O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
22-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning yuridik xizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtayi nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi 23 Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi (qonunning 26-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolati qayta delegatsiya (topshiriq) qilinishi mumkin emas. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 3-bandi: «Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shuningdek, o‘zlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga berishga haqli emas». Ayrim masalalar bo‘yicha ma’muriy organlar tomonidan beriladigan ko‘rsatmalar, garchi normativ-huquqiy xarakterda bo‘lsa-da, normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi, eng muhimi, bunday hujjatlar bekor qilinishi lozim va huquqiy amaliyotda qo‘llanilishi (jumladan, sudda ham) mumkin emas. «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 5-bandi: «Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat bo‘lmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Umummajburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umummajburiy davlat ko‘rsatmalari Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling