bo‘lmaydi. 
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonun
19-modda. Konstitutsiyaviy sudga masalalarni kiritish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Oliy Majlis Senatining 
Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar 
guruhi, Oliy Majlis Senati a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan 
iborat senatorlar guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo‘jalik 
sudining raisi va Bosh prokurori Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun 
masalalar kiritish huquqiga ega. Masala Konstitutsiyaviy sudning kamida uch 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling