O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va
qo‘llanilmaydi». Normativ-huquqiy hujjatlarning ikki xil ko‘rinishi, ya’ni buyruq va qaror mavjud bo‘lib, ularning tarkibiy qismi sifatida nizom, qoida, yo‘riqnomalar tasdiqlanishi mumkin. 24 «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 7 – 8- va 11 – 13-bandlari: «7. Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. 8. Qarorlar davlat qo‘mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi. 11. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuyini tartibga solishga qaratilgan o‘zaro tizimli bog‘langan qoidalarni belgilashni nazarda tutadi. 12. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutadi. 13. Yo‘riqnomalarning asosiy mazmuni qonun hujjatlari qoidalarini qo‘llash tartibini belgilashni nazarda tutadi». Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga berilgan rasmiy sharhlar ham, garchi davlat ro‘yxatidan o‘tmasa-da, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o‘tishi va kelishuviga binoan kuchga kirishi nuqtayi nazaridan normativ-huquqiy hujjat bilan birgalikda huquqiy kuchga, majburiylik xarakteriga ega bo‘lgani uchun normativ (umummajburiy) hujjatning tarkibiy qismi sifatida baholanishi kerak. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 91-, 102 – 105-bandlari: «91. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi: i) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hujjatlar. 102. Vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ- huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi. Idoraviy normativ- huquqiy hujjatni qo‘llash bo‘yicha sharh berish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 25 idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tegishli rasmiy sharh berishi shart. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki mantiqqa zid tarzda qo‘llanilgan hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh beriladi. Rasmiy sharhlar berishda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish huquqiy normalar mazmunini tushuntirishdan iborat bo‘lib, aniqlashtiruvchi qoidalarni o‘z ichiga oladi va mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi hamda rasmiy sharh berilayotgan normalar bilan birgalikda amal qiladi. Bunda rasmiy sharh berish maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjat matnidan faqat so‘zma-so‘z (uning bo‘limi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat mazmunidan (uning bo‘limi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) farq qiluvchi hamda yangi huquqiy norma hosil qiluvchi boshqa tushuncha va atamalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 103. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha rasmiy sharh berish to‘g‘risida Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling