O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
To‘rtinchi muammo ma’muriy qonunchilik ijodkorligida fuqarolar ishtirokining
yetarli darajada kafolatlanmaganligi yoki yetarli darajada huquqiy mexanizm, protsessual kafolatlarning o‘rnatilmaganligidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, aslida, qonunchilik ijodkorligi faqat qonun chiqaruvchi hokimiyatning vakolatiga kiradi. Ijro hokimiyati esa faqat qonunlar ijrosi bilangina shug‘ullanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mustaqil tarzda 1 , o‘z-o‘zidan qonunchilik 2 ijodkorligi vakolatiga ega emas. 3 Buning asosiy sababi shundaki, qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan chiqariladigan qonun va qarorlar jamiyatdagi ko‘plab (turli) toifa, qatlam vakillarining manfaatlarini ifodalash mexanizmiga ega. Ya’ni har bir qatlam, toifa vakillari o‘z manfaatlarini parlamentda ifoda eta oladigan vakillari orqali demokratik ta’sirga ega bo‘ladilar va parlamentdagi qizg‘in muhokamalar natijasi o‘laroq kompromislar yig‘indisi shaklida jamiyatdagi turli manfaatlarning uyg‘unlashuvi bo‘yicha kelishuvga erishiladi. Lekin ijro hokimiyatida jamiyatning turli toifa va qatlamlari vakillari, ya’ni jamiyatdagi turli toifa va qatlam vakillarining manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi institut (mexanizm) mavjud emas. Shuning uchun ijro hokimiyati umummajburiy huquqiy xarakterdagi ma’muriy qonunchilikni qabul qilishi va unda turli soha, toifa, qatlamlarning manfaatini to‘la ifoda, himoyalay olishi juda qiyin (bajarilishi mumkin bo‘lmagan ish). 4 Shunga qaramay, ma’muriyat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, jamiyatning rivoji uchun ma’muriy qonunchilikka ehtiyoj tug‘iladi. Boshqa tomondan, ijro hokimiyati doirasida umummajburiy huquqiy xarakterdagi ma’muriy qonunchilikni qabul qilish va unda turli soha, toifa, qatlamlarning manfaatini to‘la ifoda (himoya) qila olish juda qiyin. Bunday muammoning yechimi sifatida bugungi kun ma’muriy huquqi tomonidan «ma’muriy 1 Qonun chiqaruvchi hokimiyatning alohida va aniq delegatsiyasi (topshirig‘i) mavjud bo‘lgan hollardan tashqari. 2 Xususiy shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga taalluqli moddiy hamda protsessual me’yorlar. 3 Muroi Tsutomu. «Shingendaigyouseihounyuumon (1)» Houritsubunkasha. 2005. – P.87. 4 Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou» Houritsubunkasha. 2010. – P.64. 53 qonunchilik ijodkorligi protsedurasida fuqarolar (jamoat) ishtiroki»ni ta’minlash masalasi taklif qilingan. 1 «Ma’muriy qonunchilik ijodkorligi protsedurasida fuqarolar (jamoat) ishtiroki»da fuqarolar (keng jamoatchilik) ma’muriy qonunchilik ijodkorligi jarayonida qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu jarayon turli davlatlarda turlicha tashkil etilgan bo‘lib, ba’zi umumiy jihatlarini eslatib o‘tish mumkin. Masalan, Yaponiya «Ma’muriy protsedura (tartib-taomil)lar to‘g‘risida»gi Qonuni 6-bobi (38 – 45-moddalar) «jamoatchilik fikrini o‘rganish protsedurasi» (public notice and comment procedure) haqidagi huquqiy normalarni o‘rnatib qo‘ygan. Unga ko‘ra, umummajburiy xarakterdagi normativ hujjat (akt)larni qabul qilishdan oldin elektron hukumat internet portaliga mana shu hujjatning loyihasi taqdim etiladi. Ma’lum bir muddat davomida keng jamoatchilik tomonidan mana shu qonunchilik hujjati loyihasiga nisbatan umumiy va aniq (aniq modda, bandlari haqida) tarzda fikrlar bildirilishi mumkin. Fikrlar bildirish jarayoni uch bosqichda o‘tkaziladi: 1) qonunchilik loyihasi keng jamoatchilik uchun e’lon qilinadi; 2) o‘rnatilgan muddat davomida jamoatchilik o‘z fikrlarini bildiradi; 3) keltirilgan fikr, mulohazalar yaxshilab, batafsil o‘rganib chiqilib, analiz qilingan holda qonunchilik loyihasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi va shu asosda qonun qabul qilinadi. Ta’kidlash joizki, uchinchi bosqichda, agar ma’muriy organ normativ aktni qabul qiladigan bo‘lsa, qabul qilingan normativ akt bilan bir qatorda jamoatchilik fikrini o‘rganish natijasini, jumladan, jamoatchilik tomonidan qanday fikrlar, taklif va mulohazalar bildirilganligi, bunday fikr-mulohazalarning qaysilari qabul qilingani, qaysilari inobatga olinmaganligi, qabul qilinganlik, inobatga olinmaganlikning asosiy sabablari, asoslari nimada ekanligi haqidagi tushuntirish, tavsifnoma xati ham e’lon qilinishi kerak. «Jamoatchilik fikrini o‘rganish protsedurasi» (public notice and comment procedure) asosan ijro hokimiyati tomonidan qabul qilinadigan normativ hujjatlarga tatbiq etiladi. Zero, qonun chiqaruvchi hokimiyatda jamoatchilik fikrini o‘rganishning mustaqil (alohida) mexanizmi mavjud. O‘zbekiston Respublikasi 1 AQSh ma’muriy huquqida «legislative rules» (normativ (huquqiy) hujjat)ni qabul qilishda jamoatchilik fikri o‘rganilishi lozimligi ta’kidlanadi: «Particularly, unless it falls within an exemption in the organic legislation or in the APA, the rule must be developed through public notice and comment procedures and be published in the Federal Register» (Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.242 – 243). 54 amaldagi qonunchiligida «jamoatchilik fikrini o‘rganish protsedurasi» (public comment procedure) haqidagi huquqiy kafolatlar hali o‘rnatib qo‘yilmagan. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy qonunchilikning huquqiy mexanizmini yanada takomillashtirishga oid kelajakdagi istiqbolli islohotlar doirasiga «jamoatchilik fikrini o‘rganish protsedurasi» (public notice and comment procedure)ga oid huquqiy mexanizmni shakllantirish ham kiradi deb o‘ylaymiz. Hozirgi kunda ma’muriy qonunchilik ijodkorligi jarayoni doirasida jamoatchilik fikrini o‘rganishga oid islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-369-son, 05.05.2014) 5-moddasida davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar berish nazarda tutilgan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling