O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda 
ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi», – 
deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu qonunning 12-moddasida: «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarning 
buyruqlari 
hamda 
qarorlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi», – deyilgan.  
Ya’ni ikkita moddada ajratib ko‘rsatilgan «asosida hamda ularni ijro etish uchun» 
degan so‘zlarga qaraladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari delegatsiya (topshiriq) 
asosida emas, mustaqil tarzda ham qabul qilinishi mumkinligini tushunish mumkin. 
1
Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2014 йил 28 февралдаги 53-мҳ-сонли «Идоравий норматив-
ҳуқуқий ҳужжатларни тайёрлаш ва қабул қилиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги буйруғи (2565-сон, 
28.02.2014) va ushbu buyruqqa 1-ilova tarzida tasdiqlangan «Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни тайёрлаш 
ва қабул қилиш қоидалари» (bundan keyingi o‘rinlarda «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul 
qilish qoidalari» deb ataladi). 
2
«Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни эълон қилиш ва тарқатиш, қонун ҳужжатлари маълумотлари электрон 
базалари яратиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг буйруғи 
(№2290, қабул қилинган сана 12.12.2011, кучга кириш санаси 22.12.2011); «Давлат бошқаруви органлари ва 
маҳаллий давлат ҳокимияти органларида қонун ҳужжатларининг туркумлаштирилган ҳисобини юритиш 
қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг буйруғи (№2326, 14.02.2012) 
va ushbu buyruqqa ilova tarzida tasdiqlangan «Давлат бошқаруви органлари ва маҳаллий давлат ҳокимияти 
органларида қонун ҳужжатларининг туркумлаштирилган ҳисобини юритиш қоидалари». 
3
«Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (янги таҳрири) 4-моддаси. 


21 
Ta’kidlash joizki, eski tahrirdagi qonunchiligimizda «muvofiq» degan so‘z ham 
qo‘llanilgan. 
Ma’muriy huquqdagi huquqiy davlat prinsipidan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
«muvofiq» deganda delegatsiya (topshiriq) talab etilishi nazarda tutiladi. Ammo 
«asosida hamda ularni ijro etish uchun» deyilganda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid yoki 
ularni qaysidir darajada cheklovchi bo‘lmasligi, asosiysi, ularni ijro etishga qaratilgan 
bo‘lishi kerakligi nazarda tutiladi. Shuning uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining o‘z sohalari bo‘yicha qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlari 
yuqorida ta’kidlangan delegatsiya (topshiriq) asosida qabul qilinmasligi mumkin. 
Shuningdek, qonunning 12-moddasi 7-qismida: «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qilishga haqli emas», – deyilgan.  
Bundan quyidagi ikki xulosa kelib chiqadi: 1) umumiy qoida sifatida faqat 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ tusdagi hujjatlar qabul qilishi
1
va 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari hamda hududiy 
organlari normativ tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emasligi; 2) qonun 
hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri, alohida tarzda, ya’ni delegatsiya (topshiriq) mavjud 
bo‘lgan hollardagina istisno tarzida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining 
tarmoq bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ tusdagi hujjatlar qabul qilishi 
mumkinligi.
Qonunning 22-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari 
huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart va huquqiy ekspertiza davomida normativ-
1
« Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 1-bandida idoraviy normativ-
huquqiy hujjat – vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umummajburiy davlat 
ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat deb 
ta’riflangan. 


22 
huquqiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun 
hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling