O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
qonunning huquq ijodkorligi kuchiga ega ekanligi» prinsipiga ko‘ra ijro
hokimiyatining huquqiy me’yorlar o‘rnatishi delegatsiya qilingan (delegated) akt usuli, vositasidagina amalga oshirilishi mumkin. 2 Delegatsiya qilingan (delegated) aktning asosi quyidagi ikki jihatda namoyon bo‘ladi. Birinchi asos – ma’muriy davlat tushunchasidan kelib chiqib davlat funksiyalarining zamonaviy sharoitlarda juda ko‘payib ketganligi va ularga sharoit taqozosiga ko‘ra iloji boricha mos, yumshoq muomala, chora ko‘rsatishga to‘g‘ri kelishi. Bu esa, o‘z navbatida, ma’muriy organlar tomonidan umummajburiy huquqiy aktlarni qabul qilishni taqozo etadi. Ikkinchi asos esa davlat organlari orasida asosiy faoliyat qonun chiqaruvchi organlar tomonidan emas, balki ma’muriy organlar tomonidan amalga oshirilgani uchun ma’muriy organlarda kerakli bilim, tajriba va axborotning ko‘pligi jihatidan aynan ma’muriy organlar tomonidan umummajburiy huquqiy aktlarni qabul qilish talab etiladi. Yuqoridagi asoslar delegatsiya qilingan (delegated) akt mavjud bo‘lishining sabablarini ko‘rsatadi. Lekin bizni qiziqtiradigan va o‘ylashga majbur etadigan asosiy holat delegatsiya qilingan (delegated) akt uchun qonun delegatsiyasi, topshirig‘i kerak degan jihatda namoyon bo‘ladi. 1 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)». Houritsubunkasha. 2005. – P.92. 2 Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I» Yuuhikaku. 2005. – P.86 – 87. 14 Lekin «hokimiyatlar taqsimlanishi» prinsipidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bunday qarama-qarshilikning huquqiy jigatdan legitimligini asoslab berish muammosi vujudga keladi. Gap shundaki, qonun faqat parlament tomonidan qabul qilinadi. Lekin delegatsiya qilingan (delegated) aktga ko‘ra, aslida, qonun bilan tartibga solinishi kerak bo‘lgan masalalar, ya’ni yangi huquq va majburiyatlarni o‘rnatish, cheklash yoki o‘zgartirish kiritish kabilar ijro hokimiyati tasarrufiga beriladi. Ya’ni, aslida, qonun chqaruvchi hokimiyat qilishi kerak bo‘lgan ishni ijro hokimiyati bajaradi. Bu esa «hokimiyatlar taqsimlanishi» prinsipiga nomuvofiq hisoblanishi mumkin. Shuning uchun bunday holatni legitimlashtirish, huquqiy jihatdan asoslab berish uchun kerakli asoslar ishlab chiqish shart. 1 Delegatsiya qilingan (delegated) akt ijro hokimiyati tomonidan xususiy shaxslarning huquq va majburiyatlarini o‘rnatish kabi juda katta vakolatni nazarda tutadi. Lekin konstitutsiyaviy huquq juhatidan faqat xalq tomonidan saylangan vakillar – qonun chiqaruvchi hokimiyatgina fuqarolarning huquq va majburiyatlarini belgilashga haqlidir. Agarda ijro hokimiyatiga delegatsiya qilingan (delegated) akt qabul qilish bo‘yicha hech qanday huquqiy cheklov mexanizmlari o‘rnatilmasa, xususiy shaxslarning huquq va manfaatlari to‘la darajada o‘z ifodasini topmaydigan, hattoki xususiy shaxslar huquq va manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan qonunchilik normalari qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun ijro hokimiyatiga delegatsiya qilingan (delegated) aktni qabul qilish vakolatini berishda bunday vakolatning to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun kerakli huquqiy mexanizmlar haqida ham yaxshilab o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Jumladan, delegatsiya qilingan (delegated) akt bo‘yicha: a) delegatsiya (topshiriq)ning usuli qanday bo‘lishi kerak degan muammo; b) delegatsiya qilingan (delegated) aktning mazmuni qanday bo‘lishi kerak degan muammo mavjud. Delegatsiya (topshiriq) usulini huquqiy tartibga solish va cheklash muammosi bo‘yicha, avvalo, shuni aytish lozimki, «qonunga muvofiq (faoliyat yuritadigan) ma’muriyat» prinsipiga ko‘ra, «faqat qonun huquqiy norma ijodkorligi kuchiga ega» degan prinsipni buzadigan darajadagi delegatsiya (topshiriq berish)ga ruxsat berilmaydi. Agarda «faqat qonun huquqiy norma ijodkorligi kuchiga ega» 1 Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I». Yuuhikaku. 2005. – P.87 – 88. 15 degan prinsipni buzadigan darajada delegatsiya qilingan (delegated) akt qabul qilinsa, shunday aktni qabul qilgan ijro hokimiyati emas, balki delegatsiya (topshiriq) usulini xato tanlagan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi xatolikka yo‘l qo‘ygan hisoblanadi. Keyingi muammo delegatsiya qilingan (delegated) akt mazmunini huquqiy cheklashdir. Ya’ni ma’muriy organlar tomonidan delegatsiya (topshiriq)ning doirasidan tashqariga chiqqan holda yoki topshirilgan vakolat doirasidan tashqarida delegatsiya qilingan (delegated) akt qabul qilinadigan bo‘lsa, bunday akt noqonuniy sanaladi. Mazkur holatda delegatsiya qilingan (delegated) aktning mazmuni noqonuniy bo‘ladi. Ma’lum bir aktni topshirilgan vakolat doirasidan tashqariga chiqqan holda delegatsiya qilingan (delegated) akt deb topishda delegatsiya (topshiriq) mazmuni, bunday munosabatlarda xususiy shaxslarning qanday huquq va erkinlik, qonuniy manfaatlarga ega ekanligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 1 Ta’kidlash joizki, parlament tomonidan amalga oshiriladigan delegatsiya (topshirish)ning ham ba’zi talab, shartlari mavjud. Avvalo, delegatsiya umumiy va keng tarmoqli bo‘lmasligi, juda aniq va batafsil bo‘lishi lozim. Mavhum, umumiy xarakterdagi topshiriq oppoq varoqqa imzo va muhr bosilgan vakillikka o‘xshatiladi. Ya’ni imzo va muhr bosilgan vakillik hujjatiga asosan bunday vakillik ishonib topshirilayotgan shaxsga istalgancha tasarruf va kuchga ega bo‘lish imkoniyati beriladi. Shuning uchun «oppoq qog‘ozga qilinadigan vakillik taqiqlanishi» prinsipi mavjud. Shundan kelib chiqib parlament ham umumiy va keng doira (to‘la hajm)da emas, alohida holatdan kelib chiqib xususiy va aniq tarzda delegatsiya (topshiriq) berishi lozimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, qonun darajasidagi me’yorlarga ega bo‘lmagan, yuqori turuvchi qonunchilikni ijro etishga qaratilgan, kerakli individual va aniq bir maqsad, texnik-sohaviy, protsessual me’yorlarni o‘rnatish bilan cheklanadigan yoki Konstitutsiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri ijro etishga qaratilgan – ijro etuvchi qaror deb nomlanadigan aktlarni chiqarish ham mumkin emas. Delegatsiya qilingan qonunning moddalarini to‘ldiradigan, qonunning aniq moddasi istisnoli, alohida holatlarini belgilovchi, qonun normalarini sharhlovchi ma’nodagi delegatsiya qilingan (delegated) aktga ruxsat etilsa-da, umumiy xarakterdagi delegatsiya 1 Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I» Yuuhikaku. 2005. – P.88 – 89. 16 (topshiriq)ga asoslanadigan norma, qonunni amalda bekor qiladigan, o‘zgartiradigan normalarning delegatsiya qilingan (delegated) aktda o‘rnatilishi mumkin emas. Delegatsiya (topshiriq) qilinayotgan qonun delegatsiya (topshiriq) qilinayotgan organning nomi, delegatsiya (topshiriq) maqsadi, delegatsiya (topshiriq) qilinayotgan holatlar (me’yorlar) aniq tavsifi, delegatsiya (topshirq) doirasini va darajasini iloji boricha aniq, tushunarli qilib cheklab qo‘yishi lozim. Shuningdek, jinoyat va jazo, ma’muriy jarima, sanksiyalar masalalari ham faqat qonun bilan tartibga solinishi shart. Ya’ni qanday xatti-harakatlar jinoyat hamda jazolanadigan qilmish deb hisoblanishining faqat va faqat qonun bilan belgilanishi mumkinligi jihatidan ham ma’muriy qonunchilik bunday masalalarni hal qila olmaydi. Qayta delegatsiya (topshiriq) bir marta delegatsiya qilingan (delegated) aktni ma’muriy organ tomonidan boshqa ma’muriy organga delegatsiya qilishdir. Qayta delegatsiya qilish mumkin yoki yo‘qligi bo‘yicha turli fikrlar mavjud. Asosiy fikr shuki, agar qayta delegatsiya ratsional doirada bo‘lsa, qayta delegatsiya qilish mumkin. 1 Yana bir jihatga alohida to‘xtalish kerakki, huquqiy davlat prinsipiga ko‘ra, ma’muriyat faoliyatining turli bosqichlari protsessual jihatdan to‘g‘ri, adolatli tarzda tartibga solingan bo‘lishi lozim. Ma’muriy qonunchilik ijodkorligi bo‘yicha ma’muriy organlar vakolati ma’muriy organlarning erkin xohish-irodasi asosida amalga oshirilishi juda keng tarqalganini inobatga olsak, ma’muriy qonunchilik ijodkorligini huquqiy tartibga solish, jumladan, moddiy va protsessual huquqiy me’yorlar, talablar o‘rnatish juda muhimligini anglaymiz. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling