O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
taqdimnoma kiritishga haqlidir.
104. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharhlar tegishlicha buyruq yoki qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi. 105. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi tasdiqlangan buyruq yoki qarorning qog‘ozdagi nusxasi va elektron shakli o‘n kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilinadi. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilganidan keyingina ijroga yuboriladi». 26 Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy hujjatga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 34-bandi: «Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatda mavjud bo‘lmagan qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan umummajburiy tusdagi hujjatga, shuningdek, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan hujjatga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Vazirlik va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan, shu jumladan, tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar bundan mustasno)». Tavsiyaviy xarakterdagi qoidalar normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatilishi mumkin. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 38-bandi: «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek, tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish predmeti hisoblanmaydi». Normativ-huquqiy hujjatlar xususiy shaxslarning huquq, erkinlik, majburiyat va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi hamda idoraviy xarakterda bo‘lsa, Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 89 – 91-bandlari: 27 «89. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida quyidagi idoraviy normativ- huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi: a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni amalga oshirish kafolatlariga, ko‘rsatilgan huquq, erkinlik va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi; b) idoralararo tusdagi (umummajburiy tusdagi); v) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idora (qo‘shma qabul qilgan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning to‘liq bo‘ysunuvida bo‘lsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Bo‘ysunuv to‘g‘ridan to‘g‘ri (mazkur tizimning barcha yuqori bo‘g‘inlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling