O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Normativ (huquqiy) akt 
Normativ (huquqiy) akt umumiy xarakterga ega bo‘lib, ma’muriy subyekt va 
xususiy shaxslar o‘rtasidagi huquq-majburiyatlarni belgilab beruvchi ma’muriy organ 
tomonidan qabul qilinadigan umummajburiy qoidalardir.
2
Yuqorida ta’kidlanganidek, 
qonun doim ham barcha masalani qamrab ololmaydi. Shu bois uni to‘ldirish va 
aniqlashtirish uchun normativ-huquqiy aktga ehtiyoj seziladi.
3
Erkin Hojiyev normativ-huquqiy aktni quyidagicha ta’riflaydi: «Normativ-
huquqiy akt – bu davlatning vakolatli organi tomonidan ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solishga qaratilgan umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, 
o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorligi akti»
4
(1.1-ilovaga qarang). 
Albatta, normativ-huquqiy aktni qabul qiladigan organga ko‘ra tasniflasa ham 
bo‘ladi. Lekin muhimrog‘i qonun bilan aloqasiga ko‘ra tasniflash hisoblanadi. Qonun 
1
Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I» Yuuhikaku. 2005. – P.84 – 85. 
2
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida «texnik hujjat» degan tushuncha ham bor. Garchi u normativ-huquqiy hujjat 
sanalmasa-da, ma’muriy subyekt va xususiy shaxslar o‘rtasidagi huquq-majburiyatlarni belgilab beruvchi xarakterga 
ega bo‘lmasa-da, normativ (umummajburiy) hujjat hisoblanadi. Shuning uchun «texnik hujjat» normativ akt sanaladi. 
«Texnik hujjat» haqida keyingi o‘rinlarda fikr yuritiladi (muallif izohi). 
3
Shiono Hiroshi. «Gyouseihou I» Yuuhikaku. 2005. – P.85 – 86. 
4
Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashri. – 
Toshkent: ILM ZIYO, 2010. – B.173. 


12 
bilan aloqasiga ko‘ra: a) delegatsiya qilingan (delegated) akt; b) ijro etuvchi aktga 
bo‘linadi. 
Delegatsiya qilingan (delegated) akt deganda qonunning topshirig‘i, vakolat 
berishi, yorlig‘iga ko‘ra xususiy shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlardagi huquq 
va majburiyatlarning aniq mazmunini o‘rnatadigan aktni tushunish lozim.  
Ijro etuvchi akt esa huquq va majburiyatlarning mazmunini belgilovchi emas
balki bunday moddiy normalarni amalga oshirish tartibi, protsedurasi, jarayonini 
belgilovchi akt (hujjat) sanaladi. 
Masalan, «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi 
lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati 
to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-296, 14.09.2011) bilan 
Vazirlar Mahkamasiga doimiy propiska qilish tartibini ishlab chiqish topshirilmoqda. 
 
2-modda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 
doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomni tasdiqlasin;
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va 
Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 
tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; 
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy 
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
1
 
Yuqorida an’anaviy ma’muriy huquq nuqtayi nazaridan delegatsiya qilingan 
(delegated) akt va ijro etuvchi aktning farqi tushuntirildi. Lekin Muroi Tsutomuning 
fikriga ko‘ra, ijro etuvchi akt ham, garchi protsessual jihatlarni tartibga solsa-da, u 
yoki bu ma’noda fuqarolar amal qilishiga sabab bo‘ladi, qaysidir ma’noda protsessual 
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2011. №37. 375-модда. 


13 
huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun delegatsiya qilingan 
(delegated) aktgina emas, balki ijro etuvchi akt ham ma’lum bir soha qonunining 
protsessual normalari orqali delegatsiya (topshiriq) olishi lozim deb ta’kidlanadi.
1
Masalan, ma’lum bir faoliyat uchun litsenziya talab qilinadigan bo‘lsa, bunday 
litsenziyani olish uchun qanday hujjatlar hamda ariza to‘ldirish kerakligi va boshqa 
tartiblarni belgilaydi. 
Aytish joizki, delegatsiya qilingan (delegated) akt huquq va majburiyatlarning 
mazmunini (yangitdan) o‘rnatishga qaratilgani bilan ham qonunning to‘g‘ridan 
to‘g‘ri delegatsiyasi, topshirig‘ini talab etadi. Ijro qiluvchi akt huquq va 
majburiyatlarning mazmuni, ya’ni moddiy huquq normalarini o‘rnatmagani uchun 
qonunning aniq topshirig‘i (delegatsiyasi)ni talab etmaydi. «Faqat va faqat 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling