O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Birinchi mavzu: Ma’muriy qonunchilik ijodkorligi jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari Umumiy tavsifi 7 Ma’muriy organlar o‘z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlar, ma’muriy huquq prinsiplari asosida amalga oshiradilar. Buning asosida esa huquqiy davlat prinsipi, xalq suvereniteti asosidagi demokratik ma’muriyat yotadi. Tabiiyki, ma’muriyat o‘ta tartibli, faqat va faqat qonun asosida faoliyat yuritishi bilan boshqa tuzilmalar hamda tarixdagi adolatsiz, nodemokratik tuzilmalardan farq qiladi. Shuning uchun o‘z faoliyatini doimo legitim qonunlar va adolatli protseduralar vositasidagina bajarishga, amalga oshirishga intiladi. Lekin, gap shundaki, doimo qonunga muvofiq faoliyat yuritish uchun qonunlar juda ko‘p va batafsil o‘rnatilgan bo‘lishi yoxud qonunlar iloji boricha umumiy, mavhumroq xarakterda bo‘lishi lozim. Chunki ma’muriyat ommaviy ishlarning ko‘plab sohalarida faoliyat ko‘rsatadi hamda bunday faoliyat davomida turli-tuman bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan, bir-biridan farqli va zid manfaat-u munosabatlar bilan to‘qnashadi. Tabiiyki, har kim o‘z pozitsiyasining eshitilishi va yetarli darajada inobatga olinishini, ma’muriyat chiqarayotgan qarorlar aynan uning manfaatiga uyg‘un kelishini xohlaydi. Buning uchun parlament barchaning manfaatini birma-bir qonunlarda o‘rnatishi lozim bo‘ladi, tabiiyki, bunday protsesda qonunlar orasida turli ziddiyatlar chiqadi va ishni to‘g‘ri hal etish ma’muriyat uchun nihoyatda mushkullashadi. Qolaversa, parlamentning ishlash jarayoni, ya’ni qonun ijodkorligi protsessi betartib amalga oshiriladigan faoliyat emas. Shunga ko‘ra har bir shaxsning manfaatiga uyg‘un alohida-alohida, batafsil qonunlar ishlab chiqish va uni qabul qilish juda ko‘p kuch hamda vaqtni talab etadi. Masalaning boshqa tarafi ham bor. Ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida hodisalar juda tez o‘zgaradi, jamiyat tez yangilanadi, yangi muammo va manfaatlar ko‘plab, davomli paydo bo‘laveradi. Ma’muriyatdan iloji boricha yangi shart-sharoitlarga uyg‘un keladigan qarorlar chiqarish talab qilinadi. Bunda ma’muriyat o‘zgaruvchan, yangilanuvchan bozor iqtisodiyoti talablariga iloji boricha tez, yumshoq, moslashuvchan (elastic, flexible) harakatlanishi zarur. Muroi Tsutomuning ta’kidlashicha, ma’muriy qonunchilik mavjud bo‘lishining bir qancha sabablari mavjud: 1) ma’muriy faoliyatning turli-tuman va juda murakkabligidan kelib chiqqan holda bunday sohada qonunchilik ijodkorligi uchun maxsus bilimlarning talab etilishi, bunday bilimlarga ega bo‘lishda parlament 8 imkoniyatlarining cheklanganligi, 2) tez va o‘zgaruvchan ma’muriy talablar sharoitida jamiyatdagi holatlarga o‘z vaqtida, tezlik bilan va mutanosib tarzda javob berish masalasida parlament imkoniyatining cheklanganligi, 3) hududiy turfalik ham inobatga olinadigan bo‘lsa, parlamentning qonun chiqarish yo‘li bilan jamiyatdagi munosabatlarni tartibga solishi ham cheklanganligi. Shuning uchun bunday bo‘shliqning o‘rnini to‘ldirish uchun ma’muriy qonunchilikka ehtiyoj tug‘iladi. 1 Bunday sharoitda erkinroq, ya’ni o‘zgaruvchan, yangilanuvchan, bir-biriga uyg‘un va zid bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi turli-tuman talablarga javob bera olishi, ham davlat, jamiyatning rivojlanishi, ham shaxslarning huquq, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriyatga umumiy hamda mavhum (abstrakt) qonunlar doirasida adolatli, to‘g‘ri faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi. Lekin ma’muriyat ham har xil bo‘ladi. Turli hudud va viloyatlarda turli xil shart-sharoitlar mavjud. Shuning uchun har bir ma’muriy organga erkin faoliyat yuritishiga izn berilsa, har bir hudud, viloyatning o‘z tartibi bo‘ladi va bir-biriga nouyg‘un, zid tartiblar vujudga keladi. Bu esa qonuniylik, tenglik, adolat prinsiplariga ziddir. Shuningdek, respublika miqyosidagi vazirlik va davlat qo‘mitalari uchun ham quyi bo‘g‘inlarda turli-tuman qoidalarning amal qilishi ko‘ngildagidek holat emas. Chunki ularning faoliyati chalkashib, betartiblashib, quyi organlarni nazorat qilish esa qiyinlashib ketadi. Masalaning boshqa tomoni shundaki, ma’lum bir ma’muriy akt (xatti-harakat, qaror) yuzasidan nizoli holat yoki shikoyat vujudga kelganida ishni sudda ko‘rish ham qiyinlashadi. Negaki aniq bir yagona qoida va standart, tartib yo‘q, qonuniy, adolatli qaror chiqarish juda mushkul bo‘ladi. Shundan kelib chiqib ma’muriy huquqda «ma’muriy qonunchilik» yoki «ma’muriy qonunchilik (qonunosti hujjatlari) ijodkorligi» degan ma’muriy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. 2 1 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)». Houritsubunkasha. 2005. – P.87. 2 Angliya ma’muriy huquqida ma’muriy qonunchilik «delegated legislation», «administrative legislation», «administrative rules», «circulars» kabilarda namoyon bo‘ladi (Sir William Wade & Christopher Forsyth. Administrative Law. Oxford University Press. 2000. – P.839); AQSh ma’muriy huquqida esa ma’muriy qonunchilik «rules and rulemaking»da namoyon bo‘ladi (Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.215). 9 Demak, ma’muriy qonunchilik ham huquqiy davlat prinsipiga, ham o‘zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitlariga uyg‘un, ham oldindan aniq bir me’yoriy tartibga solingan (predictable) bo‘lishi lozim. Ma’muriy qonunchilik (ijodkorligi) – bu ma’muriy organlarning faoliyatini tartibga soladigan, qonun hujjatlarini yanada aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan, Konstitutsiya, qonun hujjatlari va ma’muriy huquqning umumiy prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladigan qonunosti normativ (huquqiy) akt va ma’muriy instruksiyalarni ishlab chiqish, tasdiqlash (qabul qilish), bekor qilish, o‘zgartirish kiritish faoliyati (jarayoni)dir. Muroi Tsutomuning ta’kidlashicha, parlament tomonidan barcha ma’muriy- huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli batafsil qonunlar qabul qilish imkoniyatining cheklanganligi ma’muriy organlarning tegishli «ma’muriy qonunchilik» chiqarish vakolati o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lishini anglatmaydi. Ya’ni masalani shunday tushunish kerakki, aslida, qonunchilik ijodkorligi faqat qonun chiqaruvchi hokimiyatning vakolatiga kiradi. Ijro hokimiyati esa faqat qonunlar ijrosi bilangina shug‘ullanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mustaqil tarzda 1 , o‘z-o‘zidan qonunchilik 2 ijodkorligi vakolatiga ega emas. 3 Shuning uchun qonun chiqaruvchi organning alohida va aniq masala bo‘yicha delegatsiyasi (topshirig‘i) bo‘lmasa, ijro hokimiyati vakillarining huquqiy (normativ) xarakterdagi qarorlar chiqarishga haqqi yo‘q. 4 Buning asosiy sababi shundaki, qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan chiqariladigan qonun va qarorlar jamiyatdagi ko‘plab (turli) toifa, qatlam vakillarining manfaatlarini ifodalash mexanizmiga ega. Ya’ni har bir qatlam, toifa vakillari o‘z manfaatlarini parlamentda ifoda eta oladigan vakillari orqali demokratik ta’sirga ega bo‘ladilar va parlamentdagi qizg‘in muhokamalar natijasi o‘laroq kompromislar yig‘indisi shaklida jamiyatdagi turli manfaatlarning uyg‘unlashuvi bo‘yicha kelishuvga erishiladi. Lekin ijro hokimiyatida jamiyatning turli toifa va 1 Qonun chiqaruvchi hokimiyatning alohida va aniq delegatsiyasi (topshirig‘i) mavjud bo‘lgan hollardan tashqari. 2 Xususiy shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga taalluqli moddiy, protsessual me’yorlar. 3 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)». Houritsubunkasha. 2005. – P.87. 4 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)». Houritsubunkasha. 2005. – P.89. 10 qatlamlari vakillari, ya’ni jamiyatdagi turli toifa va qatlam vakillarining manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi institut (mexanizm) mavjud emas. Shuning uchun ijro hokimiyati umummajburiy huquqiy xarakterdagi ma’muriy qonunchilikni qabul qilishi va unda turli soha, toifa, qatlamlarning manfaatini to‘la ifoda, himoya qila olishi murakkab. 1 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling