O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Turlari Ma’muriy qonunchilik an’anaviy ma’muriy huquqda 2 adresatga (yuridik va jismoniy shaxslarga) nisbatan yuridik ta’sir kuchiga ega ekanligiga ko‘ra normativ (huquqiy) akt va ma’muriy instruksiyaga tasniflanadi. Mana shu jihatdan kelib chiqqan holda yapon olimlari ichida «ma’muriy qonunchilik» emas, balki «ma’muriy organlar tomonidan norma qabul qilish» faoliyati (Shibaike Yoshikazu) yoki «ma’muriy instruksiya» (Sakurai Keiko, Hashimoto Hiroyuki) deydiganlar ham mavjud. Chunki «ma’muriy qonunchilik»ning ichiga yuridik kuchga ega bo‘lgan va bo‘lmagan instruksiyalar kirishini inobatga olsak, yuridik kuchga ega bo‘lmagan instruksiyalarni «ma’muriy qonunchilik» deb atash noto‘g‘ridir. 3 AQSh ma’muriy huquqida esa ma’muriy qonunchilikning «legislative rules» (normativ (huquqiy) hujjat) va «nonlegislative rules» (ma’muriy instruksiya) degan turlari mavjud. «Nonlegislative rules» o‘z ichiga «interpretive rules» va «policy statements»ni oladi. 4 Normativ (huquqiy) akt tashqi munosabatlarga ham yuridik ta’sirga ega bo‘ladi, ya’ni ma’muriy organ va adresat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga 1 Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou». Houritsubunkasha. 2010. – P.64. 2 Germaniya konstitutsiyaviy monarxiyasi mavjud bo‘lgan davr xususiyatlaridan kelib chiqib «ma’muriy qonunchilik»ni ikkiga bo‘lish nazariyasi vujudga kelgan. Lekin bunday qarash hozirgi sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydi deb tanqid qiladiganlar ham bor. Masalan: Uga Katsuya. «Gyouseihougaisetsu I». Yuuhikaku. 2006. – P.240. 3 Sakurai Keiko, Hashimoto Hiroyuki. «Gyouseihou» Koubundou. 2007. – P.57; Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi». Yuuhikaku. 2007. – P.112. 4 Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.241 – 242. 11 qaratilgan bo‘ladi. Shuningdek, nizo kelib chiqqanida sud tomonidan qaror chiqarishda asos bo‘ladi, ya’ni sud normativ (huquqiy) aktni tatbiq etgan holda nizoni hal qiladi. Ma’muriy instruksiya esa ma’muriy organlarning ichki hujjati bo‘lib, ma’muriy organlar orasida yuridik kuchga egadir. Lekin xususiy shaxslarga nisbatan, xususiy shaxslar bilan yuzaga keladigan munosabatlarda ma’muriy instruksiyalar hech qanday yuridik kuchga ega emas. Umuman olganda, ma’muriy normativ (huquqiy) akt va ma’muriy (ichki) instruksiyaning umumiy nomi ma’muriy qonunchilikni tashkil etadi. Ba’zi nazariy qarashlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ham ma’muriy qonunchilikka kiradi deyiladi. Lekin, aslida, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qaror Konstitutsiyaga asoslanadi va qonunning delegatsiyasi (delegation) ham shart emas. 1 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling